Maktabgacha pedagogika


Bu davrda ota-onalar (tarbiyachilar) qanday choralar ko‘rishi kerak?


Download 33.93 Kb.
bet10/17
Sana13.11.2023
Hajmi33.93 Kb.
#1770906
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi

Bu davrda ota-onalar (tarbiyachilar) qanday choralar ko‘rishi kerak?

  • Bolaning qaysarlik-u injiqliklariga ko‘p ahamiyat bermang. Uni tushinishda, mehr ko‘rsatishda davom eting, biroq o‘zgarishlaridan xavotirga tushmang.

  • Krizis davrida uning yonida bo‘ling, toki bola uni tushunayotganlarini, yolg‘iz emasligini anglasin.

  • Bu davrda unda nimanidir o‘zgartirishga urinmang. Urishish befoyda, urish esa uni battar asabiy qilib qo‘yadi.

  • Bola bilan munosabatlarda qat’iyatli bo‘ling. “Yo‘q” dedingizmi, shu fikrda sobit turing. Shu bilan bola “mumkin”, “mumkin emas” kabi kalit so‘zlarini asta-sekin o‘zlashtira boshlaydi. Shuni yodda tutingki, kattalar tomonidan qo‘yiladigan talablarning aniq va qat’iy bo‘lmasligi uch yosh krizisini qiyinlashtiradi.

  • Bola xulq-atvoriga baho berayotganda uning e’tiborini nafaqat yaxshi yoki yomon ish qilganiga, balki bu boshqalarga qanday ta’sir ko‘rsatishiga ham qarating.

  • Farzandingiz jamoat joylarida o‘zini yomon tutsa, o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymang. Bunda eng foydali yo‘l – uni qo‘lidan ushlab, olib ketish.

  • Jazava va qaysarlik tomoshabin talab qiladi, shunday ekan begonalarni yordamga chaqirmang: “Qarang, qizim qanday odobsiz bo‘lgan.” Bolaga aynan shu kerak, bu vaziyatni battar murakkablashtiradi.

  • Ayyorona yo‘l tutishga, bola e’tiborini boshqa narsaga qaratishga harakat qiling. Shundagina u tinchlanadi.

Krizis davri qancha davom etadi?
Agar kichkintoyda yuqorida sanab o‘tilgan belgilar namoyon bo‘la boshlagan bo‘lsa, bu holat eng kamida 2-6 hafta davom etadi. Psixologik rivojlanish qonunlari shunaqa. 4-6 hafta – har qanday ichki va tashqi o‘zgarishlarga moslashish uchun ketadigan odatiy muddat. Bu vaqt davomida bola o‘zining eski odat va qarashlarini o‘zgartirib, yangisini shakllantirishga ulguradi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, uch yosh krizisi har qanday inson hayotidagi muhim davr hisoblanadi. Kichkintoyingizning ehtiyojlarini hisobga olgan holda uni seving, u bilan birgalikda o‘yinlar o‘ynang, suhbatlashing. Bola shaxsiyatini hurmat qiling va uni ham boshqalarni hurmat qilishga o‘rgating. Shu orqali siz bolaning uch yosh krizisini tez va yengil kechishiga yordamlashgan bo‘lasiz.

Download 33.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling