Sportning gimnastika turidan dars mashg‘ulotlarini tashkil etish bо‘yicha tavsiyalar
Jismoniy tarbiya о‘quv dasturida gimnastikaga yetarlicha katta vaqt ajratiladi. О‘quvchilar gimnastika haqida nazariy ma’lumotlar olishlari, jismoniy, iroda va boshqa ruhiy sifatlarni rivojlantirishga qaratilgan bir qator amaliy va sport gimnastikasi mashqlarini bajarish texnikasini egallab olishlari kerak.
Sport mashg‘ulotning vazifasini о‘quvchilarni jismoniy va mahnaviy qobiliyatlarini barkamol rivojlantirishda, harakat qobiliyatlarini takomillashtirishdan iborat.
Gimnastika mashg‘ulotlarini tashkil etishdan oldin maktab sharoitidan kelib chiqib amalga oshirish kerak. Gimnastika mashg‘ulot umumiy rahbarligi maktab jismoniy tarbiya о‘qituvchilari jamoasi zimmasiga yuklatiladi. Tо‘garak haftasiga 2-3 marta, 1-2 soatdan о‘tkaziladi. Gimnastika mashg‘ulotda shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy tayyorgarlik darajasiga e’tiboran guruhlarga bо‘linadi..
Bolalarni har tomonlama jismoniy rivojlantirish va salomatligini mustahkamlash tarbiyaning alohida usullari bilan, xususan, jismoniy va aqliy tarbiya bilan ajralmagan holda alohida amalga oshiriladi.
Gimnastika atamalari haqida asosiy ma’lumotlar
Gimnastika atamashunosligi о‘quvchilar tomonidan mashqlarni egallash bilan bir vaqtda о‘rganiladi.
Gimnastika atamashunosligi – mashqlarni, umumiy tushunchalarni, snaryadlar va inventarlarning nomlarini qisqacha belgilash uchun qо‘llaniladigan maxsus belgilar (atamalar) tizimi, gimnastikada atamashunoslikning roli juda katta.
3-rasm (davomi). О‘smir yoshlar uchun ertalabki gimnastika mashqlari
Tomonlarga egilish. Dastlabki xolat. Oyoqlar juftlashgan holda, qо‘llar yon tomonlarga, kaftlar yuqoriga. 1-3. 3 marta yon tomonlarga egilish, о‘ng qо‘lni musht qilib yuqoriga, chap qо‘lni belga qо‘yamiz. 4. Dastlabki holat. 5-8. Shuning о‘zini boshqa tomonga takrorlaymiz.
Tanani aylana bо‘ylab harakatlantirish (4 martadan). Dastlabki holat. Oyoqlar kerilgan, qо‘llar yuqoriga, kaftlarni birlashtirgan holda. 1-4. Oldinga egilish (nafas chiqaramiz), tanani chap tomonga aylana bо‘ylab va orqaga aylana bо‘ylab harakat. 5-8. Shuning о‘zini boshqa tomonga takrorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |