Maktabda bulling xavfi boʻyicha tashxis vositalari (maktab psixologi ish rejasiga ilova) Toshkent- 2022 Mundarija
Download 213.39 Kb.
|
Maktabda bulling xavfi boʻyicha tashxis vositalari
Diqqat: mazkur soʻrovnoma barcha sinflarda oʻtkaziladi va har bir sinf kesimida tavsiyalar ishlab chiqiladi. Xavfsizlik shkalasi psixologik muhitning salbiy tomonini, munosabatlarning past sifati va aloqa qoidalariga rioya qilish bilan bogʻliq boʻlgan guruhdagi holat taranglik holatlari korreksiyasi oʻtkaziladi.
Maqsad: Maktabda yoki sinfda zoʻravonlikni erta aniqlash, shaxslararo va guruhlararo munosabatlarni tashxislash psixologik, muhitni oʻrganishga yordam beradi, natijada ularning shakllanishidan oldingi muammoli munosabatlar, ziddiyatli vaziyatlarni aniqlash mumkin boʻladi va bular oʻz vaqtida hal qilinadi. Bundan tashqari, psixologik muhitni vaqti-vaqti bilan oʻrganish (ixtiyoriylik, maxfiylik va noma’lumlik tamoyillariga majburiy rioya qilish bilan amalga oshiriladi) zoʻravonlik hodisalarining oldini olish va ularga qarshi kurash samaradorligini baholashga imkon beradi. Bunday tadqiqotlar zoʻravonlik shakllarini aniqlashda eng qiyin boʻlgan jinsga asoslangan zoʻravonlik va kamsitish, jinsiy zoʻravonlik kabi muammolarni e’tiborsiz qoldirmasligi kerak. Oʻquvchilar oʻrtasidagi shaxslararo munosabatlarni, maktabdagi (sinfdagi) psixologik muhitni, oʻquvchilar oʻrtasida zoʻravonlik omillarini erta aniqlashni oʻrganish. Soʻrovnoma Xayrli kun! Biz sizni tadqiqotda ishtirok etishga taklif qilamiz, chunki biz maktabda oʻquvchilar oʻzlarini qanday qulay his qilishlarini tushunishni istaymiz. Tadqiqot anonim tarzda oʻtkazilib, hech kim birovning javobini topa olmaydi. Bu yerda toʻgʻri yoki notoʻgʻri javoblar yoʻq. Biz tushunamiz-ki, maktablarda insonlar nafaqat oʻqitadilar va oʻqiydilar, balki muloqot qilishadi, doʻstlashadilar, janjal qiladilar, bahslashadilar, birgalikda biron bir narsa qiladilar. Bizni maktabda kimdir bilan muloqot qilishingiz qanchalik yoqimli va oson yoki mushkul va qiyin ekanligi qiziqtiradi. Bizning tadqiqotlarimizda qatnashganingiz uchun tashakkur. Iltimos, oʻzingiz haqingizda ma’lumot bering: Jins _______Yosh _____Sinf______Sana_______ Maktab/kollej________ Ushbu bayonotlarga rozilik bildirasizmi yoki yoʻqmi, iltimos, har bir qatorni belgilang.
Download 213.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling