Maktabda sport bayramining abamiyati va uning maktab o‘quvchiIarining jismoniy tarbiyasidagi o‘rni


Sport bayramini o‘tkazish jarayonida pedagogik talablar


Download 312.19 Kb.
bet2/5
Sana31.01.2024
Hajmi312.19 Kb.
#1830895
1   2   3   4   5
Bog'liq
mus fax

Sport bayramini o‘tkazish jarayonida pedagogik talablar


Bu qiziqarli sport bayrami samarali o‘tishi uchun juda katta tayyorgarlik kerak va jiddiy qarash lozim. Bayram bellashuvida o‘rta va yuqori sinflar qatnashishi mumkin. Masalan, 10-1 1 sinflar yoki 8-9 sinflar o‘zaro bellashishlari mumkin. Bu masala oldindan tayyorlanib pedagogik kengashda ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. “Balli qizlar” bayramida pedagogik jamoa qatnashishi maqsadga muvofiqdir, sinf rahbarlari nazorati ostida o‘quvchilar bayramga, musobaqalashishga tayyorgarlik ko‘radilar. Har bir beriladigan vazifalar ta’limiy, tarbiyaviy va sog‘lomlashtirishni bayon etishi lozim.


Sport bayramlari o‘quv yili davomida tarixiy sanalarga (vaqtlarga)
bog‘langan holda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, “Xotin- qizlar kuni”ga, “Navro‘z” bayramiga, “Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni”ga, “Konstitutsiya kuni”ga, “Jismoniy tarbiya va sport kuni”ga, “Salomatlik kuni”ga va h.k. bag‘ishlangan sport bayramlarini o‘tkazish mumkin. Demak, har bir chorakda bayramlami rejalashtirish maktabda jismoniy tarbiya va sport masalalarini ko‘tarish hamda yaxshi yo‘lga qo‘yishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu bayramlami samarali o‘tkazish uchun birinchi navbatda tashkiliy qo‘mita tuziladi. U bayram dasturini ishlab chiqadi hamda reja ssenariysini tuzadi va shu mo‘ljallangan bayramga butun tayyorgarlik uchun kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha rahbarlik qiladi.
Ishlab chiqilgan sport bayram dasturi asosida hay’at guruhlar o‘z ishlariga jiddiy tayyorgarlik ko'radilar. Maxsus tuzilgan ishchi guruh bayram o‘tkazish joyida bezatishga katta e’tibor bilan qaraydilar. Ayniqsa maydonchalar, sport xonasi va boshqalar kerakli sport anjomlari, buyumlar, kasbiy materiallar va boshqalar oldindan tayyorlangan bo‘lishi zarur.
92
Sport bayramining o‘tkazilishini rejalashtirish

Sport bayramini o‘tkazish uchun tuzilgan qo‘mitaga maktab direktori, jismoniy tarbiya o’qituvchilari, ota-onalar, jismoniy tarbiya bo‘yicha aktivistlar va aktiv sportchilari kiradilar. Ular bayram ssenariysini va dasturini ishlab chiqadilar hamda hay’atlar guruhini tuzadilar. Undan tashqari har bir qo‘mita a’zolari orasida qilinadigan ishlarni hamda vazifalarni yuklaydi.


Sport bayramini yuqori saviyada o‘tkazish uchun maxsus vakolatli shaxslar guruhi (komissiya) tuziladi: texnik-moddiy ta’minlash guruhlar bayramning ochilish joyi, musobaqa o‘tkazish joyi, kerakli buyumlar va sport anjomlari bilan ta’minlaydi; bellashuvlar o'tkazish joyini bezatish uchun maxsus madaniy guruh — ular turli plakatlar, rasmlar, albom, atributlar, emblema, bayroqchalar, raketalar, koptoklar va boshqalami tayyorlaydilar; musiqaviy badiiy rahbar she’r, ashula, musiqalami tanlaydi va kerak bo‘isa, tuzatadi, tikadi va shu kabilar; yana bir guruh-
bu jismoni7 tarbiya o‘quvchilari — ular bellashuvi dasturi, hay’at a’zolariga musobaqa bayoni bilan ta’minlaydi va shu kabilar.
Yuqorida qa7d etilgan maxsus vakolatli shaxslar guruhi “Balli qizlar" bellashuvini o‘tkazish ssenariysi tuziladi, aniq o‘tkazish vaqti, mashqlar, musobaqalar, o‘yinlar ketma-ketligi hamda har bir o‘yinda javobgar shaxslar ko‘nati1adi (tajriba yuzasidan).
Sergeli tumani, 300-sonli litsey maktabida "Wavro‘z" kuniga bag‘ishlangan “Balli qizlar” bayramini tashkil qilish va o‘tkazish dasturi tuzildi. Bu dastur asosida ssenariy yozildi. Shu borada birinchi navbatda ishchi guruhi tuzildi. Ular 5 kishidan iborat ishchi guruhni tashkiliy ishlari quyidagilardan iborat: bayram o‘tish joyini bezatish (plakatlar, devoriy gazetalar, she’rlar, turli bayroqchalar, pufaklar va h.k.lar).
Bulardan tashqari sport bayramida kerak narsalami hamda samarali o‘tkazish uchun zarur buyumlarni ham ishchi guruh a’zolari ta’minlaydilar. Ishchi guruh ishlarini nazorat qilish maktab direktori, harbiy rahbar va jismoniy tarbiya o‘qituvchisi boshqarib bordilar.
“Ball i qizlar" bayramini jismoniy tarbiya o‘qituvchisi olib boradi. Musobaqa jarayonida vazifalarni qizlar tomonidan bajrilishini va g‘oliblami aniqlash uchun hakamlar hay’ati ishlaydi.
Musiqa jo‘rIaydi. Mehmonlar to‘la. Marsh musiqa ostida birin- ketin 10’ , 11 b, 10’, 10', 11', 1 I -sinf jamoasi chiqadilar va belgilangan joyda saflanadilar.
Maktab direktori ularni tabriklaydi va bugungi bellashuvda, o‘qishda, shansiy hayotida omad hamda baxt tilaydi. Tantanali kecha- sport bayramini ochilishiga ruxsat beradi.

Download 312.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling