Kichik soha: Mayda motorika tasavvurdagi predmetlarni qo‘llari bilan (gul, qush, kapalak, qasr) ko‘rsatadi; arqonlardan turli tugunlarni tugadi; o‘yin faoliyati mobaynida mayda o‘yinchoqlar bilan o‘ynaydi; belgilangan chiziqlar bo‘ylab qog‘ozni batartib yirta oladi; mayda qismli mozaika va pazllarni yig‘adi.
Kichik soha: Sensomotorika pastdan, boshi uzra koptokni irg‘itadi; koptokni yer bo‘ylab ilonizi qilib irg‘itadi; chanada, rolikda, ikki oyoqli velosipedda uchadi; koptok bilan nishonni urib tushiradi (bouling); gardishni qo‘lida, oyog‘ida, belida aylantiradi; halqalarni halqa ustuniga otib tushiradi.
Kichik soha: Sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik o‘zining tashqi ko‘rinishiga e’tibor beradi; jismoniy mashqlarni mustaqil bajaradi; tabiat burchagidagi o‘simliklar va jonzotlarni parvarishlaydi; salomatlikka zararli bo‘lgan xulq shakllarini anglaydi (chekish, ichkilikbozlik, olov bilan o‘ynash va hokazo); bog‘chada, ko‘chada, transportda yurish qoidalariga rioya qiladi; piyodalar va velosipedchilar uchun yo‘l qoidalarini biladi; yong‘in xavfsizligi — 101; milliy gvardiya — 102; tez yordam — 103; gaz xizmati — 104; qutqaruv xizmati 1050-telefon raqamlarini biladi; xavfli vaziyatlarda qanday yo‘l tutishni biladi va tushuntiradi; supermarketda, shaharda, qishloqda, dalada yo‘qolib qolsa, o‘zini qanday tutish kerakligini biladi.
IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh Kichik soha: “Men” konsepsiyasi mustaqillikka intiladi; o‘zining oilaviy, gender mansubligiga ijobiy his-tuyg‘ularni anglaydi va farqlay oladi; o‘zining millati, tili va o‘z madaniyatining muhim elementlarini biladi; o‘ziga yuklatigan majburiyatlar asosida faoliyatni tashkil qiladi; shaxsiy qarorlarini qabul qilishga qodir; boshqalarga namuna bo‘lishga harakat qiladi.
Kichik soha: Hissiyotlar va ularni boshqarish o‘z hissiyotlarini nazorat qiladi; turli ijtimoiy vaziyatlarga emotsional munosabat bildiradi; o‘z hissiy holatini izohlab berishi mumkin; boshqa insonlar yoki badiiy asarlar qahramonlari hissiyoti haqida gapiradi; o‘zini yomon his etayotganlarga hamdardlik bildiradi va yupatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |