“мактабгача pedagogika ”
Download 50.94 Kb.
|
kurs ishi Sayyora 94 142 92 95
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba urganish va umumlashtirish metodi.
- Foydalanilgan Adabiyotlar
Pedagogik eksperiment ta’lim jarayoniga pedogogik yangiliklarni kiritishdir. Pedagogik eksperiment yerdamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi. Tabiiy zksperiment va labordtoriya eksperimenti pedagogik eksperimentniig asosiy turlari bulib, ular kо‘pgina ishlarni о‘ch ichiga oladi.
Tabiiy eksperiment sharoitida yangi ish rejalari, dasturlari, darsliklar adabiyotlar va odatdagi ish rejalarini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik- eksperiment - bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning о‘tish sharoitlarini muntazam uzgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etiladi. Laboratoriya ishi ham ilmiy - tadqiqotning ancha qatiy shakli hisoblanadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperimentni rejalashtirish eksperpment utkazish va natijalarni sharhlash. Eksperimentni tashkil etish va о‘tkazish tartibi belgilangan rejaga katiy amal qilgan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida malumotlar yig‘iladi va qayta ishlanadi. Tajriba urganish va umumlashtirish metodi. Pedagogik tajriba tushunchasi kо‘p qirralidir. Pedagogik tajribaning keng manosi talim va tarbiya amaliyotidir. Pedagogik tajribaning asosiy maqsadi - maktabgacha muassasalarda olib boriladigan talim - tarbiya ishlari qay darajada amalga oshirilayotganini о‘rganishdir. Pedagogikadagi mavjud muammolarni hal etish uchun ta’lim-tarbiya jarayonini о‘rganish, amaliy xodimlarning ijodiy nashrlarini nazariy asosda idrok kilish va qayta ishlab chiqish ya’ni ilg‘or tajribani umumlashtirish, yoyish katta ahamiyatga egadir.. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanida bir - biri bilan uzviy boglangan quyidagi tushunchalar mavjud tarbiya ta’lim, ma’lumot. Tarbiya- kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib, о‘sib, avloddan - avlodga vorislik ishlarini bajarib kelgan bо‘lsada, ammo xar bir jamiyatda tarbiyaning mazmuni maqsadi, vazifalari, о‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur hodisa bо‘lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar tizimini, malaka va kо‘nikmalarini maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib berish hamda yosh avlodni har tomonlama shakllangan yetuk inson qilib tarbiyalashni maqsad qilib qо‘yadi. Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash mummmolari dastlab halq ogzaki ijodi, pedagogikasi, yozma yodgorliklarda, pandnomalarda mutafakkir hamda ma’rifatparvarlar asarlarining bosh mavzusini tashkil etgan. Abdulla Avloniy tarbiya xaqida gapirar ekan, hakli ravishda shunday degan edi: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo momot, yo najot, yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir». Demak, tarbiya va odob Vatanga cheksiz muhabbat, iymon e’tiqod, mehr - muruvvat, rostgо‘ylik, adolatgо‘ylik, samimiylik, mehnatsevarlik va bilimdonlik kabi g‘oyalar vositasida shalkllanib boradi. Ta’lim – u bolalarga bilimni tartibli bayon qilish jarayoni bо‘lib, muayyan kunikma va malakalarni singdirish, ularning ongi va xulqiga ta’sir etish, aqlini, ongini, idrokini, dunyoqarishini e’tiqodini va bilish faolligini rivojlantirishdir. Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi. Ta’lim ikki tomonlama jarayon bо‘lib va о‘qitishni о‘z ichiga oladi. О‘qitish - pedagogik faoliyat bо‘lib, bilim malaka, kо‘nikmalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir. О‘qish - uquvchining bilim, malaka kо‘nikmalarini egallashdagi amaliy faoliyatidir. U о‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Ma’lumot - asosiy pedagogik tushuncha bulib, u ijtimoiy hayot voqealarni obyektiv aks ettiradi, Bu jarayon kishining tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri tо‘g‘risidagi umumlashtirgan ijtimoiy zarur bilim, malaka, kо‘nikmalar tizimining egallab olinishi natijasidir. Ma’lumot kishining bilishga bulgan talabini ta’minlab, undagi qobiliyatlarni ma’lum darajaga kо‘taradi va amaliy faoliyatga tayyorlaydi. Xulosa Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, tarbiyachi mashg‘ulot jarayonida yangi pedagogik texnologiya materiallaridan va tarbiyaning samarali metod va usullaridan foydalanilsa hamda bolaning ruhiyati, yosh va o‘ziga xos ruhiy, fiziologik xususiyatlari inobatga olinsa, tarbiyaning samaradorligi ortadi. О‘sib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yо‘lida har tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, e’tiqodini о‘stirish, xulq - atvorini tarkib toptirish maktabgacha pedagogika fanining dolzarb muammolaridan sanaladi. Xozirgi davrda har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad yaa vazifalari manaviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni о‘zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining maqsadi tarbiyachi' murabbiylarning о‘z oldiga aniq maqsad qо‘yishi, yosh avlodni har tomonlama rivojlangan yetuk shaxs qilib tarbiyalash uchun о‘z ustida ishlashi, intilishi, izlanishi, ayollarni zamon talablari asosida tarbiyalash uchun tarbiyaning yangi usul va vositalaridan keng foydalana olish kabi tarbiyachilik mahoratini shakllantirishga qaratiladi. О‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash borasidagi mavjud muammolarni hal etish, ta’lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida ta’minlash, uni dunyo talablari darajagiga olib chiqish ga erishish, yosh avlodga ta’lim - tarbiya berishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayanish orqali ta’lim - tarbiyaning mohiyati, mazmunini shakllantirish va takomillashtirish, maktabgacha ta’lim pedagogikasi faninipg qoida va qonunlarini xalqimizning boy tajribalari asosida boyitib borish va uning yangi qirralarini izlash bugungi kunning dolzarb muammolaridir. Shuningdek, mustaqillik sharoitida uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlantirish muammolarini hal ztish maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani oldiga qator vazifalarni qо‘ymoqda: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash vazifalari esa shaxsni tarbiyalash maqsadlari asosida ularning yoshiga va xususiyatlariga karab belgilanadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola shaxsini har tompnlama kamol toptirish jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik tarbiya majmuasidan iboratdir — Bu sohada Sharq va G‘arb xalqlari yaratgan ogzaki ijodiyot, buyuk mutafakkir, pedagog va olimlarning ta’lim -tarbiyaga doir ilgor fikrlarini о‘rganib, tahlil qilib, barkamol insonni tarbiyalash jarayenini о‘rganish biz uchun juda qimmatlidir. — Ta’lim - tarbiya tо‘trisidagi qonun - qoida tamoyil, metod va usullarni bolalar bogchalari amaliy hayoti bilan bog‘lab, bо‘lajak tarbiyachi - о‘qituvchilarga urgatish hamda xalq ta’limini boshqarish va rahbarlik masalalarini chuqur urganib, bо‘lajak tarbiyachilarni qanday tayyorlash muammolarini xal qilish; Foydalanilgan Adabiyotlar 1.О‘zbekiston Respublikasi Konstitutiyasi. T.,О‘zbekiston. 1992. 2.О‘zbekiston Respublikasining Qonuni «Ta’lim tо‘g‘risida», 3.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T. “Ma’naviyat” 2008 y. 4.Karimov I. A. Barkamol avlod О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. T., Sharq nashriyot – matbaa konserni, 1998. 5.Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.T,, 1995. 6.Karimov I.A. О‘zbekiston XXI asr bо‘sag‘asida. T., 1997- 7.Karimov I. A. О‘zbekiston kelajagi buyuk davlat. T., 1998. Download 50.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling