Maktabda gimnastika mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazish shamda ularning mazmuni


Download 0.87 Mb.
bet2/9
Sana24.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1051177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GIMNASTIKA TAYYORGARLIK TURLARI NING O\'RNI

Kurs ishining maqsadi: “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi asosida faoliyat markazlarida maktabgacha yoshdagi bolalar mehnatini tashkil qilish usullarini o’rganish.
Kurs ishining vazifalari: yuqoridagi kurs ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilandi
Kurs ishining ob`ekti. Maktabgacha yoshdagi bolalar
Kurs ishinng predmeti: “Ilk qadam” o’quv dasturi asosida mashg’ulotlar davomida maktabgacha yoshdagi bolalar mehnatini tashkil etish jarayoni.
Kurs ishining metodlari. Tanlangan muammoga oid ilmiy-metodik manbalarni
tahlil qilish, ilg`or pedagogik tajribalarni o`rganish va umumlashtirish.
Kurs ishining metodologik asoslari. O’zbekiston raespublikasining Ta’lim to’g’risidagi Qonuni, «O’zbekiston Respublikasining maktabgacha ta’lim kontseptsiyasi», O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutq va ma’ruzalari, Vazirlar Mahkamasining 155-sonli buyrug’i, “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi asosida faoliyat markazlarida maktabgacha yoshdagi bolalar mehnatini tashkil qilish usullarini o’rganishga oid adabiyotlar tahlili
Kurs ishining afzalligi: “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi asosida faoliyat markazlarida maktabgacha yoshdagi bolalar mehnat tarbiyasini tashkil qilish usullarini o’rganish va ularni maktabgacha ta’lim tashkilotida faoliyat markazlarida qo’llashni o’rgananish, bolalarni mehnat tarbiyasini rivojlantirish uchun tavsiyalar berish.
Kurs ishining tuzulishi: 2 bob 4 paragrf, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


I.BOB.GIMNASTIKA TAYYORGARLIK TURLARI NING O'RNI
1 Gimnastikada tayyorgarlik jarayoni uslublari
Sport gimnastikasi – insonning jismoniy garmonik rivojlanishida samarali vositadir. Sport gimnastikasi mashqlarini shug‘ullanuvchiga yaxshi ta’sir etishini baholash murakkab. Ular qo‘l, gavda, yelka kamarining muskul bo‘g‘im apparatini yaxshi rivojlanadi, yangi jismoniy mashqlarni o‘zlashtirish uchun sharoit yaratadi, ko‘pgina mashqlar bevosita amaliy ahamiyatga ega. Masalan, asboblardagi ba’zi ko‘tarilish va to‘ntarilishlar, ulardan sakrab tushishlar.
Sport gimnastikasi jasorat, qat’iyat, kutilmagan sharoitda mo‘ljalni ola bilishni tarbiyalaydi. U epchillik, kuch va chidamlilik kabi jismoniy sifatlarni takomillashtirishga yordam beradi. Gimnastikachi sportga rivojlanish jarayonida borgan sari murakkab mashqlarni o‘zlashtiradi. Sport gimnastikasi bilan shug‘ullanish faqatgina mushak – bo‘g‘im apparatiga, balki ichki organlariga ham yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumki, trenirovka qilmagan odam tayanch sharoiti uning uchun odatdagiday bo‘lmaganda, gorizontga nisbatan g‘ayritabiiy holatlarga tushganda, uning ba’zi ichki orgonlari yurak, o‘pka, oshqozoni siljiydi, natijada ish faoliyati yomonlashadi.
Sport gimnastikasi g‘ayritabiiy sharoitlarda ichki orgonlarning siljishi bilan kurashishda ajoyib vositadir.Gimnastika mashqlarini ko‘p marotaba takrorlashlar odam organizmini borgan sari tanining g‘ayritabiiy xolatini kam sezadigan bo‘ladi.
Malakali gimnastikachilarning ichki orgonlari shug‘ullanmaydiganlarga nisbatan ancha kam siljiydi. Odamning boshi pastga qarab to‘ntarilganda diafragma pastga tushadi va unga qorin bo‘shlig‘i bosib qo‘yadi. Buning natijasida malakasiz gimnastikachi deyarli qorindan nafas ololmaydi, ko‘krakdan nafas olish esa qiyinlashadi. Boshni pastga qilgan holatda ko‘krak qafasi sig‘imi kamayadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi va nafas chiqarish osonlashadi. Bunda o‘pkaning tiriklik sig‘imi deyarli 1 litrga kamayadi.
Trenirovka qilib yurgan gimnastikachining boshini pastga qilgan xolatdagi nafas chuqurligi trenirovka qilmagan gimnastikachiga qaraganda ko‘proq. O‘pkaning tiriklik sig‘imi to‘g‘risida ham shuni aytish mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, malakali gimnastikachi gimnastika mashqlarini bajarayotganda o‘pka ventilyatsiyasi juda ijobiy amalga oshadi, bu vaqtda bu xolatlarni yaxshi bajara olmaydigan gimnastikachida haddan tashqari zo‘riqish, nafasning ushlanishi va o‘pka ventilyatsiyasining yetishmasligi kuzatiladi. Shunday ekan, sport gimnastikasi g‘ayritabiiy tayanch xolatlarda nafas tizimi faoliyatini rivojlantirishda yaxshi vosita hisoblanadi.
Ma’lumki, asboblarda mashq bajarishda nafas olish va qon aylanishi o‘ziga xosdir. Agarda, ko‘pgina sport turlari bilan shug‘ullanganda o`pka ventilyatsiyasi va kislorod almashish ish jarayonida ishning keyingiga qaraganda ko‘p bo‘lsa, ko‘pgina gimnastika mashqlarini bajarishda buning aksidir. Masalan, Lingandning ma’lumotiga ko‘ra, turnikda qo‘llarni bukib osilish vaqtida yurak xajmi daqiqasiga 11.3 litr bo‘lsa, bevosita buni bajargandan so‘ng esa 12.3 litr. Xuddi shu muallifning ma’lumotiga ko‘ra, kislorod almashishi xuddi shu osilishni bajarilayotgan vaqtdagi bajarib bo‘lgandagisi ko‘proq (ish paytida kislorodni singdirish – 542 sm , ishdan keyin esa – 707 sm). Lekin gimnastika mashqlarining hammasi to‘g‘risida buni aytib bo‘lmaydi. Qo‘llarda tik turishni yaxshi bajaruvchi gimnastikachida ishdan keyingi o‘pka ventilyatsiyasi kislorodni singdirish va daqiqalik xajm uni bajarish paytidagiga qaraganda kamroq. Mashqlarni yaxshi o‘zlashtirgan gimnastikachi nafas fazasi bilan harakat fazasini mohirona moslashtira oladi. Natijada snaryadda nafasni ushlanishi kam bo‘ladi, shu bilan birga qisqa vaqt oralig‘ida. Nafas ritmi buzilmaydi, kislorod qarzi esa (qachonki, u paydo bo‘lganda) tez tiklanadi.
Sport gimnastikasi bilan shug‘ullanish turli atsiklik faoliyatlarda nafas fazasi bilan harakat fazasini moslashtira olish qobiliyatini tarbiyalashga ijobiy ta’sir etadi. Sport gimnastikasi mashqlari ta’sirida yurak va qon tomirlar funksiyasi rivojlanadi. Snaryadda trenirovka qilish paytida qon bosim darajasi o‘zgaradi. Birgina, qo‘llarda tortilishda qon bosimi 160 – 170 gacha ko‘tarilishi mumkin. Trenirovka qilmagan odam boshni pastga qilib aylanish bilan bog‘liq harakatlarni bajarganda boshning qon tomirlarida bosim ko‘tariladi, yuz birdan qizarishi kuzatiladi. Mashg‘ulotlar ta’sirida bu hodisalar yo‘qoladi.
Trenirovka qilib chiniqqan gimnastikachininig tana holati o‘zgarganda qon tomirlar tonusi o‘zgaradi; boshni pastga qilib aylanishi paytida qon tomir diametri qisqaradi va shuning uchun yuz qizarmaydi. Gimnastika mashqlarini bajarish natijasida qon tomir funksiyasi rivojlanadi va gimnastikachi tanasining har bir holatdagi o‘zgarishlarida qonni taqsimlashni ta’minlovchi shartli reflekslari shakillanadi. Ba’zi paytlarda oldinga yoki orqaga siltanib ko‘tarilishni bajarganda odamning markazdan qochuvchi kuchiga ta’sir etish bilan bog‘liq bo‘lgan snaryaddagi bir qator xarakatlarni va katta aylanishlarni bajarishda ham qon aylanishi o‘zgarishini kuzatish mumkin.
Yuqoridagi ko‘rsatilgan harakatlarda, ayniqsa, yuqori tezlikda bajariladigan harakatlarda markazdan qochuvchi kuch qon oyoq tomonga harakatlanadi va agar qon aylanish tartibi buzilsa bosh miyaning qon bilan ta’minlanishi kamayadi.
Trenirovka qilgan gimnastikachilar fazoda tananing tez o‘zgartirishni qon aylanishiga ta’sir etuvchi turli tezlikdagi va boshqa omillarni yengil bajara oladilar.
Shuningdek, sport gimnastikasi mashqlarining shug‘ullanuvchilar vestibulyar apparatiga ijobiy ta’sirini ta’kidlab o‘tish joiz. Ular vestibulyar apparat uchun ham qo‘zg‘atuvchi, ham trenirovka qilidiruvchi omil hisoblanadi. Ularni bajarish natijasida gimnastikachilarda tana holatining o‘zgarishiga, tezkorlik harakatiga turg‘unligi rivojlanadi. Vestibulyar apparat paydo bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi vegetativ va reflekslar sport bilan shug‘ullanmaganlarga va boshqa sport bilan shug‘ullanadiganlarga nisbatan gimnastikachilarda kamroq bo‘ladi.
Sport gimnastikasi bilan shug‘ullanuvchilarda boshqa sport turlarining turli harakatlari texnikasini shu bilan birga, ko‘pgina maishiy va mehnat harakat malakalari texnikasini ham tez o‘zlashtirish qobiliyati rivojlanadi, gimnast trenirovka jarayonida harkatlarning katta qismini o‘zlashtiradi, katta harakat tajribasini oshiradi va shuning uchun har bir harakat malakasini tez o‘zlashtiradi.
Sport gimnastikasi shug‘ullanuvchilarda dadillik va qat’iyatlilik kabi sifatlarni namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Ma’lumki gimnastikachilar ko‘pincha qo‘rquv, himoya refleksi tormozlanishi uni yengishga majburlovchi xavfli elementlarni o‘zlashtirishga to‘g‘ri keladi. Ular yuqori balandlikdan sakrab tushishni, ancha yuqori qarshiliklarni turli usullar bilan yengishni, yuqori tezlikda aylanib snaryadni qo‘yib yuborishi va yana uni ushlab olishni, qisqa tayanch maydonida muvozanat saqlashni va boshqalarni bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Bu harakat tajribasi gimnastikachiga ko‘pincha bebaho xizmat harakat vazifalarini teng sharoitda kimning tajribasi ko‘p bo‘lsa, o‘sha muvaffaqiyatli yecha oladi.
Sport gimnastikasi bilan shug‘ullanuvchilar qancha ko‘p trneriovka qilsa, shuncha katta muvoffaqiyatga erishadilar, salomatliklari qancha mustahkam bo‘lsa, jismoniy rivojlanish ham shuncha yuqori bo‘ladi.

Xarakat funktsiyasini shakllantirishda (eng muxim) uchinchi tarkibiy qism xarakatlarni vaqt birligida fazoda va muskul zo`r berishining darajasiga qarab xis qila bilishni o`rganishdan iborat. xarakat aniqligi va koordinatsiyasi yaxshi rivojlangan muskul sezgisi orqali ta`minlanadi. bu esa xarakat analizatori faoliyatining natijasidir. xarakat analizatorining faoliyatini fakat jismoniy mashqlar yordamida maxsus mashq qilish orqali takomillashtirish mumkin.


Bunday qobiliyatni tarbiyalash uchun, tananing ayrim qismlari bilan oddiy shamda murakkab xarakatlar qilishdan yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, muvozanat saqlash mashqlari, tirmashib chiqish, akrobatika mashqlaridan foydalaniladi.
Shug`ullanuvchilar bu mashqlarni bajarayotganda o`zlarining fazo to`g`risidagi va xarakat faoliyatini bajarish uchun sarflaydigan vaqt to`g`risidagi sub`ektiv xislarini o`qituvchidan oladigan ma`lumotlarga taqqoslab kurishlari kerak. xarakat faoliyatini jarayonida vaqt, fazo va muskul zo`r berishining darajasi xaqida tez va bevosita ma`lumotlar berib turish shug`ullanuvchilarda bu parametrlarning turlicha, shajmiga nisbatan shissiyotini tarkib topishiga yordamlashadi, bu esa xarakatlarni boshqarish uchun juda mushimdir.
Xarakat faoliyatini ongli boshqarish sezgi organlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog`liqdir, chunki sezgi organlari orqali tashqi dunyo xis qilinadi. «eshitish, kurish va boshqa sezgilar qanchalik kam rivojlangan bo`lsa,-deb yozgan edi v.v. gorinevskiy,-odamning faoliyati shunchalik chegaralangan va u shunchalik kam rivojlangan bo`ladi».
maxsus tekshirishlar o`z xarakatlarini fazoda vaqt birligida va muskul zo`r berishi darajasini xis qilishni o`zlashtirib olgan bolalar turli xarakat faoliyatlarini bunga o`rgatilmagan bolalarga nisbatan muvaffaqiyatliroq bajaradilar. Barkamol avlod orzusi – eng ulug‘ orzu. О‘zbekistonning kelajagi buyuk ekaniga qathiy ishonch bilan yashayotgan xalqimizning orzusi bu. Prezidentimiz tahkidlaganidek, “Nimani о‘z oldimizga maqsad qilib qо‘ymaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha olijanob harakatlarimizning negizida, barcha ezgu niyatlarimizning zamirida farazandlarimizni ham jismonan, ham mahnaviy jihatdan sog‘lom qilib о‘stirish, hech kimdan kam bо‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir”.
Gimnastika bilan maktabgacha yoshdagi ta’lim muassasalarida, maktablarda, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida va turli tashkilotlarda keng shug‘ullaniladi. Ushbu sport turining keng yoyilganligiga sabab vositalarning barchaga tushunarli va hilma-xil ekanligida, jismoniy tarbiyaning turli vazifalarni hal qilish uchun mashqlar tanlash imkoniyati katta ekanligidadir.
Gimnastika mashg‘ulotlarida hayotiy zarur malaka va kо‘nikmalar orttiriladi va takomillashtiriladi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test sinovlariga gimnastikadan nazorat mehyorlari kiritilgan.
Gimnastika mashqlarining sog‘lomlashtirish ahamiyati katta bо‘lib, shug‘ullanuvchilarni estetik tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi. Mashqlarni bajarish texnikasining gimnastikaga xos uslub talab qiladigan darajada mukammal bо‘lishi uchun harakatlar ravon va ifodali bо‘lishi, ijrochining harakatlari о‘ziga yarashadigan, nafis bо‘lishi kerak. Gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanish natijasida kelishgan qomatga ega bо‘linadi, gavda tuzilishidagi nuqsonlar tuzaladi, gavdani ayrim bо‘g‘inlari rivojlanishida yaxshi mutanosiblikka erishiladi.
Foydalaniladigan mashqlarning hajmi butun organizmga ta’sir kо‘rsatish va muskullar hamda organlarning alohida guruhlarini rivojlantirish, bolaning jinsini, yoshini, jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda bajariladigan mashqlarni boshqarish imkonini beradi.
Gimnastika – bu harakatar majmui bо‘lib, har qanday kasb egasi uchun zarur bо‘lgan yuqori harakat imkoniyatini tahminlaydi.
Gimnastika mashg‘ulotlarida muhim amaliy malaka va kо‘nikmalar: tо‘g‘ri yurish, yugurish, sakrash, tо‘siqlardan о‘tish, arqonlar va uzun yog‘ochlarga tortilib chiqish, emaklab о‘tish, og‘irliklarni kо‘tarish va bir joydan ikkinchi joyga kо‘chirish va h.k. shakllantiriladi.
Gimnastika mashg‘ulotlarida iroda, estetika va boshqa kо‘plab sifatlar, shu jumladan insonda harakatlanish apparatining turli qismlari hatti- harakatlarini bir-biriga moslashtirish qobiliyati rivojlantiriladi. Bu esa inson kundalik hayotida, turmushida, mehnat qilishida va sport faoliyatida duch keladigan murakkab harakatlarni egallashga yordam beradi. Gimnastika jismoniy tarbiya sifatida kо‘p asrlik tarixga ega. Bizning mamlakatimizda XX asr о‘rtalarida gimnastika bilan shug‘ullanish uchun katta imkoniyatlar tug‘ildi. Shundan buyon о‘quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalashda gimnastikadan keng foydalaniladi.
Qо‘llanma maktab jismoniy tarbiya о‘qituvchilari, sport murabbiylari uchun mо‘ljallangan.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling