Quyilgan maqsadga erishish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va natijaga erishishni tashkil etishda MT tashkiloti rahbari:
maqsadning ustuvorligini aniqlaydi;
ichki moliyaviy resurslarni oʻrganish, tahlil etish hamda moliyaviy imkoniyatni baholaydi;
tashqi moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyatini oʻrganadi;
ishchi guruh ishtirokida gʻoya asosidaga taʼlim va xizmatlar boʻyicha tajriba-sinov guruhlarini tashkil etadi;
tajriba sinov natijalarini tahlil etadi va ijobiy natijani ommalashtirish boʻyicha amaliy ishlar olib boradi.
Xodimlar innovatsion faoliyatini rejalashtirish va rahbarlik qilishda MT rahbari:
tashkilot pedagog kadrlariga erkin ishlash va fikrlash boʻyicha shart-sharoit yaratadi;
pedagog kadrlar sifatini aniqlaydi, ularni kichik guruhlarga ajratadi hamda malakali kadrlarga biriktiradi;
MT tashkiloti jamoasida innovatsion faoliyatni shakllantiradi;
yangi taʼlim-tarbiya va xizmatlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish yaʼni marketing ishlarini olib boradi;
innovatsion faoliyatda yangi gʻoyalar asosida rejalashtirish ishlarini olib boradi.
MT tashkiloti innovatsion guruh pedagog kadrlarini qoʻllab-quvvatlashda rahbar:
pul mukofoti kurinishida;
moddiy ragʻbatlantirish (bunga toʻlovlar, imtiyozlar, sovgʻalar va boshqalar kiradi);
pnnovatsion guruh yutuqlarini jamoa oldida eʼtirof etish;
alohida xodim yutuqlarini jamoa oldida eʼtirof etish;
rahbarning shaxsan eʼtirof etishi kabi vazifalarni bajaradi.
Tashqi va ichki muhitni nazorat etishda esa rahbar bajaradi:
nazorat qilish konsepsiyasini tanlab olish (tizim, jarayon va boshqalar);
nazorat oʻrnatishda uning maqsadlarini belgilash;
nazorat oʻrnatish meʼyorlarini belgilash (ahloq-odob, taʼlim-tarbiyaga oid, huquqiy);
nazorat etish uslublarini tanlash (diagnostik, ilk bosqichli va boshqalar);
tashqi va ichki nazorat etish koʻlamini belgilash.
Do'stlaringiz bilan baham: |