Maktabgacha pedagogika faning tadqiqot metodlari


Ta’lim metodlarini tanlash


Download 214 Kb.
bet4/10
Sana17.06.2023
Hajmi214 Kb.
#1521863
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
MAKTABGACHA PEDAGOGIKA FANING TADQIQOT METODLARI

Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogi-psixologik fanida o’qituvchilarning amaliy tajribasini o’rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o’quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog’liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:

  • zamonaviy didaktikaning yetakchi g’oyalari, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning umumiy maqsadlari;

  • o’rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining o’ziga xosligi;

  • xususiy fanlar metodikasining o’ziga xosligi va umumdidaktik metodlarni saralashga qo’yiluvchi talablarning o’zaro aloqadorligi;

  • muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni;

  • u yoki bu mavzuni o’rganishga ajratilgan vaqt;

  • o’quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, darajasi;

  • o’quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi;

  • o’quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlanganlik darajasi, jihozlar, ko’rsatmali qurollar, texnik vositalarning mavjudligi;

  • o’qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan kasbiy tayyorgarlik darjasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari;

  • o’quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o’rnatilganligi.

O’qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-ketlikda og’zaki, ko’rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv yoki mustaqil ishlarni boshharish metodlarini nazorat va o’z-o’zini nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi.
Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish vositalari va ularning tasnifi.
Ming marta eshitgandan ko'ra bir marta ko'rgan yahshi» degan naqlni hamma biladi. Og`zaki ravishda materiallarni o'zlashtirish ko'rsatkichi 10%, bo'lgan sharoitda dars o'tish samarasiz bo'ladi. Mashg`ulotlarda o’quv materialni ko'rgazmali shaklda taqdim etish lozim. Ta'lim vositalari - o’quv materialini ko'rgazmali taqdim etish va shu bilan birga o’qitish samaradorligini oshiruvchi yordamchi materiallar hisoblanadi. Ta'limning tehnik vositalari (TTV) - o’quv materialini ko'rgazmali namoyish etishga, uni tizimli etkazib berishga yordam beradi; tinglovchilarga o’quv materialini tushunishlariga va yahshi eslab qolishlariga imkon beradi.
Yordamchi ta'lim vositalari (YOTV) - grafiklar, chizmalar, namunalar va h.k. boshq.
O’quv - uslubiy materiallar (O'UM) - o’quv materiallar, o'zlashtirilgan o’quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular tinglovchilarning mustaqil ishlarini faollashtirishga yordam beradilar.

Download 214 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling