Maktabgacha ta'lim metodikasi kafеdrasi bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


-MAVZU: BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANINING METODLARI. (2SOAT)


Download 1.25 Mb.
bet5/74
Sana24.01.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1116151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Bolalar psix. majmua 2021

2-MAVZU: BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANINING METODLARI. (2SOAT)
Dars o’quv maqsadi:
Talabalarga bolalar psixologiyasi fanining metodlari, printsiplari, tadqiqot o’tkazish shakllari mazmunini tushuntirish va ularda shu mavzuga oid bilim ko’nikma va malakalarni hosil qilish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Prinsp, ko'ndalangiga kesim va uzunasiga kesim shakli, metod, kuzatish, eksperiment, so'rov,test, anketa.
Asosiy savollar:

  1. Bola psixikasini o’rganish prinsiplari.

  2. Psixologik tadqiqotni o'tkazish shakllari.

  3. Bolalar psixologiyasining asosiy va yordamchi metodlari haqida umumiy tushuncha.

Asosiy o’quv matеriali qisqacha bayoni. Bolalar psixologiyasi fanining taraqqiyoti ikki asosiy yo'nalishda kechadi: psixik taraqqiyot manbalari muammosining nazariy hal etilishi va bolalar psixikasini o'rganishning yanada samaraliroq metodlarini qidirish. Psixik taraqqiyot manbalari muammolarini nazariy hal etish deganda ushbu muammo bilan shug'ulangan asosiy psixologik maktablar va yo'nalishlar vakillarining qarashlari tushuniladi. Bola psixikasini o'rganishning yanada samarali metodlarini qidirish bolalar psixik taraqqiyotiga xos xususiyatlar haqida aniqroq axborot olishga xizmat qiladigan metodlarni ishlab chiqishni anglatadi.
Bola psixikasini o'rganishda tadqiqotchi bir qator pritnsiplar qoidalarga tayanishi, ularga rioya etishi lozim bo'ladi.Bu printsiplar quyidagilardan iborat:
Ob'ektivlik prinsipi tadqiqotchidan ma'lumotlar bilan ularning talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. Masalan, mashg'ulot davomida bola oynadan tashqariga qarayotgan edi deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma'lumot bo'lib hisolanadi. Lekin "bola e'tiborsiz" deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o'zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak. Chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab to’rgan esa-da, tarbiyachi so'zlariga katta e'tibor berayotgan bo'lishi mumkin.

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling