Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari


Download 1.25 Mb.
bet7/74
Sana24.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1116151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74
Bog'liq
Bolalar psix. majmua 2021

Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari. An'anaviy ravishda tadqiqot metodlari asosiy va yordamchi metodlarga ajratiladi. Asosiy metodlar - kuzatish va eksperiment - bola taraqqiyoti haqida ishonchli ma'lumot bera oladi. Yordamchi metodlar - test, so'rov, faoliyat mahsullarini o'rganish - tasvirlovchi ma'lumot berib, bu ma'lumot asosida faqatgina taxminlarni ilgari surish mumkin bo'ladi.
Kuzatish - psixologik tadqiqotning asosiy empirik metodlaridan biri bo'lib, psixik hodisalarni maqsadga muvofiq va tizimli ravishda idrok etishga asoslangandir. Kuzatish - tadqiqot vazifalaridan kelib chiqib maxsus tashkil etilgan idrok jarayonidir. Kuzatish quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Bolalar psixologiyasida obyektiv kuzatish metodi har doim ma’lum maqsadga qaratilgan bo‘ladi. Bunda tarbiyachi va tekshiruvchi psixolog bolalarning xulq-atvorlari va xattiharakatlarini ularning turlituman faoliyatlarida, tabiiy sharoitda, mavzuli tarzda kuzatadi. Obyektiv kuzatish metodi quyidagi qoidalarga asoslanib tashkil qilinishi kerak:

  1. Kuzatishning aniq maqsadi va rejasi bo‘lishi kerak. Masalan: bolalar diqqatining barqarorligini yoki tafakkur bilan bog‘liq bo‘lgan analiz qila olish qobiliyatini kuzatish.

  2. Bola shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslanib, ya’ni analitik-sintetik nuqtayi nazardan kuzatish.

  3. Bolani jamoada va jamoa a’zosi sifatida o‘rganish.

  4. Kuzatish tabiiy sharoitda olib borilar ekan, bolalar o‘zlarining kuzatilayotganini mutlaqo bilmasliklari kerak.

  5. Kuzatishlardan yaxshi natijalar olish uchun, ularni turli sharoitlarda, shaxs xislatlarining turli xil namoyon bo‘lishini nazarda tutib, izchil tarzda, kun sayin o‘rganish kerak.

Kuzatish metodidan foydalanilganda bolalarning turli o‘yin faoliyatlari, didaktik mashg‘ulotlar, mehnat faoliyatlarida xilma-xil psixik jarayonlarning va individual xususiyatlarining namoyon bo‘lishini o‘rganish mumkin.
Kuzatish metodi uzluksiz yoki faoliyatni tanlab vaqti-vaqti bilan o‘tkazilishi mumkin. Bolalarni uzluksiz kuzatish meto­di bilan o‘rganilganda ularning barcha fe’l-atvorlari va xatti-harakatlari kundalik faoliyatlari davomida kompleks holda o‘rganiladi. Uzluksiz kuzatish bir necha kun yoki bir necha oy davom etgandan so‘ng to‘plangan ma’lumotlar tahlil qilinib, bolaga psixologik tavsifnoma tuziladi. Vaqtivaqti bilan tanlab kuzatilganda bolaning barcha psixikasi emas, balki faqat alohida, diqqati yoki xolirasi bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlari o‘rganiladi.
Kuzatish metodining asosiy kamchiligi shundaki, unda ko’zatilayotgan hodisalarga faol ta'sir ko'rsatish, ularni o'zgartirish, kuzatish amalga oshirilgan vaziyatni xuddi shunday ko'rinishda qaytadan yaratish imkonsisdir. Shunga qaramay bu metod haligacha asosiy psixologik metodlardan biri bo'lib kelmoqda.
Bolalar psixologiyasida kuzatish metodi bolalar taraqqiyotining sermazmun qirralarini o‘rganish va undan olingan dalillarni kundaliklarga yozib borib o‘rganishdan iboratdir. Bola taraqqiyoti haqidagi birinchi kundalik XIX asrning ikkinchi yarmida Ch. Darvin tomonidan nashr etilgan. Undan so‘ng N.N. Ladigina Kots, N.A. Menchinskaya, V.S. Muxina va boshqalar bolalar psixik taraqqiyoti yuzasidan izchil ravishda yozib borgan o‘z kundaliklarini nashr etganlar.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling