Maktabgacha pedagogika


Terslik – aniq bir kishiga emas, balki tarbiya normalari, munosabatlar tizimi, oiladagi hayot tarziga umumiy qaratilgan teskari kayfiyat. O‘zboshimchalik


Download 33.93 Kb.
bet9/17
Sana13.11.2023
Hajmi33.93 Kb.
#1770906
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazi

Terslik – aniq bir kishiga emas, balki tarbiya normalari, munosabatlar tizimi, oiladagi hayot tarziga umumiy qaratilgan teskari kayfiyat.
O‘zboshimchalik – bolaning imkoniyatlari darajasida bo‘lmagan ishlarni mustaqil bajarishga intilishi (u – “Mening o‘zim” so‘zini ko‘p ishlata boshlaydi), shaxsiy tashabbus ko‘rsatishi bilan kechib, bu kattalar bilan ziddiyatga borishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, kichkintoyning atrof-muhitga bo‘lgan munosabati ham o‘zgaradi: endi uni yangi narsalarni, yangi faoliyat hamda yurish-turish malakasini o‘rganish istagigina harakatlantirmaydi. Bola bilish, o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Bu uning faolligi, qiziquvchanligida namoyon bo‘ladi.
Isyonkorlik – ota-onalar bilan tez-tez bo‘ladigan ziddiyatlarda kuzatiladi. Bunda atrofdagilarning farzandi mustaqilligiga jiddiy nigoh bilan qarashi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Agarda bola u bilan hisoblashmayotganlarini, uning fikri va istaklarini hurmat qilmayotganlarini sezsa, isyon ko‘tara boshlaydi. U oldingi munosabatlar, eski qoidalarga qarshi norozilik bildiradi.
Qadrsizlanish – ilgari bola uchun oddiy, qiziqarli hamda qadrli bo‘lib ko‘ringan hamma narsa o‘z qadr-qimmatini yo‘qotadi. Qadrsizlanish belgilari bolaning ota-onasiga so‘kinishida, mazax qilishida, sevimli o‘yinchoqlarini sindirishida namoyon bo‘ladi.
Despotizm (zulmkorlik) – bola yaqin kishilariga nisbatan o‘z fikrini singdirishga harakat qiladi, ota-onasini talab qilganlarini bajarishga majbur qiladi.
Farzandingizda yoki tarbiyalanuvchingizda ko‘pincha ko‘z yoshi bilan o‘tadigan jahldorlik, qaysarlik holatlari kuzatilyapti. U o‘zini yo‘qotib, baqiryaptimi? Bu holatda siz qanday yo‘l tutishni bilmayapsizmi? Bu vaziyatda sizdan, eng avvalo, sabrli va dono bo‘lish talab qilinadi. Kichkintoyning qiliqlariga javob qaytarishga shoshilmang. Agar bola sizdagi xotirjamlikni ko‘rsa, bu unga ham ta’sir qiladi va tinchlanadi. Agar jahlingiz chiqsa, bola rejasi amalga oshganini ko‘rib, bunday odatlarini davom ettirishi mumkin.
Agar kichkintoy tez-tez qaysarlik qilsa, unga kuch bilan ta’sir ko‘rsatishga urinmang. Ayyorroq bo‘ling, axir siz kattasiz-ku! Tabassum qiling, gapni hazilga buring va uddaburonlik bilan uning e’tiborini boshqa narsaga torting.
Bolangizni idish sindirgani, kiyimini iflos qilgani va shunga o‘xshash holatlar uchun urishasiz. Shundan so‘ng bola “Meni yaxshi ko‘rishmaydi”, deya o‘ylay boshlaydi. Gap shundaki, bu yoshda bola sizning unga bo‘lgan umumiy munosabatingiz va biror bir odatiga bo‘lgan qarashlaringizni bir-biridan ajratolmaydi. Unda sizning mehr-muhabbatingizga shubha uyg‘onadi. Shunday ekan, farzandingizga e’tiborliroq bo‘ling, uni tez-tez maqtang, kamchiliklari bo‘lsa yumshoqlik bilan tushuntiring.


Download 33.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling