Maktabdagi tarbiyaviy ishlar tizimida sinf rahbarining faoliyati Reja


Download 152.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana17.02.2023
Hajmi152.01 Kb.
#1209082
1   2
Diplomat 
Sinfimdagi eng yomon bolani ham boshqa sinfdagi 10 nafar eng yaxshi 
o‘quvchiga alishmayman.
Agar sinf rahbari bu iborani o‘ziga shior qilib olsa, boringki, kabinetining ko‘z 
tushadigan joyiga ilib qo‘ysa, uni o‘qigan bolaning ustoziga nisbatan mehri 
uyg‘onadi. Faqat buni sinf rahbari amalda ham isbotlashi kerak.
Diplomat bo‘lishimiz kerak. Ikki o‘quvchi kelishmay qolsa, o‘quvchi 
o‘qituvchi bilan ziddiyatga borsa, o‘quvchilar orasida muammo tug‘ilsa, ota-onalar 
o‘qituvchidan, hattoki sinf rahbaridan shikoyat qilib kelsa, uning diplomatligi 
asqotadi. Sinf rahbari juda katta mas’uliyat, iroda, aql-zakovat egasi bo‘lsa, vaziyat 
o‘z-o‘zidan yengillashadi.
Ba’zan sinf ota-onalar yig‘ilishida qatnashaman. Afsuski, ayrim sinf rahbar-
larining deyarli o‘z fikriga ega emasligi yoki o‘z fikridan mutlaqo qaytib, ota-onalar 
fikri bilan ish yuritishidan ranjiysan, kishi. Vaholanki, yig‘ilishda 8, nari borsa, 10 
nafar ota-ona ishtirok etadi. Sinf rahbari nuqtayi nazarini qo‘ya turing, uning o‘rni 
qani? 30 nafar o‘quvchisi bo‘lgan sinfda 10 nafar ota-ona yig‘ilishga kelsa, bu 
sharmandali holat emasmi? Mana, sizga sinf rahbarining diplomat emas¬ligi, 
murosa qilolmasligi. Agar u yig‘ilishga kelmagan ota-onalarning uyiga
ishxo¬nasiga borib, yuzma-yuz gaplashsa, ular ishlaydigan muassasa yoki tashkilot 
rahbari huzuriga kirib, qo‘l ostidagi ishchi-xodimlari haqida bildirsa-chi? Bu bilan 


u ota-onalarni farzandi tarbiyasi uchun mas’uliyatga chorlagan bo‘ladi. Agar shunda 
ham ota-onalar yig‘ilishda to‘liq bo‘lmasa, men kafil.
Menedjer 
6-sinfda dars kuzatib o‘ti-ribman. Sinf rahbari o‘z fani-dan sinfiga dars 
o‘tmoqda. O‘qituvchi tasodifan bir o‘quvchining rasm chizib o‘tirganini ko‘rib 
qoldi. Jahl bilan bordi-yu so‘ramay-netmay yirtib tashladi. O‘quvchi o‘zining emas, 
o‘qituvchining qilgan ishidan pushaymon bo‘lgandek bir holatga tushdi. Darsda 
boshqa ish bilan shug‘ullanib o‘tirgani uchun bola uyalishi kerak edi, aslida. Ammo 
keyinchalik vaziyatga aniqlik kiritgach, o‘quvchiga nisbatan mehrim oshdi. Sinf 
rahbarining “o‘ta chaqqonligidan”, tajribasizligidan uyaldim. Gap shundaki, 
o‘quvchi O‘zbekiston gerbini chizayotgan ekan...
Agar dars matematika yoki fizika bo‘lganda, gerbdagi Humo qushining 
taxminiy tezligini aytish, yashash joyimiz yoki viloyatimizdan poytaxtgacha 
masofani aniqlab, uning uchish vaqtini o‘quvchilar hukmiga qo‘yish mumkin edi. 
O‘qituvchi bir o‘q bilan bir emas, bir nechta quyonni urardi: avvaliga o‘quvchining 
“san’at asari”ni tengdoshlariga ko‘rsatib, uni maqtab qo‘yadi. Boshqa o‘quvchilar 
Vatan haqida she’r, maqol aytadi. Qolganlar berilgan masalani yechadi. O‘qituvchi 
tadbirkorligi qaltis vaziyatni yumshatadi. Agar tarix darsi bo‘lsa, Humo qushi 
haqidagi afsonani, biologiya yoki geografiya bo‘lsa, o‘simlik olami, Vatanimizning 
paxta va bug‘doy yetishtirish, eksport qilish salohiyati haqida suhbatlashish mumkin 
edi. Chet tili darsi bo‘lsa, o‘sha tilda O‘zbekistonga ta’rif berish, kimyo darsida esa 
paxtadan qanday mahsulot olish, uni qayta ishlash, bug‘doydan un olish – qisqacha 
aytib berish kifoya. Bu o‘qituvchidan juda chuqur bilimni talab qilmaydi, ammo 
uning tadbirkor qiyofasiga kirib, muammoli vaziyatdan ustalik bilan chiqib ketishi 
jamoada o‘zaro ishonch va hurmat uyg‘otadi.
Qissadan hissa o‘qituvchi xato qilishdan emas, uni tuzata olmaslikdan qo‘rqishi 
kerak.
Ustoz 


O‘qituvchi xato qilsa, noto‘g‘ri tarbiya bersa, butun boshli jamiyat izdan 
chiqadi.
Tajribali ustoz doskaga 1 raqamini yozib:
— Bu — inson. Keling, uning sifatlarini sanab chiqamiz, — deb har xil insoniy 
sifatlarni aytib, 1 ning yoniga 0 raqamini yoza boshladi: halollik, mehribonlik, 
mehnatsevarlik, saxiylik, bag‘rikenglik, xushxulqlik va boshqalar.
Doskada 1000000 soni hosil bo‘ldi.
— Endi esa har bir sifatni o‘chirsak, son kichiklashib boradi, — dedi-yu birin-
ketin 0 larni o‘chira boshladi. — Ammo, — dedi u so‘zida davom etib, — 
insoniylikni unutgan bo‘lsa-chi? Unda biz 1 ni o‘chiramiz. Natijada faqat 0 lar 
qoladi. Nol, ya’ni bo‘shliq, hech narsa deganidir.
Demak, biz kim, qanday kasb egasi bo‘lishimizdan qat’iy nazar, Оlloh yaratgan 
oliy mavjudot ekanligimizni unutmasligimiz kerak. Agar har bir sinf rahbari 
o‘quvchilarim meni nafaqat ustoz, balki chin inson sifatida yaxshi ko‘rishini 
istayman, deb qalbda muhabbat bilan maktab ostonasiga qadam qo‘ysa, eng sevimli 
kishiga aylanadi. 
 
 

Download 152.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling