O’.Hoshimov
Tarbiyachilik – inson jamiyati tarixi boshlangandan e’tiboran davom etib, shu bilan birga hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyiq e’zozlab kelingan kasbdir.
Tarbiyachi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni. Abu Ali ibn Sinoning fikricha “…Tarbiyachi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmog`i lozim. Tarbiyachi bolaning butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog`i lozim” Ulug` shoirimiz Alisher Navoiy ham bola mehnatini xolisona baholab: “Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallimga) qulluq qilsa arziydi”, “Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila” kabi satrlar bitgan. Tarbiyachi kasbining tarixiy taraqqiyoti va uning jamiyatda tutgan o‘rni.
Tarbiyachining o‘rni va uning vazifalari o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi bilan aniqlanadi.
Tarbiyachi – guruhdagi o‘quv jarayonining tashkilotchisi-dir. Tarbiyachi bolalar uchun mashg’ulot payti, qo‘shimcha mashg’ulotlar va shu bilan birga mashg’ulotdan tashqari paytlarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir.
Tarbiyachi odobli, adolatli hamda “bola qalbining injeneri”dir.
Pedagog olim Komil Zaripov o‘qituvchining kasbiy mahorati mazmun va mohiyatini “Ilg‘or o‘qituvchi”, “Ijodkor o‘qituvchi”, “Novator o‘qituvchi” timsolida asoslaydi va shunday ta’riflaydi: Pedagog olim Komil Zaripov o‘qituvchining kasbiy mahorati mazmun va mohiyatini “Ilg‘or o‘qituvchi”, “Ijodkor o‘qituvchi”, “Novator o‘qituvchi” timsolida asoslaydi va shunday ta’riflaydi:
“Ilg‘or o‘qituvchi” avvalo boshqa o‘qituvchilarga qaraganda o‘z ishiga mas’uliyat bilan qaraydi. Shu sohadagi ijobiy tajribalarni o‘rganib, o‘z darslarida, ta’lim muassasasidan va guruhdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda qo‘llaydi. Shu orqali u ta’lim va tarbiya sohasida muayyan yutuqlarni qo‘lga kiritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |