Tuzuvchilar:
B.S.Berdiyorov-Nizomiy nomidagi TDPU “Geografiya” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Ya.B.Mustafakulov-Nizomiy nomidagi TDPU “Geografiya” kafedrasi katta o’qituvchisi
Taqrizchilar:
A.B.Xayitov-Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti “Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi.
R.A.Isayev-Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti «Korporativ boshqaruv» kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi.
Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti o‘quv-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqilgan va tavsiya qilingan (202_ yil __ _______dagi ___-sonli bayonnoma)
I.O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy
ta’limdagi o‘rni
“Maktabda personalni boshqarish” fаni talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, maktabda o`qituvchilarni boshqarish, ishchi -xodimlarni boshqarish asoslarini o‘rgatadi. Talabalarga maktabda personalni boshqarish strategiyasi va taktikasining mohiyati, mazmuni va xususiyatlarini bilish; yuqori malakali kadrlarni shakllantirish va xodimlarni boshqarishning mezonlari, o‘lchovlari va ko‘rsatkichlarini; xodimlarni professional tanlash, o‘qitish, malakasini oshirish;lavozimlarga biriktirish va ko‘tarish masalalarini; xodimlarni ishga qabul qilish va undan bo‘shatish hamda xodimlarni boshqarishning huquqiy-me’riy asoslarini; personalni boshqarish bo‘yicha ish yuritish asoslari va zaruriy hujjatlarni to‘g‘ri va tez rasmiylashtirishni; personalni boshqarish samaradorligini aniqlashni o‘rgatishdan iborat tashkilotni ana shu o‘zgaruvchan muhitga mos holda boshqarish, turli strategiyalarni qo`llash haqidagi bilimlarni o`quv fani yoritadi. “Maktabda personalni boshqarish” fani maktab menejmenti ta`lim y o`nalishi talabalariga maktabni boshqarishdagi istiqbolli rejalar tuzish va innovatsion loyihalarni hayotga jalb qilishni o`rgatadi.
II. O‘quv fanining maqsad va vazifasi
Do'stlaringiz bilan baham: |