Maktabda gimnastika mashg’ulotlarini tashkil qilish va o’tkazish shamda ularning mazmuni


Download 0.87 Mb.
bet6/9
Sana24.12.2022
Hajmi0.87 Mb.
#1051177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
GIMNASTIKA TAYYORGARLIK TURLARI NING O\'RNI

Himoyalash va yordam: siltanadigan oyoq tomondan turib, bir qо‘l bilan yelka ostidan tutib, boshqa qо‘l bilan siltanadigan oyoqning tizzasidan yuqoriroq qismidan tutib, turishga tо‘g‘ri chiqish tuchun yordam beriladi. Turishni о‘tirish va boshqa holatlardan kuch bilan bajarish mumkin. Asosiy variantni egallab olgach, turishni oyoqlar orasini ochish, bukish bilan murakkablashtirish, shuningdek, turishning boshqa turlarini ham bajarish mumkin: tor, birlashtirilgan, keng va boshqa.
Gimnastik anjomlarda bajariladigan mashqlar
Umumta’lim maktablari о‘quvchilarini jismoniy tarbiyalash bо‘yicha о‘quv dasturiga kiritilgan, gimnastik anjomlar bilan bajariladigan mashqlar statik va dinamik turlarga bо‘linadi. Birinchisi statik mashqlarni va kuch bilan kо‘chishlarni о‘z ichiga oladi.
Statik mashqlar - bu qо‘zg‘almas holatlar, yahni о‘quvchilar u yoki bu gimnastik anjomlar bilan bajariladigan osilishlar va tayanishlardir.
Kuch bilan kо‘chishlar - bu bir statik holatdan boshqasiga sekin – asta о‘tish, masalan: tortilish, osilishga tushish, osilishdan osilishga kuch bilan engashib о‘tish, osilishdan osilishga orqa tomondan о‘tish, engashib, kuch bilan tayanchga kо‘tarilish va boshqalar.
Dinamik – siltash mashqlari о‘quvchi tanasini doira bо‘lib (aylanishlar) yoki uning qismlarini (siltashlar, kо‘tarishlar, sakrashlar) kо‘chirishdan iborat.
Umumta’lim maktablari о‘quvchilari uchun gimnastika bо‘yicha dasturning о‘quv materiali bu mashqlarning uchta asosiy kichik guruhidan iborat: oldinga siltovchi harakatlar (doira bо‘ylab burilish, engashib osilish sakrash va boshqa).
orqaga siltovchi harakatlar (doira bо‘ylab aylanish, qо‘llarni bukish, kо‘tarilish, yoki sakrash va b.q.);
bukilgan holda harakatlar (bukilgan holda kо‘tarilish, bir qо‘lga tayanib kо‘tarilish; oyoqlar orasini ochib, orqadan ikki qо‘lga tayangan holda kо‘tarilish va boshqa).
2.1. Gimnastikada trenirovkaning umumiy asoslar
Umumiy ta’lim maktablari uchun jismoniy tarbiya bо‘yicha о‘quv dasturida kо‘zda tutilgan, turnikda bajariladigan mashqlar о‘z tuzilishi va bajarish qiyinligiga kо‘ra turli-tumandir. Bular asosan, dinamik xususiyatga ega bо‘lgan mashqlar. О‘quvchilardan bir qator harakatlarni va nihoyat muskullar kuchini minimal sarflab, inersiya kuchidan tо‘g‘ri foydalanish malakasini egallash talab qilinadi. Turnikda bajariladigan siltovchi mashqlarda avvalo texnik jihatdan tо‘g‘ri texnik qomat bо‘lishiga, yahni mashqning barcha hal qiluvchi fazalarida gavda va uning barcha qismlarining holati tо‘g‘ri bо‘lishiga erishishi kerak. Turnikda bajariladigan kо‘pgina mashqlar bajaruvchidan fazo va vaqtda tо‘g‘ri yо‘nalish ola bilishi, harakatlarni nozik muvofiqlashtirishni, shuningdek, dovyuraklik va qathiyatlikni talab qiluvchi, fazoda gavdani murakkab kо‘chirish bilan bog‘liq. Turnikda bajariladigan mashqlarni muvaffaqiyatli о‘zlashtirish uchun, boshqa anjomlardagi kabi о‘rganiladigan elementlar texnikasini yaxshi bilish zarur. Shuning uchun ham mashg‘ulotlarda о‘qituvchi kо‘rsatganlarini va tushuntirishlarini aniq eslab qolish, jismoniy yordam kо‘rsatish va himoyalash usullarini о‘zlashtirib olish muhim.
Turnikda bajariladigan mashqlarni bajarishda odatda mahkam tutishlardan faydalaniladi (snaryadni ushlash usullari): yuqoridan tutish, pastdan tutish, har xil tutish, chalishtirib tushish. Turnikda bajariladigan asosiy elementlar quyida bayon qilinadi:

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling