Maktabgacha ta’lim muassasalarida ijtimoiy-pedagogik faoliyat yo‘nalishlari


Download 26.18 Kb.
bet2/2
Sana26.06.2023
Hajmi26.18 Kb.
#1654980
1   2
Bog'liq
8 MAVZU MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT (1)

Tarbiya: Pedagogik hodisa bo‘lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar sistemasini, malaka va ko‘nikmalami maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib borish va uning natijasida har tomonlama shakllangan kishini tarbiyalashni maqsad qilib qo'yadi
Ta’lim: Ijtimoiy zarur bilimlar, muayyan ko'nikma va malakalarni o‘quvchilarga singdirish, ularning ongiga, xulqiga ta’sir etish, dunyoqarashi va bilish faolligini rivojlantirishdir. U insonni mehnatga, hayotga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi. Ta’lim ikki tomonlama jarayon — o'qitish va o‘qishni o‘z ichiga oladi.
M a’lumot: Ijtimoiy zarur bilimlar, muayyan ko'nikma va malakalarni o‘quvchilarga singdirish, ularning ongiga, xulqiga ta’sir etish, dunyoqarashi va bilish faolligini rivojlantirishdir. U insonni mehnatga, hayotga tayyorlashning asosiy vositasi hisoblanadi.

Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi.


O'qitish — pedagogik faoliyat boiib, u bilim, ko'nikma va malakalarni bolalarga singdirish, ularning bilim va amaliy faoliyatiga rahbarlikqilishdir.
O‘qish — o'quvchining bilim, malaka, ko'nikmalarni egallashdagi amaliy faoliyatidir.U o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini o‘rganadi. Bu esa maktabgacha ta’lim muassasalari ishini takomillashtirishga yordam beradi. Pedagogika fani tarbiyani pedagogik hodisa sifatida o‘rganib, bir qator tushunchalami o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta’lim, ma’lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.
Ta’lim va tarbiyaning mazmuni, vositalari, metodlari bolalarning rivojlanish jarayoni, ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borganda ulaming mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi. Keyingi yosh guruhlarida maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi va moslashishi ancha oshib boradi, shunga muvofiq tarzda ta’lim-tarbiyaviy ishlaming vazifalari, mazmuni, vositalari va metodlari o'zgaradi. Bolaning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’lim - tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi. Tarbiya vazifalari, mazmuni, metodlarini yoshga qarab tabaqalashtirish fanda qabul qilingan odam hayotini davrlarga bo'lishga tayanadi. Bir tomondan, vaqtni orqaga qaytarib bo‘lmasligi, odam umrining qancha davom etishi va ikkinchi tomondan, tarbiya va ta’lim sistemasi bilan izohlanadigan ruhiy rivojlanishning olg‘a harakat qilishi yoshga qarab tabaqalashtirishning asosi hisoblanadiYosh davrlari — odam rivojlanishining majburiy bosqichlaridir. 19 Har bir yosh davri yashalgan yosh, organizm biologik sistemalarining yetilish darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning hayotiy tajribasi, bilimlarining hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan belgilanadi. Yosh kattalashgan sari ruhiy faoliyat boyib boraveradi, shu bilan birga teskari jarayon ham ro‘y beradi, shu sababli har bir yosh uchun shaxsning sensor, aqliy, hissiy, irodaviy, sababiy tomonlari kabi xususiyatlar xosdir, ular orasidagi o‘zaro aloqa o‘zgaradi, bu esa rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-atvomi tartibga solishga ta’sir ko‘rsatadi. Yosh bilan birga faoliyatning yetakchi turi ham o‘zgaradi. Biroq shaxsning ruhiy rivojlanish darajasi faqat yashalgan yillar natijasi emas: har qanday yoshda, ayniqsa, bolalikda tarbiya va ta’lim sistemasi, shaxsning faoliyati va faolligi hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Yosh bilan bog‘liq rivojlanish muddatlarida o‘ziga xos siljishlar ham bo‘lishi mumkin. Ilk yoshdagi bolalaming yosh xususiyatlari va ularni tarbiyalash. Ilk yoshdagi bolalar yordamga muhtoj, ko‘ngli nozik bo‘ladi. Shu bilan birga bu o‘sish va rivojlanish sur’atlari juda yuqori bo‘lgan yoshdir. Shu sababli toMaqonli rivojlanishni ta’minlash uchun bolalaming sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlash, ularning hayotini to‘g‘ri tashkil etish uchun har bir bolaning hissiy ijobiy holatiga ko'maklashuvchi shart-sharoitlarni yaratish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish zarur. Ilk yoshda bolalar emaklash, tirmashish, biror narsaga osilib o‘zini ko‘tarish, yurish kabi xilma-xil harakatlami egallaydilar. Harakat ayrim turlarining o‘z vaqtida paydo bo‘lishi va ketma-ketligi bolalaming o‘ziga xos xususiyatlariga va tarbiya sistemasiga bog‘liq bo‘ladi. Zotan, bolalami yaxshi ovqatlantirish, parvarish qilish, ular bilan tez-tez muloqotda bo‘lib turish tufayU ular bu sharoitlar yo‘q bo‘lgan paytdagidan ancha erta mustaqil yura boshlaydilar. Ilk yoshda sensor rivojlanish, aqliy rivojlanish asoslari, his-tuyg‘ulami, idrok etishni, tasawurlami takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Nutqning shakllanishi 3 yoshgacha bo‘lgan bolalaming muhim yosh xususiyati hisoblanadi, 3 yoshga borganda bolalar ona tilining deyarli barcha jihatlarini egallagan bo‘ladilar va kattalar hamda tengdoshlari bilan nutqdan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Ilk yoshda ish yuritishning asosiy yo‘nalishlari, o‘yin faoliyati, tasviriy, konstruktorlik faoliyatining eng oddiy shakllari tarkib topadi. Bolalar o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishning eng sodda ko‘nikmalarini egallaydilar, bu bolaning o‘ziga xos mustaqilligini belgilab 20 beradi. Kichkintoylarda dastlabki uch yoshda tengdoshlari bilan o‘zaro munosabatlar rivojlanadi: ular birgalikdagi o‘yinlarda birbirlari bilan muomalada bo‘lishni va o‘zlarini o‘yin qoidalariga muvofiq tutishni o‘rganadilar. Yosh xususiyatlari faqat aqlgagina emas, shu bilan birga his, iroda, sababga ham taalluqli bo‘ladi: hayotning dastlabki yillarida bolalarning xulq-atvori asosan bevosita his-tuyg‘ular bilan tartibga solinadi, lekin shu yoshdayoq irodani tarbiyalashni boshlash, ularga umumiy qabul qilingan normalar va qoidalami tushunishni o‘rgatib borish kerak. Bolalami har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun ularning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini bilish, bu ishni ilk yoshdan boshlab amalga oshirish zarur. Ilk yoshdagi bolalami tarbiyalash sistemasi yosh avlod umumiy ta’lim-tarbiya tayyorgarligining tarkibiy qismi hisoblanadi. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari va ularni tarbiyalash. Maktabgacha o‘rta yoshda bola organizmining takomillashishi davom etadi: 3 yoshdan 5 yoshgacha bolaning o‘sish sur’ati awalgi yosh davriga nisbatan birmuncha susayadi, lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha yana kuchayadi. Umumiy o‘sish va tana og‘irligining oshishi bilan bir vaqtda bolaning barcha asosiy to‘qimalari va organlari anatomik o‘zgarishlari va funksional rivojlanishi ro‘y beradi. Asta-sekin skelet qotib boradi, muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati kuchayadi. Shu bilan birga asab hujayralari tez charchaydi va madori quriydi. 6—7 yoshga kelib bola yurish, yugurish, sakrash, arqonga osilib chiqish, uloqtirish va hatto chang‘ida yurish, konkida uchishdek murakkab harakat turlarini muvaffaqiyatli egallaydi. Jismoniy tarbiya maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ish olib borishda markaziy o‘rinni egallaydi. Bolaning imkoniyatlariga muvofiq oilada va bolalar bog‘chasida ta’sir ko‘rsatishning aniq vositalari va metodlarini qo‘llash sistemasi: hayot, ovqatlanish tartibi, gimnastika mashqlari va harakatli o‘yinlar, chiniqish usullari belgilanadi. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolada miya qobig‘ining funksional faolligi takomillashib boradi. Asab sistemasining yuksak darajada ta’sirchanligi idrok etishning yorqinligi, o‘tkirligini, bolalar ta’sirlanuvchanligini shart qilib qo‘yadi, shuning uchun maktabgacha o‘rta yoshdagi bolani tarbiyalash va unga ta’lim berishda taassurotlar va bilimlami (bu asosan atrofdagi hayot haqidagi eng oddiy bilimlar bo‘ladi) tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. 21 Maktabgacha o‘rta yoshda tarbiya maqsadga muvofiq tarzda olib borilganda ko‘rish, eshitish, hid bilish kabi idrok etish usullari, ko‘rgazmali-ta’sirchan va obrazli fikrlash, irodaviy, hissiy va sabab jarayonlari rivojlanadi. Bolalar bilish jarayonini egallab borar ekanlar, eng oddiy tahlil etish va umumlashtirish, tasniflashga qodir bo‘lib boradilar, o‘zlarini o‘rab turgan buyumlar va hodisalar to‘g‘risida mulohaza bildira boshlaydilar. Umuman maktabgacha yosh sinchkovlik, qiziquvchanlik bilan ajralib turadi. Biroq bolaning tabiiy qiziquvchanligi qondirilmasa, u passiv bo‘lib qoladi. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalar uchun faoliyatning xilmaxil turlarida namoyon bo‘ladigan taassurot yangiligi va o‘tkirligi xosdir. Kattalaming ta’sirida maktabgacha yoshdagi bolaning faoliyati ixtiyoriy ravishda bajariladigan va boshqariladigan bo‘lib qoladi, bu esa ta’lim beradigan mashg‘ulotlar va mehnat paytida e’tiborlilikni tarbiyalash uchun g‘oyat muhimdir. Bola shaxsining tarkib topishi uning fe’l-atvori shakllanishida ham o‘z ifodasini topadi. Ongning rivojlanishi faoliyat, xulq-atvor uchun turli sabablaming paydo bo‘lishida katta ahamiyatga egadir. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bola shaxsiy xulq-atvor sabablarini ijtimoiy xulq-atvor sabablariga bo‘ysundirib, tarbiyachilar, otaonalaming talablariga asoslangan holda o‘z xulq-atvorini va boshqa bolalar xulq-atvorini baholay oladi. 0 ‘yin vaziyatida, mashg'ulotlar chog‘idagi ta’lim paytida maktabgacha yoshdagi bolada fe’latvorning irodaviy sifatlari paydo bo‘ladi. Ma’naviy ongni shakllantirish burch, adolat, qadr-qimmat va boshqa ijtimoiy tuyg‘ulaming paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi. Bola o‘z oldiga qo‘yilayotgan talablarning ahamiyatini tushuna boshlaydi. Yaxshi va yomon xatti-harakat qilgandagi kechinmalar endilikda katta odamning munosabati bilangina emas, shu bilan birga o‘z mulohazasi, ularga o‘zining axloqiy munosabati bilan paydo bo‘ladi. Bolalarda xijolat bo‘lish, uyalish histuyg‘ulari va aksincha, ijtimoiy talablami bajarganligini anglab yetishdan quvonish va qoniqish hosil qilish tuyg‘ulari chuqurroq namoyon bo‘ladi. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolada qobiliyatlarni rivojlantirish uchun yosh bilan bog‘liq zamin mavjud. Bu bolani har tomonlama rivojlantirish uchun ta’lim mazmunini o‘zgartirish va murakkablashtirishga, ta’lim va tarbiyaning o‘yin, so‘z, ko‘rgazmali va amaliy usullari nisbatini o‘zgartirishga, maktabgacha yoshdagi bolalikda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlardan foydalanishga asos bo'ladi.
2. Adaptatsiya (lot. adaptatio – moslashuv)
1) organizmning turli yashash sharoitlariga moslashishi;
2) sezgi a’zolarining o‘ziga ta’sir etadigan qo‘zg‘atuvchilarga moslashishi natijasida ularda sezgirlik darajasining o‘zgarishi (mas: ko‘zning yorug‘lik yoki qorong‘ilikka moslashuvi). Qo‘zg‘atuvchining ta’sir kuchi o‘zgarishi bilan sezgirlik ham o‘zgaradi. Qo‘zgatuvchilar sust ta’sir etganda sezgirlik oshadi, kuchli ta’sir etganda esa kamayadi. Adaptatsiya hodisasi hamma tashqi sezgilar (ko‘rish, eshitish, hid, ta’m, badan sezgisi) ga xosdir.
Taktil, harorat, hid va ko‘rish sezgilarida adaptatsiya kuchli, eshitish va og‘riq sezgilarida ku-cheizdir. Ichki sezgilar (mas, tashnalik, ochlik) ga nisbatan adaptatsiya hosil bo‘lmaydi. Adaptatsiya organizmning normal hayot faoliyatini saqlab turishini, atrof muhitning turli omillari: temperatura va iqlimning o‘zgarishiga (qarang Iqlimga moslashish), balandlikka (qarang Balandlik kasalligi), ko‘pgina infeksion agentlarga (qarang Im-munitet) moslanishini ta’minlaydi. Adaptatsiya reaksiyasi moddalar almashinuvi intensivligining uzluksiz o‘zgarib turishiga asoslangan.
Odam organizmining moslashuv reaksiyasi (Adaptatsiya reaksiyasi)ni tez (spesifik) va sekin (nospesifik), tug‘ma (tur evolyutsiyasi jarayonida shakllan-gan) yoki orttirilgan (har bir organizm uchun o‘ziga xos) reaksiyalarga bo‘lish mumkin. Mas, og‘ritadigan omil ta’si-riga javoban oyoq-qo‘lni tortib olish, jismoniy ish qilganda nafas olishning kuchayishi, qon oqimi hamda yurak fao-liyatining tezlashishi va qonning qayta taqsimlanishi, qorong‘ida ko‘z yorug‘lik sezish layoqatining zo‘rayishi – bularning hammasi tug‘ma tez adaptatsiya reaksiyalaridir. Har bir kishining turli yashash sha-roitlariga moslashish imkoniyati uning irsiyati, yoshi, sog‘lig‘i va boshqalarga bog‘liq.
Barkamol inson tarbiyasi, bola tarbiyasida ota-ona mas`uliyatini oshirish, ularni pedagogik-psixologik bilimlar bilan qurollantirish bugunning eng dolzarb masalasidir. O`zbek milliy qadriyatlari, milliy madaniyati, bola tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi pedagogik bilimlarni takomillashtirish bo`yicha yaxlit tarbiya tizimi ham oila, ham maktabgacha ta`lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Bola tarbiyasida bu ikki yo`nalish biri ikkinchisining o`rnini bosa olmaydi, balki biri ikkinchisini to`ldiradi. Sog`lom muhitda sog`lom bola o`sib ulg`aydi. Sog`lom muhitni yaratish oilada oila a`zolarining maktabgacha ta`lim muassasalarida pedagogik xodimlarning nechog`lik bilimdonligiga, zukkoligiga bog`liqdir. Ko`p xollarda bir xil yoshdagi bolalarning taraqqiyotida notekislikni ko`rish mumkin. Masalan: bir yoshli bolalarning ba`zilari 10 taga yaqin so`zni ayta oladi. Mustaqil yura oladi. Ayni shu yoshdagi ayrim bolalarning esa mustaqil yura olmasligining, zo`rg`a 1-2 ta so`zni ayta olishining guvoxi bo`lamiz. Shuningdek, maktabga boruvchi bolalar jismonan baquvvat, sog`lom, fikri teran, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to`g`risida oddiy mushohada qiladigan. “Yazshi” bilan “Yomon”ni, “Gunoh” bilan “Savob”ni ajrata oladigan bo`ladi. Aynan shu yoshdagi ba`zi bolalarda esa bunga teskari bo`lgan xususiyatlarni uchratish mumkin. Bunday notekislikka asosiy sabab kattalarning e`tiborsizligi yoki bola tarbiyasi bo`yicha yetarli bilimga ega bo`lmasligidir.
Bolani jismonan, ma`nan, ruhan yetuk inson qilib tarbiyalashda oila va bog`chaning hamkorligi muhim ahamiyati kasb etadi. Shuning uchun xar bir oiladagi pedagogik madaniyatni takomillashtirish zarur. Bog`cha murabbiylari tarbiya borasida ota-onalarga ota-onalarga ham ta`sir o`tkaza olishlari, oila pedagogikasining nozik jihatlarini chuqur bilishlari kerak. Har bir guruh xonalarida ota-onalar sizlar uchun burchak tashkil qilinib, doimiy ravishda har bir oyda guruh bolalari taraqqiyotidagi o`zgarishlar aniq tahlil qilib ko`rsatilishi va shu asosda ota-onalar uchun tegishli maslahatlar, tavsiyalar berish maqsadga muvofiqdir. Ayrim bolalarning ota-onalari bilan alohida suhbatlar o`tkazib, tegishli yo`l-y`oriqlar beriladi. Masalan: nutqida, jismoniy o`sishida, xulqida kamchiligi bo`lgan bolalarni faqat tarbiyachining harakati bilan bartaraf qilish qiyin. Bolaning oiladagi faoliyati ham, bog`chadagi faoliyati ham yagona maqsadga bo`ysundirilgan bo`lishi kerak.
Bolalar bog`chasida o`tkaziladigan ota-onalar yig`ilishlarini eski tartibda faqat ma`ruzalar o`qish usulidan voz kechgan holda chaynvord yechish, jumboqli masalalar yechish, anketa savollarga javob olish, ishchanlik o`yinlari o`tkazish kabi noan`naviy uslublardan foydalanish ota0onalarning bevosita bola tarbiyachi bo`yicha pedagogik bilimlarga ega bo`lish istak xoxishini paydo qiladi.
Ota-onalar yig`ilishida quyidagi mazmunda anketa savollarga javob olish ham ota-onalarni bola tarbiyasi bilan shug`ullanishga undaydi.

1. Familiyangiz, ismingiz, otangizning nomi, tug`ilgan yilingiz, ma`lumotingiz va manzilingiz.


2. Nechta farzandingiz bor? Bu guruhdagi farzandingiz nechanchisi? Ismi va sharifi.
3. Oilangizda farzandlaringiz uchun qanday sharoitlar mavjud. (tagiga chizing), mahsus xona, burchak, o`yinchoqlar, rasm chizish uchun anjomlar, plastinkalar, rasmli kitobchalar, sport anjomlari, yassi oyoqlikka qarshi massaj qiluvchi anjomlar.
4. Bir kunda necha soat bola tarbiyasi bilan shug`ullanasiz?
5. Farzand tarbiyasida qiynalmayapsizmi? Xa yoki yoq. (tagiga chizing).
6. Sizningcha oila tarbiyasini nima qiyinlashtiryapti? (tagiga chizing) tarbiyaga oid bilimlarning yetishmasligi, davlat ishi bilan band bo`lishlik, bog`cha bilan oila o`rtasida hamkorlikning yo`qligi.
7. Oilangizda bola tarbiyasi bilan kim ko`proq shug`ullanadi, bobosi, buvisi, onasi, otasi, akasi, opasi va boshqalar. (tagiga chizing)
8. Siz ko`proq nima tufayli bolangizga tanbeh berasiz, jazolaysiz, kelisha olmaysiz?
9. Farzandingiz ko`proq nimaga qiziqadi?
10. Farzandingizning kelajakda kim bo`lishini xoxlaysiz?
11. Farzandingizning qiziqishshini, mustaqil harakat qilishini, fikr yuritishni rag`batlantirasizmi?
tagiga chizing) ha yoki yo’q.
12. Bolangiz nima sababdan u yoki bu nourin xatolarga yo’l qo’yishi hollariga e`tibor berasizmi?
Ha yoki yo`q. Sababini surishtirmay jazolaysizmi?/tagiga chizing/.
13. Oilangizda o`zaro munosabatni qanday baholaysiz? Juda ham yaxshi, unchalik xam yaxshi, unchalik yaxshi emas, yomon, juda ham yomon./tagiga chizing/.
14. Farzandingiz to`g`risida boshqalardan ma`lumot olishga qiziqasizmi? Ha yoki yo`q. Kimlardan olasiz?Qo`shnilardan,qarindosh-urug`lardan, tarbiyachidan, /tagiga chizing/.
15. Tarbiyaga oid adabiyotlarni, ro’znoma va oynomalarni muntazam o’qib borasizmi?/tagiga chizing/.
Tarbiya haqidagi qanday ro`znoma va oynomalarga obuna bo`lgansiz?
16.Tarbiyaga oid oynai jahon ko`rsatuvlarini tomosha qilasizmi? Ha yoki yo`q./tagiga chizing/.
17. Farzandingizga ertak, maqol,she`r,hikoyat,rivoyatlar aytib berasizmi? Ha yoki yo`q./tagiga
chizing./
18.Bir oyda necha marta farzandingizning bog’chadagi faoliyatini kuzatgansiz?
19. Bola tarbiyasi bo’yicha qilayotgan ishlaringizni qanday baholaysiz?
amunali,qoniqarsiz./tagiga chizing./
20. Farzandingizga milliy qadriyatlarni singdiryapsizmi?Ha yoki Yo`q.”yaxshi” bilan
yomon”ni, “gunoh” bilan “savob” ni ajrata oladimi? /tagiga chizing./
Har bir guruh xonasining ota-onalar burchagida quyidagi maslahatlarning ko’rsatilishi ham ular uchun katta yordan bo’ladi.
- Farzandingiz oldidagi har tomonlama namuna bo’ling.
- Bola bilan g’amxorlik, ruhlantiruvchi, tinchlantiruvchi ohangda gaplashing.
- Bola siz bilan gaplashayotganida uni diqqat bilan eshiting.
- Bola bilan muloqatda bo’lganda tevarak-atrofdagi narsalarning nomini ko’proq ishlating.
- Sekin gaplashing.
- Sizlarning izohlaringiz juda ham sodda,tushinarli bo’lmog’i lozim.
- Sabr –toqatli bo’ling.
- Dastaval boladan “nima?” keyinchalik “nima uchun?” savollariga javob olishga harakat qiling.
- Bolaning savol berishga intilishini rag’batlantiring.
- Bolaga aniq va qattiq talablar qo’ying.
- Farzandingizni qiziquvchanligini va tasavvurini rag’batlantiruvini rag’batlantiring.
- Oilada farzand uchun alohida xona yoki burchak tashkil qiling.
- Sog’lomlashtirish jihozlari, urli xil o’yinchoqlar, bola yoshiga mos qo`shiq, she`r,ertak yozilgan plastinkalar,kitobchalar,rasm chizish anjomlarining yetarli bo’lishini ta`minlang.
- Har doim farzandingizga nima “yomon” , nima “yaxshi”, nima “gunoh”,nima “savob” ekanligini singdirib boring./sharqona odatlar./
- Tarbiyada qiz bolaga alohida,o’g’il bolaga alohida yondoshing.
- O’g’lingiz haqiqiy “alpomish” avlodlarini eslatuvchi, tog’ni talqon qilguvchi polvon, dovyurak, jismonan baquvvat bo’lib yetishsin.
- Qizingizda o’ziga xos ibo, hayo, iffat, andisha kabi ma`naviy fazilatlar ufurib tursin.
Shu tariqa maktabgacha ta`lim muassasalari xodimlari va ota-onalar hamkorlikda uzluksiz ta`limning bosh bug’ini hisoblangan maktabgacha ta`lim tizimining vazifalarini amalga oshiradi.
Bugungi kunda bolalar bog’chasiga bortilmagan bolalarni maktabga tayyorlash kechiktirib bo’lmaydigan masaladir.Buning uchun maktabgacha ta`lim muassasalari qoshida “onalar o`quvi”ni tashkil qilish maqsadga muofiqdir.Buning uchun alohida xona jihozlanadi.
- “Ta`lim to’g’risida”gi qonunning 11,30-moddalari maktabgacha yoshdagi bolalarga qo’yiladigan davlat talablari ota-onalar o’quvi rejasi, ota-onalar ro’yhati, o’quv muddati ko’rsatilgan jadval, bolalarni rivojlantiruvchi o’yinlar, maslahatlar yozib ko’rsatiladi.
- Uslubiy adabiyotlar, o’yinchoqlar, didaktik materiallar bilan to’ldiriladi.
- Mashg’ulotlar, ma`ruzalar bolalar bog’chasi hodimlari tomonidan o’tiladi, muddati ota-onalar bilan kelishilgan holda belgilanadi.


Nazorat uchun savollar:
1. Shaxsning rivojlanishi qanday jarayon?
2. Shaxsning rivojlanishi uchun zarur omillar.
3. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning o‘mi.
4. Ilk yoshdagi bolalami tarbiyalashda nimalarga e’tibor qaratish lozim?
5. Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalarning yosh xususiyatlari.
Download 26.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling