Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
BOG`CHA YOSHIDAGI BOLALARDA EXTIYOJ VA QIZIQISHLARNING TARKIB TOPISHI
Download 1.25 Mb.
|
Bolalar psix. majmua 2021
BOG`CHA YOSHIDAGI BOLALARDA EXTIYOJ VA QIZIQISHLARNING TARKIB TOPISHI. Har bir odamning shaxsini harakterlashda uning extiyoji va qiziqishlari juda katta ro`l o`ynaydi. Odam tirik mavjudot sifatida juda ko`p narsalarga muhtoj bo`ladi, ya`ni uning har doim juda ko`p extiyojlari bo`ladi.
Ehtiyoj deganda biz odamning biror narsaga muxtojligini, ya`ni biror narsaga nisbatan kuchli talabini tushunamiz. Ana shu nuqtai nazardan olganda, odamning turli narsalarga nisbatan bo`lgan extiyojlari uni harakatga undovchi omil hisoblanadi. Biroq, har qanday muhtojlik ham odamni harakatga solaveradi. Masalan, ana shunday holni bolalarda o`yinga bo`lgan extiyojida juda yaqqol ko`rish mumkin. Odamda paydo bo`ladigan ehtiyojlarning hammasi miyaning faoliyati bilan bog`liq bo`ladi. Ehtiyojlar odamning miyasida aks etib, u yerda kuchli qo`zg`alish manbaini, ya`ni optimal qo`zg`alish manbaini yuzaga keltiradi. Ana shuning uchun odamda paydo bo`ladigan har qanday ehtiyoj qondirilishni ta`lab qiladi. Masalan, ovqatga, toza havoga bo`lgan ehtiyojlarni qondirmasdan odamning yashashi mutlaqo mumkin emas. Tarixiy taraqqiyot jarayonida odamda organik extiyojlardan tashqari ma`naviy ehtiyojlar, madaniy ehtiyojlar ham yuzaga kelgan. Masalan, har bir odamda boshqa odamlar bilan munosabatda bo`lish, badiiy adabiyot o`qish san`at asarlarini tomosha qilish va o`zi ham ijod qilish, musiqa eshitish kabi faqat odamlargagina hos bo`lgan ma`naviy, madaniy ehtiyojlar bor. Odam o`zining hayoti davomida ayrim narsalarni juda ko`p martalab takrorlay borishi natijasida turli odatlarni kasb etadi. Ana shunday odatlar mustahkamlanib, takrorlayverish natijasida bora-bora ehtiyojga aylanib qoladi. Masalan, har doim ozoda yurish ehtiyoji, har ishda saranjomlik tartiblik ehtiyoji kabilarni ko`rsatish mumkin. Odamda turli ehtiyojlardan tashqari, har sohaga oid qiziqishlar ham yuzaga kela boshlaydi. Lekin har bir odamning qiziqishlari o`ziga hos, ya`ni boshqa odamlarning qiziqishlaridan farq qilishi mumkin. Masalan, juda ko`p odamlar fudbo`l o`yiniga qiziqadilar, ayrim odamlarda esa bunday qiziqish bo`lmaydi. Ana shu nuqtayi nazardan olganda, qiziqish deb odamning biror narsaga nisbatan bo`lgan moyilligini tushunamiz. Qiziqish bilan diqqat o`rtasida uzviy aloqa bor. Chunki odam nimaga qiziqsa, shu narsaga ko`proq diqqatini qaratadi. Shuning uchun qiziqish har doim barqaror diqqatni yuzaga keltiruvchi kuch hisoblanadi. Odamning shaxsiy hususiyatlarini harakterlashda ko`rsatib o`tiladigan qiziqishlar mustahkam qiziqishlari bo`lib, bundan tashqari epizodik, ya`ni tez orada o`tib ketadigan qiziqishlari ham bo`ladi. Bog`cha yoshidagi bolalarning turmush tajribalari juda oz bo`lganligi tufayli har narsaga nisbatan juda qiziquvchan bo`ladilar. Ularni har bir yangi narsa, yangi xodisa o`ziga jalb qila beradi. Lekin ularning qiziqishlari hali mustahkam, ya`ni ularning shaxsiy hislatlariga aylanmagan bo`ladi. Bolalarning qiziqishlari katta odamlarning qiziqishlaridan shu jixatdan farq qiladiki, ularning qiziqishlari juda emotsional bo`ladi, ya`ni ularni zavqlantiradi. Ma`lumki, bolalar arzimagan narsadan ham zo`r hayajonga tushaveradilar. Bolalarda mustaxkam, barqaror qiziqish maktabda fan asoslarini o`zlashtirish jarayonida sekin astalik bilan bilina boshlaydi. Bolalarda ijodiy hayot uchun zarur bo`lgan mustaxkam qiziqishlarning tarkib topishi uchun maxsus ta`lim- tarbiyaviy ish olib borilishi lozim. Masalan, bolalarga rasm solishga, musiqaga konstruktorlikka, o`simliklarni parvarish qilishga qaratilgan qiziqishlar turli mashg`ulotlar paytida tarkib topa boshlaydi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling