Maktabda manaviyat marifat ishlarni rejalashtirish


Boshlangich sinf o`quvchilarida manaviy marifiy ishlarning rivojlantirishning metodlari


Download 103.5 Kb.
bet3/7
Sana23.02.2023
Hajmi103.5 Kb.
#1225955
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAKTABDA MANAVIYAT MARIFAT ISHLARNI REJALASHTIRISH

1.2.Boshlangich sinf o`quvchilarida manaviy marifiy ishlarning rivojlantirishning metodlari


Ma’lumki, ota-bobolarimiz azal-azaldan inson tarbiyasi masalalariga jiddiy e’tibor berib kelishgan va bu an’ana avloddan-avlodga ko‘chib, takomillashib, yangicha usullar evaziga boyib borgan. Zotan, inson ma’naviyati tarbiyaga bog‘liq. Tarbiyasiz ma’naviyat poydevorsiz binoga o‘xshab omonatlik kasb etadiki, bu holni sharhlab, izohlab o‘tirishning hojati yo‘q. Shu boisdan- da, ta’lim-tarbiya jarayoniga barcha davlatda kuchli extiyoj sezilgan.
Ma’naviy barkamol, komil inson tarbiyasi hozirgi kunning eng muhim, dolzarb masalalaridan biridir. Yurtboshimiz Islom Karimov "Men Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir",- degan fikrini ko‘p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bulsa, hozirgi kunda xam biz uchun shunchalik, balki undan ham kura muhim va dolzarbdir", - deya tarbiya jarayoniga yuksak baho berishi fikrimizdalilidir.
Zero, bu masalani hal etishda maktab, litsey, kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning roli beqiyosdir.
Ma’naviy islohot ma’naviyatimiz manbalari va sarchashmalari bo‘lgan madaniy merosimizni istiqlol mafkuramizning asosiy manbalaridan biri sifatida qarash bilan birgalikda bu merosni har tomonlama xolisona o‘rganishni, uning hozirgi davrimiz uchun nihoyatda ahamiyatli ekanligini nazarda tutadi. Shu bilan birgalikda ma’naviy soha milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularni to‘plash, o‘rganish, xalqqa yetkazib berishni ma’naviy siyosatimizning poydevoriga aylantirish kabi jihatlarni ham qamrab oladi.
Barcha zamon va makonlarda ma’naviyati kuchli millat bir jonu bir tan bo‘lib, muammolarni tez va soz yechgan, peshqadam bo‘lgan. Ijtimoiy-siyosiy hayot yangi bosqichga kirganida bu jarayonlarni o‘rganuvchi ilmiy yo‘nalishlar ham, o‘zgarib, yangilanadi. Hozirgi vaziyat barcha ijtimoiy sohalarda bo‘lgani kabi yosh avlodlar tarbiyasida ham ilmiy va milliy tamoyillar uyg‘unligini taqozo qilmoqda. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun ma’naviyat, tarbiya masalalarini o‘rganuvchi, o‘zgartiruvchi yangi yondashuvlar zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asarlarida, jumladan «Fan taraqqiyotga xizmat qilsin!» nomli ma’ruzasi mazmunida ko‘zda tutilgan dasturiy tamoyil shuni taqozo qilmoqda.
Jahonning milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgan mamlakatlari o‘z taraqqiyot yo‘llarini belgilab olib, har biri o‘z xalqining milliy qiyofasi va o‘zligi xususida chuqur o‘ylab, milliylikni,milliy ma’naviyatni tiklashni bosh vazifalaridan biri deb islohatga kirishganlar. Bizning davlatimiz ham xalqimizning o‘tmish taraqqiyoti va ma’naviyatini hisobga olib, shularga mos tarzda yo‘l tanladi. Ayniqsa respublika rahbariyatining jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish borasidagi sa’yi-harakatlari yoshlar tarbiyasini xalqimiz ruhiyatiga mos bo‘lishini taminlashga yo‘naltirilmoqda. Chunki bu - davlatimizning milliy ma’naviyatini tiklash, jamiyatni ma’naviy yangilash, o‘quvchi-yoshlarning milliy mafkuraviy ongliligini oshirish vazifalarini amalga oshirishga qaratigan siyosatning amaliy-pedagogik vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning xos va mos xususiyati shundan iboratki, bu munosabatlar ijtimoiy-ma’naviy yo‘naltirilgan, milliy mazmunga ega. Ana shu munosabatlarni shakllantiradigan va unda faoliyat ko‘rsatadigan kadrlarning ma’naviy dunyosi - «Men»i yuksak ideallar, milliy qadriyatlar asosida qaror topishi zarur. Buning uchun ta’lim-tarbiya tizimi milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan sug‘orilgan bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirish, xuquqiy demokratik davlat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyatini qaror toptirish maqsad o‘zida milliy va umuminsoniy ijobiy fazilatlarni mujassam qilgan, yuksak madaniyatli insonlarni voyaga yetkazmay turib erishib bo‘lmaydi. Buni har bir yosh avlod nazarda tutishi, shundan kelib chiqib o‘z Vatani, xalqi odidagi yuksak ma’suliyat hissini barqaror qilishi tadqiqotimizda dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. Milliy va umuminsoniy tamoyillar uyg‘unligiga asoslangan taraqqiyotimiz talabiga ko‘ra hozir pedagogik aloqalar, tajribalarni qiyosiy o‘rganish har qachongidan ham rivojlantirilishi kerak. Chunki kelajak ko‘p jihatdan jahon pedagogikasi yutuqlarini o‘rganib, milliy tarbiya maqsadlarida foydalanishimizga bog‘liqbo‘ladi.
Buyuk kelajakni yaratish zarurati respublika fuqarolarining umummilliy ijtimoiy xamkorligini yaratishning pedagogik muammolarini o‘rganishni ham taqozo etadi.
Bu milliy taraqqiyotimiz tadrijini pedagogik o‘rganish uchun hayotiy ahamiyatga ega. Chunki mamlakatimizning hozirgi va bundan keyingi taraqqiyoti xalqimizda, ayniksa yoshlarimizda milliy mustaqillikni mustahkamlashga qodir, har qanday buzg‘unchi g‘oyani fikr bilan yenga oluvchi e’tiqodning shakllanganligiga bog‘liq. Bu esa g‘ururli, vatanparvar, davlatlararo, millatlararo do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilishga qodir, so‘zi bilan ishi bir, milliy istiqlol goyasini chuqur o‘zlashtirgan kishilar, yoshlarga bog‘liq. Bunday fazilat sohiblarini tarbiyalashga maxsus pedagogik masala sifatida o‘rganilishi va tajriba-tadqiqot ishlarida sinab ko‘rib, joriy qilinishi davlat va jamiyat qurilishi nuqtai-nazaridan katta ahamiyatga molik.
O‘zbekiston XX1 asrda kirib borarkan, o‘zining jahon hamjamiyatida munosib o‘rinni egallashi uchun ma’naviy poydevorga ega bo‘lmog‘i lozim. Jamiyat ma’naviyati - ijtimoiy tarbiya mahsulidir. Shu sababli ma’naviy tarbiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqish jamiyatma’naviy yangilanishining strategik yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Chunki xalqimizning milliy o‘ziga xosligi, ma’naviyatini saqlab qolish, tiklash va takomillashtirishni uning ma’naviy tarbiya an’analariga tayanmay amalga oshirish mushkul.

Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling