Maktabda manaviyat marifat ishlarni rejalashtirish


II BOB. O‘RTA MAXSUS TA’LIMI MAKTABLARINI MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TIZIMINI YANGILASH


Download 103.5 Kb.
bet4/7
Sana23.02.2023
Hajmi103.5 Kb.
#1225955
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAKTABDA MANAVIYAT MARIFAT ISHLARNI REJALASHTIRISH

II BOB. O‘RTA MAXSUS TA’LIMI MAKTABLARINI MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TIZIMINI YANGILASH
2.1. Ma’naviyat va ma’rifat aql-zakovat, salohiyat yuksakligi
Mamlakatimizdagi ma’naviy tiklanishning hozirgi bosqichida fuqaroni, xususan o‘quvchi-yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashning ahamiyati tobora oshmoqda. Shu bois, o‘rta maxsus ta’limi maktablarini ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan yangilash, isloh qilish - O‘zbekistonning buyuk kelajagini ta’minlashning bosh shartlaridan biri deb e’tirof qilmoq kerak. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, keyingi yillarda ayrim yoshlarda millatga, Vatanga foyda keltirishni o‘ylash, mustaqillikni mustahkamlashda foydali inson bo‘lib yetishish hissi maxsus, ilmiy asosda shakllantirilmaganligi tufayli shaxsiy manfaatni o‘ylash, yengil yo‘llar bilan to‘kis xayotga intilish hissi namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga ayrim o‘quvchilar orasida ma’naviy cheklanganlik, dunyoqarashning torligi tufayli yot goyalarga aldanish, milliy odob me’yorlariga rioya qilmaslik, so‘z va ish orasidagi tafovut, milliy g‘ururning sustligi kabi noxush ko‘rinishlar uchrab turadiki, ularni ilmiy asosda o‘rganib, bartaraf qilishlozim.
Ma’naviyat – insonning insoniylik mohiyati, shaxsdagi ijobiy fazilatlar majmui, insonning zohiriy va botiniy qiyofasi. U inson hayotining tub mohiyatini belgilaydigan aqliy, ruhiy, axloqiy va jismoniy qarashlar, ko‘nikmalar, odatlar tizimidir. Ma’naviyat – har bir insonning milliy va umuminsoniy komillik darajasi, unga yetaklovchi, undovchi imkoniyat. U inson shaxsini insoniylik bilan boyituvchi, kamol toptiruvchi, ko‘rkamlashtiruvchi beqiyos hayotiy omil. Ma’naviyat – yaxshilik va ezgulikka moyil, yomonlik va yovuzlikdan tiyilish, nafosat va haqiqatga, halollik va rostgo‘ylikka intilish, o‘zi mansub jamiyatning axloqiy, huquqiy, ma’rifiy-madaniy mezonlariga amal qilish hissidir. U insonning umrguzaronlik mohiyati, faoliyatining tabiatini belgilab bergan va faoliyatida gavdalangan ijobiy, go‘zal fazilatlar majmui. Ma’naviyatda inson qalbi, shuuri, aql-zakovati, tabiati, bilimi, madaniyati aks etadi.
Ma’rifat esa insonning o‘zini o‘zi anglash, o‘zini o‘zi kamol toptirish, imkoniyatlarini harakatga keltirish yo‘lida bilim, tarbiya, madaniyat boyliklaridan bahramand bo‘lishini kafolatlovchi omildir.
Ma’rifat – mohiyatan aql-idrok, tafakkurning mayog‘i, mijozning murabbiysi, qalbda munavvarlikni, insoniy ulug‘vorlikni qaror toptiruvchi umriy vosita, iymon-e’tiqod, xarakter, lafzning me’mori, vujudning jon tomiri. U – bilish, tanish, ilm va madaniyatning kamol topish mazmuni, usul va vositalaridir.
Ma’naviyat va ma’rifat va inson tushunchalari bir butun holdagina muayyan mazmunga ega bshladi. Ma’naviyat yo‘q joyda ma’lum maqsadga qaratilgan insoniy faoliyat ham bo‘lmaydi, insonlar jamoasining birligi – jamiyat ham bo‘lmaydi. Prezidentimiz IslomKarimov,“Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur”, deb ta’kidlagan fikr zamirida ana shunday falsafiy mazmun yashirin. Ma’naviyatning ahamiyatini ana shu nuqtai nazardan baholamoq kerak. Ma’naviyat – xalqning, millatning, davlatning kuch qudrati, buyuk kelajak sari yuksaltiruvchi mustahkam poydevoridir. Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangani bejiz emas. Har qanday ishning, ijtimoiy taraqqiyotning me’mori ham, bunyodkori ham, bosh harakatlantiruvchi kuchi ham inson. Uning aql-zakovati va samarador mehnatisiz hech nima yaratilmaydi, vujudga kelmaydi.
Respublikamizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar taqdiri pirovard natijada ma’naviy- ma’rifiy ishlarni qay darajada yuksak saviyada tashkil qila bilish muhim hayotiy muammo. Chunki ma’naviy –ma’rifiy ishlarning asosiy vazifasi yuksak axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan komil insonni tarbiyalashdan iborat. Bugungi kunda bilimdon, yetuk malakali, yuksak aql-zakovat va istiqbol dunyoqarashiga ega tadbirkor kishilargina jamiyatimizning jahon sivilizatsiyasi sari taraqqiyotini tezlashtira oladi, O‘zbekistonning dunyodagi rivojlangan mamlakatlar safidan munosib o‘rin egallashini ta’minlay oladi.
O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning va yangi jamiyatni qurishimizning eng asosi bo‘lgan ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish hamda uni izchillik bilan hozirgi zamon talablari, milliy ruhiyatimizning ildizlariga suyangan holda yanada rivojlantirish bugungi kunning dolzarb va g‘oyat muhim vazifasidir. Ma’naviyat va ma’rifat davlat ichki hayotidagi bir butunlikni, odamlar ruhiyatidagi ko‘tarinkilik va kelajakka ishonchni, aql-zakovat yuksagligini, o‘z faoliyatida tinchlikni, millatlararo hamjihatlikni barqaror rivojlantirish yo‘lini aniq belgilashdagi o‘z fuqarolarning orzu-umidlarini, manfaatlarini ifoda eta bilish, uni buyuk kelajak sari harakatga yo‘naltirish va unga rahbarlik qilish salohiyati hisrblanadi. Ma’naviyat va ma’rifatning yangi jamiyatni qurishdagi qudratli kuch va bebaho manba ekanligi quyidagi masalalarda o‘z ifodasinitopadi:

  1. Ma’naviyat va ma’rifat jamiyatda mavjud bo‘ladigan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’rifiy sohalarni, ularni o‘zaro bog‘lab, uyg‘unlashtirib, davlatning bir butun mustaqil sub’ekt sifatidagi maqomini ta’minlabturadi;

  2. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy –siyosiy, madaniy huquqiy va ma’rifiy sohalarini rivojlantirishdan ko‘zlagan asosiy maqsadi insonni kamol toptirish, ehtiyojlarini qondirish, uni barkamollik darajasiga ko‘tarishdan iboratdir. Ma’naviyat va ma’rifatni yuksak zamonaviy talablar darajasida tashkil qilgandagina muayyan vazifalarni insonga xizmat qildirish mumkin bo‘ladi. Bu jarayonda ma’naviyat va ma’rifat me’mori, mezon va yetakchi omil rolinio‘ynaydi.

  3. Ma’naviyat va ma’rifat jamiyat oldida turgan muammolar mohiyatini o‘zida ifoda ettiradi hamda uni hal qilish uchun fuqarolarning davlat manfaatlarini birlashtiradi. Ma’naviyati va ma’rifati zamonaviy rivojlangan mamlakatlarda xalqning vatanparvarlik vamillatparvarlik tuyg‘ulari kuchli bo‘ladi. Bunday holat o‘z navbatida davlat va xalqning birligini mustahkamlashda turli xil millatlar va ijtimoiy qatlamlarning bir-birlari bilan umummanfaatlar yo‘lida jipslashishlarida qudratli omil sifatida xizmat qiladi;

  4. Ma’naviyat va ma’rifat milliy ong va milliy tuyg‘u, milliy g‘oyalarni shakllantiruvchi omildir. Bular o‘z navbatida har bir millatning o‘z-o‘zini anglashiga, manfaatlar yagonaligini tushunishiga, kishilarda milliy g‘urur, qadr-qimmatning mustahkam dunyoqarashga aylanishiga yordamberadi;

  5. Ma’naviyat va ma’rifat bor joyda ehtiyojlar va zaruriyatlar ham yuzaga keladi. O‘z navbatida ehtiyojlar va zaruriyatlar shaxs, millat va davlatni kechagidan bugun, bugundan ertaga yana ham yaxshiroq hayot kechirishga, barkamol bo‘lishiga yetaklaydi, shaxs, millat va davlatning tarqqiyoti sari harakat qilishga da’vat etadi. Bu jarayonda ma’naviyat va ma’rifat shaxs, millat va davlat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi bosh omilhisoblanadi;

  6. Ma’naviyat va ma’rifat aql-zakovat, salohiyat yuksakligining muhim mezoni va manbai hisoblanadi. Bu orqali inson millat mahsulini millat va mamlakatning yuksak moddiy va ma’naviy boyliklari darajasigako‘taradi;

  7. Ma’naviyat va ma’rifat davlat ichki hayotida tinchlik, barqarorlikni vujudga keltiradi, har qanday munozarali masalalarni aql va vazminlik bilan hal qilishda xalq ruxiyatini shakllantiradi;

  8. Ma’naviyat va ma’rifat kishilarni sub’ektiv, qarindosh-urug‘chilik, mahalliychilik manfaatlari ehtiroslarga berilishidan saqlaydi, shaxsiy va mahalliy manfaatlarni millat hamda Vatan manfaatlariga uyg‘unlashtirish muhitini vujudga keltiradi, millatning umubashariy qadriyatlar sari intilishinikuchaytiradi;

  9. Ma’naviyat va ma’rifat mamlakatda adolatni qaror toptirish, insonlarni qonunlarning ijodkori va itoatkori darajasiga ko‘taradi. Qonunlar davlat, millat va shaxsning har qanday harakatining aniq me’yori darajasiga aylangan mamlakatda demokratik ruhdagi adolatli qadriyatlar shakllanishi mumkinbo‘ladi;

  10. Ma’naviyat va ma’rifat davlatning ichki hayotidagi muammolarni hal qilishning muhim omili bo‘lishi bilan birga, u davlatning xalqaro hayotdagi obro‘ –e’tiborini oshiradi, uning katta imkoniyatlarga ega ekanligini va barqaror taraqqiy etayotganligini tasdiqlaydi. Bu o‘z navbatida davlatning xalqaro hayotda harakat qilish imkoniyatlarini yanadakengaytiradi.

Ma’naviyat – shaxsning ruhiy hayot tajribasi, ruhiy olamini, dunyoqarashini, aqliy salohiyatini o‘zida mujassamlashtiradi. U shaxsning va millatning o‘zligini anglashi, milliy g‘urur, milliy iftihor, vatanparvarlik, davlatga hurmat, jamoa an’analariga xayrixohlik, diyonat, mehr-shavqat, poklik, halollik, vijdoniylik, rostgo‘ylik, adolatparvarlik, kamtarinlik kabilarni o‘z ichiga oladi. Ma’naviyat yo‘li – bosqichma-bosqich o‘tiladigan yo‘l. Inson aqlini tanigandanboshlab, tafakkur, ahloq va ma’rifatda kamolotga intiladi. Jamiyat ma’naviyati, uning rivoji ham uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyotning natijasi hisoblanadi. Jamiyat asta-sekin rivojlanib borgan sari inson ma’naviyati ham tarkibiy jihatdan mukammallashib borgan. Ma’naviyatning eng qadimgi asoslarini axloqiy, diniy va badiiy qarashlar tashkil qiladi. Davlatning yuzaga kelishi bilan ma’naviyat ning siyosiy, falsafiy va ilmiy shakllari yuzaga kelgan. Shunday qilib, ma’naviyatning tarkibiy tizimini quyidagilar tashkilqiladi:

  • axloqiy qarashlar va axloqiy ta’lim;

  • diniy qarashlar va diniyta’lim;

  • badiiy qarashlar va badiiyta’lim;

  • falsafiy qarashlar va falsafiy ta’lim;

  • siyosiy qarashlar va siyosiyta’lim;

  • huquqiy qarashlar va huquqiyta’lim;

  • ilmiy qarashlar va fan; jami tabiiy va gumanitar fanlar ham shu guruhgakiradi.

Oila – ma’naviyatning ilk va daxlsiz beshigi. Insonning ma’naviy komillik maqomlariga ko‘tarilishida oilaviy muhit bilan birga jamoatchilik, ta’lim tizimi, milliy mafkura va davlat faoliyati muhim o‘rin egallaydi. Ularning real harakatlari quyidagi yo‘nalish va shakllarda namoyonbo‘ladi:

  1. Oila – jamiyatning negizi va davlat taraqqiyotining ilkmanbai.

Oila – shaxs, jamoa, ijtimoiy guruh dunyoqarashlari shakllanishi va ijtimoiy munosabatlar vujudga kelishining bosh asosi hisoblanadi. Muayyan imkoniyatlar oilaning mamlakat ma’naviyatini shakllantirish, uning mavjudligini mustahkamlash, turli xalqlar va mamlakatlar o‘rtasida ma’rifiy munosabatlar qaror topishinita’minlaydi.
Oilaning yuksak madaniyatli shaxsni shakllantirish va davlat tizimidagi tutgan muhim o‘rnidan kelib chiqib, quyidagi vazifalarni hal etish lozim:

  1. oilani shakllantirishda jamoatchilik boshqaruv institutlari rahbarlik faoliyatini kuchaytirish;

  2. o‘zbek xalqining ko‘p bolalikka moyilligi va aholining asosiy qismi qishloq joylarda istiqomat qilayotganligi, o‘ziga xos urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarning miliy taraqqiyotda muhim o‘rin va mavqega egaligidan oilani ijtimoiy himoya qilishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida davom ettirishnita’minlash;

v) aholining o‘zi yetishtiradigan mahsulotni qayta ishlab chiqarishni keng joriy qilish,yoshlarning ish bilan ta’minlanmagan qismidan Respublikaning yirik qurilishlarida, qishloq xo‘jaligida foydalanish va ularning xorijiy mamlakatlarga shartnoma asosida yuborishni ta’minlashni jamoat tashkilotlari va davlat institutlari faoliyatining yetakchi vazifasi qilib belgilash;) xotin­qizlarning farzand tarbiyasi va oilani mustahkamlashdagi alohida o‘rnini hisobga olib, ularning homiladorlik va bolani tarbiyalash davridagi belgilanadigan ta’tillar muhlatini kengaytirish, ko‘p farzandli ayollarga tegishli imkoniyatlar beruvchi me’yoriy hujjatlar ishlab chiqish, soliqlarni imkoniyat darajasida qisqartirib borish;
d) davlat tomonidan qabul qilingan sog‘lom avlod dasturini hayotga tatbiq etishda oilaning mas’uliyatini oshirish. O‘z sohasida bo‘yicha ishlash qobiliyatini saqlab qolgan mutaxassislardan foydalanishning me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish.

  1. Oila, maktabgacha bo‘lgan tarbiya, umumiy ta’lim, o‘rta maxsus va oliy ta’lim, malaka oshirish tarmoqlari ta’lim tizimining asosi bo‘lib, davlat taraqqiyotining har bir bosqichidagi taqdirini belgilab beradi. Bu borada quyidagi tadbirlarni amalga oshirishzarur:

  1. ta’limning barcha sohalarini birlashtiruvchi, milliy xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi, jahon mamlakatlarining ilg‘or tajribalarini umumlashtiruvchi davlat milliy konsepsiyasini ishlab chiqish va amalgaoshirish;

  2. shu maqsadga tegishli me’yoriy hujjatlarni yaratish, unda belgilangan vazifalarni tashkil qilish, boshqarish va rahbarlik qilishnitakomillashtirish;

v) ta’lim tizimida ishlayotgan o‘qituvchilarning malakalarini zamon talabi darajasiga ko‘tarish, ularni o‘z kasbining fidoyisiga aylantirish, o‘qituvchilik kasbining nufuzini ko‘tarish. Ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning moddiy va ma’naviy manfaatdorligini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib oshira borish;
g) oliy ta’lim tizimining mamlakat aql­zakovatini shakllantiruvchi asosiy tayanch ekanligidan, yuqori malakali kadrlar tayyorlashni mamlakat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil qilish;
d) viloyat markazlaridagi oliy o‘quv yurtlarining o‘z hududida mutaxassis kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini umumdavlat manfaatlari miqyosida qayta ko‘rib chiqish, ularni yuqori malakali professor­o‘qituvchi mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash, moddiy ­ texnikaviy bazasini mustahkamlash asosida ma’naviyat va ma’rifat markaziga aylantirish;

Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling