9-mavzu. Personalni rag‘batlantirish.
Personalning mehnatga qiziqishini oshirish. Insonga oid tushunchalar tavsifi. Qiziqtirish (motivatsiya) tushunchasi: mohiyati va mazmuni. Mohiyat bo‘yicha qiziqtirish nazariyalar hamda unga muvofiq ehtiyojlarning o‘zaro bog‘liqligi. Qiziqish motiv (sabab)lari, darajalari. Qiziqtirish uslublari va tashkiliy mexanizmi. Qiziqtirish turlari va ularning mazmuni. Personalni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish. Mehnatni rag‘batlantirishning funksiyalari. Korxonalarda mehnatga qiziqtirish va mehnatni rag‘batlantirish usullari. Korxona personalini rag‘batlantirish shakllari. Korxona personalini moddiy jihatdan rag‘batlantirish tizimi. Personal mehnatiga haq to‘lashni tashkil etish. Korxona va tashkilotlarda mehnatga haq to‘lashning mohiyati va mazmuni. Ish haqini tashkil etishning xususiyatlari. Ish haqining funksiyalari va tamoyillari. Mehnatga haq to‘lash tizimi va uning tarkibiy qismlari. Mehnatga haq to‘lashni tashkil etishning asosiy elementlari.
10-mavzu. Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari.
Personal faoliyatini baholashning mohiyati va uning zamonaviy uslublari. Boshqaruv xodimlarining amaliy sifatlari. Boshqaruv xodimlari faoliyatini baholashning miqdor va sifat mezonlari. Personalni kompleks baholash tarkibi. Personal mehnat faoliyatini zamonaviy baholash tizimi va uning bosqichlari. Ijro standartlarining ish tahliliga munosabati. Boshqaruv vazifalarining ustuvorligi. Personalni taqsimlash usullari. Reyting yig‘indisi asosida baholash. Baholash ma’lumotlaridan foydalanish manbalari. Korxona rahbar xodimlari va mutaxassislari ish natijalarini baholash mezonlari.Ishchi xodimlarni mehnat natijalarini baholash tartibi. Personalni attestatsiyadan o‘tkazish. Personalni attestatsiyadan o‘tkazishning mohiyati va mazmuni. Xodimlarni attestatsiya qilish tartibi. Personalni attestatsiya qilish bosqichlari. Korxonada ichki kasb standartlari. Mutaxassis kasb sifatlarini baholash. Personal faoliyatini baholashning xorijiy tajribalari va ulardan O‘zbekiston sharoitida foydalanish imkoniyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |