Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga huquqiy tarbiya berishni tashkil etishda Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya'dan foydalanishning ahamiyati
Download 18.29 Kb.
|
1 2
Bog'liq4 MAVZU.KONVENSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Bolalar huquqlari togrisidagi Konvensiya”
Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarga huquqiy tarbiya berishni tashkil etishda "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya'dan foydalanishning ahamiyati Bizning davlatimiz o'z farzandlarini mas'uliyatni his etadigan munosib fuqarolar bo'lib o'sishlari va ularni jamiyat taraqqiyotiga o'z ulushlarini qo'shishlariga katta umid bog'lagan. O'zini shaxs sifatida to'liq anglash, odob- axloq me'yorlariga rioya qilish, o'z haq-huquqlarini bilish va xatti-harakatlarini to'g'ri baholay olish, o'zini va kattalar, tengdoshlarini hurmat qilish, o'z qadr-qimmatini bilish, o'z madaniy an'analari va milliy qadriyatlariga nisbatan g'urur, hurmat, qiziqish tuyg'ularini tarbiyalash vazifalari aynan maktabgacha yoshdan boshlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga huquqiy tarbiya berish jarayonidaO'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidabelgilab berilgan qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining ustuvorligini, huquqiy demokratik davlat barpo etishda yoshlarni qonunga bo'ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash, ularning huquqiy bilimi, madaniyati va ongi shakllantirib boriladi. Ma'lumki, yer yuzidagi barcha rivojlangan davlatlar yoshlarni jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok etishini istaydi. Bolalar ulg'ayib borish jarayonida jamiyat hayotida faol ishtirok etish uchun barcha imkoniyatlarning hammasiga ega bo'lib borishlari, hamda hayotning muhim yechimlari mas’uliyatini his qilgan holda ularni o'z zimmalariga olishga tayyor bo'lishlari lozim. "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya"ni o'rganish - aynan mana shu masalani hal etishdagi eng muhim va to'g'ri qadam hisoblanadi. "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya” - bu butun jahon bolalariga xos bo'lgan bolalar huquqi haqidagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining bitimidir. Konvensiya - bolalar rivojlanishining turli davrlarida bolalar farovonligining mavjud mezonlarini aniqlaydi. Konvensiya quyidagi tamoyillarga asoslanadi: l.Yashay olish huquqi - bunda bola talablarini qondirish va hayotiy huquqlarini o'zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalanish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo'lish kabi adolatli hayotiy me'yorlardir. Rivojianish huquqi - bolalarning o'z qobiliyatlarini kengroq rivoflantirishga erishishlari uchun zarur. Ya'ni bilim olish, o'yin, hordiq chiqarish, madaniy faoiiyatlar, axborot olish va viidon erkinligi qonunlaridir. Download 18.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling