Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Download 1.25 Mb.
bet51/74
Sana24.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1116151
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74
Bog'liq
Bolalar psix. majmua 2021

Nazorat savol va topshiriqlari
1.Bog’cha yoshida mehnat faoliyatining xususiyatlarini tushuntirib bering?
2.Bolalarning kattalar mehnatiga hurmat qanday shakllar asosida tarkib toptiriladi?
3.Bolaning sensor rivojlanishida mehnat faoliyati qanday ahamiyatga ega?


Mustaqil ish topshiriqlari:
1.Bog‘cha yoshida mexnat faoliyatining xususiyatlari.
2.Bog‘cha yoshidagi bolalarning kattalar mexnatiga munosabati


16- MAVZU: BOG‘CHA YOSHIDA BILISH JARAYONLARI TARAQQIYOTI.BOLALARDA SEZGI VA IDROKNING RIVOJLANISHI
Dars o’quv maqsadi: Talabalarga bo’cha yosh davrida bilish jarayonlarining rivojlanishi va psixik jarayonlardan biri bo’lgan sezgi va idrokning taraqqiy etishining muhim jihatlari to’g’risida bilimlar berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: Bilish jarayonlari,sezgi, sensor tarbiya, idrok, tam bilish, ko’rish, eshitish, hid bilish, teri tuyish, assotsiatsiya, adaptatsiya, fazo,vaqt, harakat.
Asosiy savollar:
1. Sezgi azolari va sensor tarbiya.
2. Bog’cha yosh davrida sezgilar va ularning shakllanishi.
3.Bog’cha yoshidagi bolalar idrokining taraqqiyoti.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jalilova S.X., Aripova S.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi (o’quv qo’llanma). Toshkent: «Faylasuflar» nashriyoti, 2017. — 496 b
2. Nishonova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. Adabiyot nashriyoti. T., 2006y.
3. Otavaliyeva O’. Bolalar psixologiyasi. (O’quv qo’llanma).1-2qism. Samarqand, 2003yil.
4.G’oziyev E. Ontogenez psixologiyasi. Toshkent. Noshir. 2010.-360 b.
Asosiy o’quv matеriali qisqacha bayoni. Bolaning bog’chagacha yoshdagi davri sezgi a’zolari va idrokning rivojlanish davri hisoblanadi. Bolalar sezgi va idroklarining yordami bilan tevarak atrofdagi narsalarning shaklini katta-kichikligini va ranglarini bilib oladilar . Ularning sezgi a’zolari (ko’rish, eshitish , hid, ta’m) va idroklari dunyoni bilish qurollaridir. Shuning uchun bolalarning ruhiy rivojlanishiga asosan ana shu yuqoridagi sezgi a’zolari va idroklarining taraqqiyotlariga bog’liq bo’ladi.
Ana shuning uchun ham hozirgi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga beriladigan sensor tarbiyaning roli nihoyat darajada ortib bormoqda. Sensor tarbiya deganda nimani tushunamiz? Sensor tarbiya aqliy tarbiyaning bir bo’lagi bo’lib, bolaning sezgi a’zolari va idrokini maqsadga muvofiq rivojlantirish va mukammallashtirishdir.
Ma’lumki, insoniyat jamiyati juda ko’p asirlik ijtimoiy mehnat taraqqiyoti davomida odamga ta’sir qiladigan tashqi qo’zg’atuvchilarni ihchamlashtirib, idrok qilish mumkin bo’lgan sistemaga solgan. Masalan, sezgi a’zolari bilan idrok qiladigan nutq tovushlari sistemasi, musika tovushlari sistemasi, ranglar sitemasi, formalar (shakllar) sitemasi va shuning kabilar. Inson uchun, uning intellektual taraqqiyoti juda muhim bo’lgan ana shu ko’zg’atuvchilarni odam betartib (xatolik) ravishda va ma’lum tartibda, ma’lum izchillik bilan idrok qilishi mumkin.
Bolalar tarbiyachining raxbarligi ostida turli mashg’ulotlarda narsalarning xar xil xususiyatlarini – qattiq-yumshokligini, rangini, shaklini qayta-qayta idrok qilar ekanlar, ularning ongida narsalarning turli xususiyatlariga doir e’lonlar (andoza, obrazlar) yuzaga keladi. Keyinchalik bolalar narsalarning xususiyatlarini, belgilarini idrok qilganlarida o’z tasavvurlaridagi etolonlarga (andoza, obrazlarga) taqqoslab, solishtirib ko’radilar. Shuning uchun bog’chagacha yoshda bolalarga sensor tarbiyasi berish orqali ularda etolon (andoza) tasavvurlarni xosil qilish katta axamiyatga egadir.
Ayrim pedagog va psixologlar (Montessori, Frebel, Folkelt) kabi bolalar ma’lum sensor qobiliyatlari bilan tug’iladilar, shuning uchun ularning taraqqiyotlarida bu sezgi organlarini mashq qildirishning o’zi kifoyadir, deb qaraydilar. Sensor tarbiyaga bunday tarzda qarash butunlay xatodir. Chunki bolalar xam ijtimoiy tajribaga mutlaqo ega emaslar. Ijtimoiy tajribaga esa, birinchi navbatda sezgi a’zolari (ya’ni xissiy yo’l bilan) egallanadi. Ana shuning uchun sezgi a’zolarini yoshlik davridan boshlab o’tkirlashtirish, ya’ni sensor tarbiya nixoyatda zarurdir. Odamlargagina xos bo’lgan musiqa tovushlariga nisbatan sezgirligi, biron narsaning tekkanini seza bilish kabi nihoyatda muxim xususiyatlar bog’chada amalga oshiriladigan sensor tarbiya orqali rivojlantiriladi. Endi biz quyidagi sezgilarning va idrokning bolalarda rivojlanishi ustida qisqacha to’xtalib o’tamiz.

Bog’cha yoshiga kelib,bolaning barcha sezgi azolari tuzilish jixatdan deyarli to’la takomillashgan boladi. Biroq bunda bolaning sezgi a’zolari keyingi davrlarda,yani bog’cha yoshidan so’ng ortiq rivojlanmaydi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Bog’cha yoshida ko’piroq sezgi a’zolarining markaziy qisimlari takomilashadi.Chunki kichik, yasli yoshidagi bolalarga xos bo’lgan miya po’stida har qanday qo’zg’alishning keng irradiasiyalanish (yoyilish)xusisyati qisman bog’cha yoshidagi davirda xam saqlanib qolgan bo’ladi.Bu esa bolalarda farq ajratish sezgilarining takomillashuvida to’sqinlik qiladi. Shuning uchun endigina bog’cha yoshiga to’lgan bolalar narsalarning farqini tez ajrata olmasliklari tufayli, ularning har bir narsani be’vosita ushlab timirskilab ko’rishga bo’lgan intilishlari bog’cha yoshidagi davrida ham qisman saqlanib qoladi. Keyinchalik turmush tajribasining birmuncha ortishi bilan ko’rish va eshitish sezgilari, teri, muskul va harakat sezgilaridan (ya’ni narsalarni hamisha be’vosita timirskilab ko’rishdan ) ustunlik darajasiga ko’tariladi. Natijada bog’cha yoshidagi bolalar narsalarni o’z qo’llari bilan be’vosita ushlamasalar ham ko’rish va eshitish bilan qanoatlanadigan bo’ladilar.


Bolaning ruhiy jihatdan taraqqiy etishida ko’rish sezgisining ro’li juda kattadir. Bolaning ko’rish sezgisi bog’cha yoshigacha bo’lgan davrdan juda tez takomillashadi. Shuning uchun bog’cha yoshidagi bolaning ko’zi katta yoshdagi odamlar ko’ziga nisbatan uzoqni aniqroq ko’ra oladi. Bolaning ko’zi biron kasalikka uchramay, normal va sog’lom taraqqiy etsa, ko’rish o’tkirligi katta yoshdagi odamlarnikiga nisbatan ikki, uch barobar ortiq bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, bog’cha yoshidagi bolalar sezgisini o’stirishda tarbiyachining ro’li juda kattadir . Tarbiyachi turli qiziqarli mashg’ulotlar orqali bolalar sezgi a’zolarining sezgirlik darajasini o’stirishga yordam berishi kerak. Bunda bolalar sezgi a’zolarini rivojlantirishga mashqlarni aniq va mazmunli o’yinlar bilan bog’lab o’tkazishi yaxshi natija beradi.Masalan, bog’cha yoshidagi bolalarda uzoqdagi narsalarning farqini ajrata olish sezgirligini takomillashtirish uchun rangli va har xil kattalikdagi qutichalar yoki kubiklarni ma’lum uzoqlikka qo’yib farqini ajrata olish o’yinini o’tkazish mumkin. Bunda bolalarning ko’rish sezgirliklari darajasiga qarab kubiklar qo’yilgan masofalarini ayrim bolalarga nisbatan uzoqlashtirish va boshqa bolalarga nisbatan esa yaqinlashtirish mumkin.
Har bir tarbiyachi o’z qo’li ostidagi bolalar sezgi a’zolarining holatini , sezgirlik darajasini yaxshi bilishi kerak. Turli mashg’ulotlarni tashkil qilishda buning ahamiyati juda kattadir . Ba’zi bolalarda kamqonlik yoki boshqa bir sabab tufayli ko’rish sezgirligi zaif bo’ladi. Ayrim tarbiyachilar esa buni o’z vaqtida aniqlamaydilar. Natijada bola ayibsiz bo’lsa ham, tarbiyachidan tez-tez dakki eshitib turadi. Masalan , tarbiyachi rasm bilan o’tkaziladigan mashg’ulotda (rasmga qarab so’zlab berish ) farqiga bormay ko’rish sezgirligi zaif bolani orqaroqqa o’tkazib qo’yishi mumkin. Natijada bola rasmdagi ayrim detallarni mutloqo ko’rmaydi yoki g’ira- shira ko’rsa ham ajrata olmaydi. Tarbiyachi esa, boladan ko’rish sezgirligining zaifligini bilmay, uni diqqatsizlikda (anqovlikda) ayblab , koyiy boshlaydi. Mana shuning uchun tarbiyachiga bolalar sezgi a’zolarining normal, yani to’la sog’lomligini bilib olishi zarur bo’ladi. Aks holda tarbiyachi ayrim bolalarga nisbatan pedagogic jihatdan noto’g’ri munosabatda bo’lishi mumkin.
Bolalar bog’cha yoshida ranglarning farqini yaxshi ajrata oladigan bo’ladilar. Biroq ular faqat asosiy ranglarni yaxshi biladilar, murakkab ranglardan, masalan, sarg’ish, ko’kimtir, pushti, jigar rang, och qizil, och havorang, och zangori,binafsha rang,oqimtir,timqora kabilarni esa yahshi bilmaydilar.Bog’hca yoshidagi bolalar bu murakkab ranglarning nomini ham to’g’ri ayta olmaydi.Shuning uchun bolalar ranglarning bunday murakkab nomlarini tarbiyachilardan eshitish orqali o’zlashtiradilar. Ba’zi paytlarda esa o’zlari bilganlaricha ayta boshlaydilar.Masalan,timqora va unga yaqin ranglarni umumiy ravishda <>deb ataydilar.
Har bir tarbiyachi o’z ish tajribasidan biladiki,kichik guruh bolalariga nisbatan katta gurux bolalari ranglarning o’zini ham,nomlarini ham yahshi farqlay oladilar.Bu albatta,mashq qilish va turmush tajribasining ortishi natijasidir. SHubhasizki yosh bolalar yorqin (juda yaltiroq) ranglarni yoqtiradilar. Yorqin ranglar ularga qandaydir zavq bag’ishlaydi. H.K.Krupskayaning fikricha, bola ranglarni hali birbiridan yahshi farq qilaolmaydi. Unga ranglarning farqini bilishga yordam beradigan o’yinchhoqlar berish lozim Bolalarning qo’g’irchoq o’ynashlari uchun har xil rangdagi qiyqimlar berish,har hil rangli xalqachalar, qutichalar va shuning singari narsalarni berish juda yahshi samarali bo’lar ekan.
Bog’cha yoshidagi bolalarning ko’rish sezgilari o’tkirligi jixatidan kattalarning ko’zlaridan qolishmasa ham, lekin tez toliqadigan bo’ladi. Tarbiyachi ana shuni doimo nazarda tutishi kerak.Chunki ayrim bolalar mutlaqo bilmasliklari orqasidan rasimli kitobchalar va o’yinchoqlar bilan shug’ulanganlarida ularni ko’zlariga juda yaqin to’tadilar.Mana shunday paytlarda bolalarga rasimli kitob va o’yinchoqlarni ko’zlaridan birmuncha uzoqroq masofada tutishni o’rgatish lozim.Narsalar ko’zga qanchalik yaqin tutilsa, ko’z shunchalik tez toliqadi. Buning sababi shundaki, yaqin narsalarga qarashda ko’zning muskullari ko’z gavharini moslashtirish uchun ancha zo’r beradi.Odatda odamning ko’z gavhari ortiq zo’r bermay, uzoq narsalarga qarashga moslashgan bo’ladi.Ko’zning mana shu xususiyatlarini nazarda tutib, didaktik va talimiy mashg’ulotlardaan song bolalarni kengroq joyga olib chiqib, ochiq havoda o’ynatish kerak.Bunda bolalar uzoq masofa va manzaralarni tomosha qiladilar xamda shuning bilan birga mashg’ulotda toliqqan ko’zlariga dam beradilar.
Shunday qilib, bog’chada bolaning tasavvuri, xotirasi, tafakkuri va xayolining taraqqiyoti uchun turli-tuman yorqin o’brazlar beruvchi ko’rish sezgisining faoliyatini xar hil mashiqlar orqali sistemali ravishda oshirib borish kerak.
Bog’cha yoshidagi bolalarning ruxiy jihatidan taraqqiy etishlarida eshitish sezgisining ham ro’li kattadir. Bola eshitish orqali nutiqni egallaydi. Nutiq esa inson taraqiyotining eng muhim manbalaridan biridir. Eshitish sezgisi, yuqorida aytib o’tganimizdek, bolalarda yildan-yilga tez rivojlanadi. Agar bog’cha yoshidagi bolaning eshitish azosi (qulog’i) biron kasalikka uchramay, no’rmal rivojlanib borsa, tez orada kamolotga erishadi va natijada eshitish sezgirligi kuchayadi. Lekinshuni unitmaslik lozimki,bogcha yoshidagi bolalarning eshitish a’zolari(quloqlari) anatomic jihatdan katta odamlarnikiga nisbatan bir muncha nozik va zaif buladi. Bundan tashqari bogcha yoshidagi bolalarning ko’rish sezgilari kabi eshitish sezgilari ham individual xarakterga ega, ya’ni eshitish sezgirligi hamma bolalarda birdek rivojlangan emas. Ayrim bolalarning ko’rish sezgilari zaifroq bulgani singari boshqa bolalarning eshitish sezgilari faolroq bo’lishi mumkin. Tarbiyachi bogcha yoshidagi bolalar eshitish sezgirligini tekshirib ko’rishi kerak. Bunda hususan yaslidan emas, balki uydan bogchaga kelgan bolalarga ko’proq e’tibor berish lozim. Yahshi eshitmaydigan bolalar odatda anqov va hadiksiraydigan bo’ladilar. Bunday bolalar “kar” , “kar kuloq”, “anqov” degan laqab olishdan qo’rqib, o’zlarining ayblarini hech kimga , hatto tarbiyachiga ham bildirmaslikka tirishadilar. Eshitish sezgisi zaif bo’lgan bolalar nutqni o’zlashtirishdan orqada qoladilar. Bu esa ularning umuman ruhiy tarraqiyotga orqada qolishlariga olib kelishlariga olib kelishi mumkin.
Tarbiyachi eshitish sezgisi zaif bulgan bolalarni aniqlab olgandan so’ng ularga nisbatan individual munosabatda bo’lishi kerak. Bunday bolalarni hikoya o’qib berish yoki suhbatlashish kabi mashg’ulotlarda eng oldingi qatorga o’tkazish lozim. Bundan tashqari, eshitish sezgisi zaif bolalar ayrim narsalarni qayta-qayta so’raganlarida ularni jirkib tashlamay, osoyishtalik bilan aniq javob berish lozim. Ba’zi bir ota-onalar va tarbiyachilar bunday bolalarning qayta-qayta so’roqlariga osoyishtalik bilan javob berish o’rniga “ha, nima, kar quloqmisan, eshitib o’tir!” deb o’shqirib beradilar. Natijada bola o’z tengdoshlari o’rtasida mulzam bo’lib ikkinchi marta so’rashga yuragi bezillaydigan bo’lib qoladi.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling