Maktabda manaviyat marifat ishlarni rejalashtirish


Maktab manaviy marifiy ishlari shakillanishida direktor o`rinbosarining o`rni


Download 103.5 Kb.
bet5/7
Sana23.02.2023
Hajmi103.5 Kb.
#1225955
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAKTABDA MANAVIYAT MARIFAT ISHLARNI REJALASHTIRISH

2.2. Maktab manaviy marifiy ishlari shakillanishida direktor o`rinbosarining o`rni
O‘quvchi hali zimmasidagi mas’uliyatni to‘liq his etmasligi, ilm olishning ahamiyati-yu o‘zining qanday qobiliyatga egaligini bilmasligi mumkin. Shu bois o‘g‘il-qizlarimiz mustaqil hayot yo‘lini tanlaguncha kattalar ko‘magiga, g‘amxo‘rligiga muhtoj. Ularning asosiy vaqti maktabda o‘tishni e’tiborga olsak, bu borada sinf rahbari zimmasidagi vazifalar ko‘lami naqadar kengligi oydinlashadi. Ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarish, sinfda ahil jamoani shakllantirish, qobilyatini to‘liq namoyon etishi uchun o‘quvchilarga zarur sharoit yaratishda sinf rahbarining o‘rni katta. Chunki u yoshlar taqdiriga daxldor xalqlar, ota-onalar, fan o‘qituvchilari, maktab psixologi, umuman, har bir mas’ul odamning ta’lim-tarbiya maqsadlarini birlashtiruvchi asosiy vositachidir.
Yoshlarda borliqni anglash, fan sirlarini egallash, kelajakda yetuk shaxs bo‘lish ishtiyoqi kuchli. Ammo maqsadga qay yo‘l bilan erishish lozimligi xususida yetarli tajribaga ega bo‘lmaganlari bois ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash lozim. Buning uchun, avvalo, sinf rahbari o‘quvchilarga shaxsiy namuna bo‘lsin. Chunki bola muallimning xatti-harakatlarini doimo kuzatib yuradi, shaxsiy hayotiga qiziqadi. Kiyinish va muomala madaniyati bilan, mahalla-ko‘yda, oilada o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lgan, shaxsiy fazilatlari bilan ajralib turgan pedagog o‘quvchilar ishonchi va hurmatini qozonadi. Masalan, o‘tmishda saxovatpesha va donishmandlikda mashhur olim bo‘lgan ekan. Kun kelib, olamdan o‘tar chog‘i o‘g‘illarini yoniga chorlab, ularga eng nodir adabiyotlar, bitmastuganmas xazina — kutubxona va bir dunyo boylikni meros qoldiribdi. Ota hayotdan ko‘z yumgach, katta o‘g‘il mol-dunyoni tanlab, boyligiga boylik qo‘shish maqsadida savdo karvonlari bilan safarga otlanibdi, kichigi esa umrini ilmga baxshida etibdi. 172 Oradan yillar o‘tib, katta o‘g‘ilning karvonini qaroqchilar tunab, o‘zi ularning changalidan bazo‘r qochib qutulibdi. Bilimli, kamolga yetgan kichik o‘g‘il esa, o‘z aql-zakovati ila farovon hayot kechiraveribdi. Chunki ilmni qaroqchi ham, o‘g‘ri ham tortib ololmaydi-da. Boylik sarflangan sari kamayadi, bilim esa, aksincha, ortib boraveradi. Bu kabi rivoyatlar o‘quvchilarning maktabdagi eng muhim vazifasi faqat o‘qib-o‘rganish ekanini tushuntirishda asqotadi. Gohida ayrim yosh pedagoglar bolalarni fanga qiziqtirish uchun sinf rahbari ko‘magiga ehtiyoj sezadi. Bunday paytda sinf rahbari o‘quvchilarini o‘z farzandlaridek yaxshi bilsagina, kim bilan qanday ishlash kerakligini fan o‘qituvchisiga aniq ayta oladi. Boshqaruvchilik qobiliyati bor o‘quvchilarni sinf sardori, obodonlashtirish ishlari noziri, „Kamalak“ sardori, qatorboshi, o‘g‘il bolalar klubi yetakchisi, orasta qizlar malikasi etib tayinlash ham yaxshi samara beradi. Obodonlashtirish ishlari noziri sinfning doimo orasta va tartibli saqlanishini ta’minlasa, qatorboshilar bolalarni darslarda faol ishtirok etishga undaydi. Klub yetakchisi va qizlar malikasi esa tengdoshlarining maktab formasida bo‘lishi va xulqini jamoatchilik asosida nazoratga oladi. Ularning boshqa bolalar bilan munosabati hukmronlikka emas, aksincha, do‘stona muloqotga, hamkorlik, hamjihatlikka asoslanishini ta’minlash sinf rahbaridan o‘ta hushyorlikni talab etadi. Chunki sinfda sog‘lom raqobat muhitini yaratish juda muhim. Teatr, muzey va tarixiy obidalar bo‘ylab sayohatlar uyushtirish bolalarning tasavvur doirasini, dunyoqarashini kengaytiradi, ahil guruhni shakllantirishda qo‘l keladi. Umuman, mohir rahbar qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, jamoani misoli inoq oilaga aylantiradi. Sog‘lom muhit hukmron sinfda hamma birbirini qo‘llab-quvvatlaydi. Bola darslarda sustkashlikka yo‘l qo‘ya boshlasa, demak, oilada, o‘rtoqlari orasida biror muammo yuzaga kelgan yoki sog‘lig‘i yomonlashgan bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda sinf rahbari ota-onalar bilan ishlashi zarur. Otaona hamda o‘quvchilarning ma’naviy-madaniy, iqtisodiy qiziqishlari bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazib, fikrlarini o‘rganish ke- 173 rak. Shunday ekan, sinflarning zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his eta oladigan har jihatdan munosib pedagoglarga biriktirish ta’lim-tarbiya smadorligini oshiruvchi muhim omillardan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Sinf rahbari nazoratchi — o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘quvchilarning ishtirokini ta’minlaydi (davomatni nazorat qiladi, o‘quvchilar uchun kerakli sharoitni yaratishga ko‘maklashadi, o‘quvchilarning ota-onalarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlaydi, o‘quv-tarbiya jarayoniga e’tiborsizlik, mas’uliyatsizlik, sinfdoshlari va o‘qituvchilarga esa hurmatsizlik, manmanlik qilayotgan o‘quvchilar bilan yakka holda ish olib boradi). Sinf rahbari ilm mamlakatiga boshlovchi — o‘qishga bo‘lgan qiziqish va xohishni tashkillashtiradi (o‘quvchilarga qo‘yilgan talablar bilan ota-onalar va o‘quvchilarni tanishtiradi, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil qiladi, mustaqil ishlashda o‘quvchilarga yordam ko‘rsatadi). Sinf rahbari axloqli, namunali, ma’naviy ustoz — o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatda hamda o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida vujudga keladigan ziddiyatlarni hal etishda, o‘quv-tarbiya jarayonida ichki tartib-qoidalarga rioya qilishlikda, ularni kerakli me’yorda bajarishlariga ko‘maklashadi (o‘zini tuta bilish, muomala qilish madaniyatiga o‘rgatadi, odob-axloq mavzularida suhbatlar, yakka holda ishlar olib boradi, axloqiy normalarni va ichki tartib-qoidalarni buzgan yoki buzayotgan o‘quvchilar bilan ularning haq-huquqlari va vazifalari to‘g‘risida yakka, jamoaviy suhbatlar o‘tkazadi, ularning tartib-intizomiga baho beradi, axloqiy, ijtimoiy, huquqiy mavzularda turli tadbirlar tashkil etadi va boshqalar). Sinf rahbari madaniyat sohibi — umuminsoniy va madaniy qadriyatlar asosida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil qiladi (ekskursiya tashkil qiladi, teatr, muzey va ko‘rgazmalarga jamoa bo‘- lib boradi, madaniyat mavzusida kecha va suhbatlar o‘tkazadi, maktabda tarbiyaviy tadbirlar, bahs-munozaralar o‘tkazadi). Sinf rahbari ijtimoiy pedagog — o‘quvchilarning har xil ijtimoiy muammolarini yechishga ko‘maklashadi, (uy va maktabda o‘zaro muloqot uchun sharoit yaratadi, o‘quvchi huquqlarini 174 himoya qiladi, o‘quvchilarda ijtimoiy hayot ko‘nikmasini shakllantiradi). Sinf rahbari o‘quvchilarning yaqin do‘sti — o‘quvchilarni turli xil faoliyatlarga kirishishlariga ko‘maklashadi, o‘quvchilarga bo‘lgan g‘amxo‘rlikning bir qismini o‘ziga oladi (guruhda jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil qilishni shakllantiradi, o‘quvchilarga o‘zini-o‘zi tushunishida, o‘ziga-o‘zi baho berishida, biror-bir faoliyatga o‘z imkoniyati va e’tiborini qaratishiga yordamlashadi (suhbat, trening, o‘yinlar o‘tkazib, o‘quvchilar bilan yakka ishlaydi). 3.Maktablar amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning o‘ziga xosligi
Umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning asosiy sub’ekti - ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosaridir.
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga kator funksional xukuklar:

      1. Guruhlarda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarga qatnashish va guruh murabbiysi ishini tahlil qilish.

      2. Guruh murabbiylari ish rejalarini o‘rganish vatasdiqlash.

      3. O‘quvchilar uylarida ovqatlanish sharoitlarini, turar joylarini va tibbiy xizmatni yo‘lga qo‘yilishinitekshirish.

      4. O‘quv xonalarini va o‘quvchilar uylaridagi xonalar xolatini o‘rganish maqsadida tekshirishlaruyushtirish.

      5. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi o‘quvchilari haqida tavsiyanomalar berish, unda kollej “kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati bilan kelishish va majlislarda, anjumanlarda, “ochiq eshiklar” kunlarida qatnashish uchun ota-oalarni taklif qilish va x.k.larberildi.

      6. Direktor o‘rinbosari faoliyati – kupkirrali pedagogik-psixologik yunalishlar kompleksidan iborat.Bular:

      7. Umumta’lim maktablari ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ish rejalarini tuzish, guruh murabbiylari ish rejalarini o‘rganish vatasdiqlash.

      8. Umumta’lim maktablarida har kuni soat 8.30 da davlat madhiyasini ijro etilishini ta’minlash.

      9. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari ongiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirishni turli uslub va yo‘llarini izlab topish va uni tashkiletish.

      10. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida terrorizm, giyoxvandlik, jinoyatchilik, turli diniy-siyosiy oqimlarga berilishning oldini olish borasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi va kollej “kamolot” yoshlar ijtimoiy harakti bilan xamkorlikda ish olibborish.

      11. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida turli xil kasalliklarning oldini olish maqsadida viloyat “spid”, “narkomaniya”, “sog‘lom avlod uchun”, “qizil yarim oy”, “ekosan” markazlari bilan hamkorlikda maqsadli uchrashuvlar tashkiletish.

      12. Umumta’lim maktablarida o‘quv jarayonida tartib intizomga rioya qilmagan o‘quvchilar bilan alohida ish olibborish.

      13. Umumta’lim maktablarida, o‘quvchilar uylarida, xususiy xonadonlarda yashovchi o‘quvchilarni gigienik normalarga rioya qilishni nazorat qilish.

      14. O‘quvchilar uylarida sport raxbari bilan hamkorlikda sport ishlariga rahbarlik qilish (ertalabki jismoniy mashqlar, sport musobaqalari, sportto‘garaklari).

      15. Umumta’lim maktablari murabbiylar kengashi orqali o‘quvchilarnitarbiyalash jarayonini boshqarish.

      16. O‘quvchilar guruhi murabbiylariga va guruh faollariga amaliy yordamko‘rsatish.

      17. Umumta’lim maktablarii jamoatchi tashkilotlarning o‘quvchilar guruhida, o‘quvchilar uyida va xususiy ylarda olib boriladigan tarbiyaviy ishlarini nazorat qilish vabaholash.

      18. O‘quvchilarning ota-onalari bilan doimiy aloqada bo‘lishga alohida e’tibor berish ular bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, o‘quvchi haqida ota-onasiga xat orqali ma’lumot beribturish.

      19. Umumta’lim maktablari xotin-qizlar kengashi bilan hamkorlikda qizlar tarbiyasiga alohida e’tiborberish.

      20. Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarni bo‘sh vaqtini unumli tashkil etish masqsadida turli mavzularda to‘garaklar tashkiletish.

      21. Guruh murabbiylariga o‘quvchilarni shahar, viloyat, respublika bo‘yicha sayoxatlarni tashkil etishda yordam beradi va nazoratqiladi.

      22. o‘quvchilarga tibbiy yordam ko‘rsatish va ovqatlanishni tashkil qilish va uning sifatini nazoratqilish.

      23. O‘qituvchilarning, guruh murabbiylarining tarbiyadagi ilg‘or tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va targ‘ibotqilish.

      24. O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini o‘tkazishlari haqida reyting daftarchasini yuritilishini nazorat qilishni yo‘lga qo‘yish. Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslublari bilan hamkorlikda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida, o‘quvchilar uylarida va xususiy xonadonlarda yashovchi o‘quvchilar bilan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ish olibborish.

      25. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida murabbiylar kengashi raisi vazifasini bajarish vaboshq.

Yosh avlodni sportning barcha turlariga jalb kilish, ularda jischmoniy madaniyatni takomillashtirish – ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimining tarkibiy kismidir. Bu esa mazkur yunalishda olib boriluvchi ishlarni muayyan tartibga solish va uning sub’ekti masalasini kun tartibiga kuydi. Natijada o‘quvchilar uylarining jismoniy tarbiya tashkilotchisi to‘g‘risida Nizomi ishlabchikildi.
O‘quvchilarga o‘zbek xalqining jahon madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasini xolisona tushuntirish va targ‘ib qilish ishlarida bilimdon tajribali pedagogik xodimlardan, ustozlar faoliyatidan foydalanishda ko‘maklashish. O‘zbek xalqi davlatchiligi tarixini keng omma, xususan, o‘quvchi yoshlar orasida targ‘ib qilish ishlariga bilimdon tarixchi, sotsiolog, etnograf, pedagog, arxeolog, faylasuf, adabiyotshunos, tilshunos va boshqa soha olimlarini jalb etish. Noshirlik ishlari, targ‘ibot-tashviqot sifatini yaxshilash, o‘quvchilarni turli o‘quv vositalari, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, dasturlar bilan ta’minlash maqsadida nashriyot faoliyatini kuchaytirishga yordam ko‘rsatish. Mamlakatimiz mustaqiligining munosib kutib olish hamda bu tarixiy sananing har bir yilini nishonlashda katta tayyorgarlik ishlarini amalga oshirishni ko‘zdatutib:

  • vatanimiz ozodligi va mustaqilligi uchun kurashlardan matonat ko‘rsatgan, millatni xurlik va erkinlikka chorlagan mustabid tuzum yillarida qatag‘on etilgan kollejimiz ta’limini olgan vatandoshlarimizning mo‘’tabar xotirasini abadiylashtirish, ibratli hayoti va faoliyati, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, ijodiy me’rosiin chuqur o‘rganish maqsadida jamoatchilik komissiyasini tuzish;

  • “shahidlar xotirasi” hayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlashga oid takliflarkiritish.

umumta’lim maktablariida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bunyodkorlik ishlariga xususan, obodonlashtirish, ilmiy-pedagogik xodimlar va o‘quvchilarning madaniy xordiq chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda maslahatlar berish, yangidan ta’minlanishi hamda qurilishi lozim bo‘lgan o‘quv binolari, laboratoriyalar ochish kabi bunyodkorlik ishlarida taklif va mulohazalar bilan ishtiroketish;

  • shahar va viloyat mahallalari faollariga ma’naviy-ma’rifiy yumushlarida otaliq yordamlari uyushtirish. ayniqsa, mamlakatimiz prezidentining asarlari nutqlaridan kelib chiqadigan vazifalar haqida, xususan, din niqobidagi turli ekstremistik guruhlarni,terrorizm mafkurasini fosh qilish bo‘yicha ma’ruzalar, davra suhbatlar o‘tkazish zaruriyatdan kelib chiqib, bu ishlarga keksa, bilimdon olim, domlalarni hamda iqtidorli yosh pedagog olimlarni safarbar qilishda rahbariyatga yordamko‘rsatish;

  • ustoz va shogirdlar, kollejni bitirganlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, kollejda shakllangan ibratli maktablar haqida, bosib o‘tilgan tarixiy yo‘li uning mamlakatimiz fan, ta’lim va madaniy hayotda tutgan o‘rni, ibratli an’analari haqida keng ko‘lamli targ‘ibot ishlarini olib borishdako‘maklashish;

  • lotin alfavitiga asoslangan yangi yozuvimizni keng targ‘ibot qilish maqsadida kollejni radiolashtirish va undan foydalanishga e’tibor berish, hamda uni qo‘lga qo‘yish zaruriyatlari haqidafikrlashish;

  • umumta’lim maktablari gazeta faoliyatini yanada takomillashtirishga maslaxatlar bilan ko‘maklashish, har o‘quv yili davomida fakultetlarda kafedralarda “ustozlar yodi” va shunga o‘xshash mavzudagi tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazishdako‘maklashish.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda, ta’lim va targ‘ibot ishlarini mukammalligini ta’minlashda, ularni takomillashtira borishda allomalarimizning ibratli ma’rifiy, ilmiy maktablari an’analaridan keng foydalanish, xususan, o‘zbek xalqining ozodlikka erishish va vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan mafkuraviy kamsitilgan, qatog‘on qilingano‘g‘il- qizlarning muqaddas nomlari aniqlanib, ularni o‘rganish, qayta tiklash ishiga hissa qo‘shildi. bu esa yoshlarni ma’naviy qadriyatlar va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ta’sirchanligini kuchaytiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumatining yoshlar ma’naviy tarbiyasi borasidagi hujjatlarni, kollej o‘quvchilar uylariga aloqador qarorlarini o‘quvchilar o‘rtasida o‘z vaqtida targ‘ib etilishi va bajarilishini ta’minlaydi.


Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling