Maktabgacha pedagogika faning tadqiqot metodlari
Ta’lim metodlarini tanlash
Download 214 Kb.
|
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FANING TADQIQOT METODLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish vositalari va ularning tasnifi.
Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogi-psixologik fanida o’qituvchilarning amaliy tajribasini o’rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o’quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog’liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:
zamonaviy didaktikaning yetakchi g’oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari; o’rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o’ziga xosligi; xususiy fanlar metodikasining o’ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo’yiluvchi talablarning o’zaro aloqadorligi; muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni; u yoki bu mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt; o’quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi; o’quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi; o’quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko’rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi; o’qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari; o’quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o’rnatilganligi. O’qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og’zaki, ko’rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshharish metodlarini nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi. Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish vositalari va ularning tasnifi. Ming marta eshitgandan ko'ra bir marta ko'rgan yahshi» degan naqlni hamma biladi. Og`zaki ravishda materiallarni o'zlashtirish ko'rsatkichi 10%, bo'lgan sharoitda dars o'tish samarasiz bo'ladi. Mashg`ulotlarda o’quv materialni ko'rgazmali shaklda taqdim etish lozim. Ta'lim vositalari - o’quv materialini ko'rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o’qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. Ta'limning tehnik vositalari (TTV) - o’quv materialini ko'rgazmali namoyish etishga, uni tizimli etkazib berishga yordam beradi; tinglovchilarga o’quv materialini tushunishlariga va yahshi eslab qolishlariga imkon beradi. Yordamchi ta'lim vositalari (YOTV) - grafiklar, chizmalar, namunalar va h.k. boshq. O’quv - uslubiy materiallar (O'UM) - o’quv materiallar, o'zlashtirilgan o’quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular tinglovchilarning mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradilar. Download 214 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling