Мактабгача таълим муассасаси ва ота-оналар ўртасида тузиладиган
II. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
Download 280.29 Kb. Pdf ko'rish
|
SHARTNOMA лотин 2021 ота-оналар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Tashkilotning majburiyatlari
II. TARAFLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3. Tashkilot quyidagi xuquqlarga ega: a) tashkilot xodimlarining qonuniy huquq va manfaatlarini, qadr-qimmati va qiziqishlarini himoya qilish; b) tashkilot ustavida belgilangan tartibda ota-onaning istagidan hamda, tarbiyalanuvchining yosh hususiyatidan kelib chiqib bolani guruhga taqsimlash; v) tibbiy ko„rik va tarbiyalanuvchining kasallanishi natijasida uning tashkilotda bo„lishini taqiqlovchi hollar aniqlanganda shifokor tomonidan berilgan tegishli tibbiy xulosa berilgan vaqtlarda uni tashkilotga qabul qilishni rad etish; g) tarbiyalanuvchining tashkilotda bo„lgan davri uchun to„lanadigan badal to„lovi har oyning 15-sanasidan keyin ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to„lanmagan taqdirda, ota-ona bilan tuzilgan shartnoma tashkilot tomonidan bir taraflama bekor qilish mumkin; d) shartnoma bekor qilingan hollarda tashkilotga bola qatnovini tiklash (kelmagan kunlari uchun to„lov qoplangan taqdirda) yoki yangi qabul qilingan bolalar uchun belgilangan tartibda amalga oshirish; e) tarbiyalanuvchini oila muhitida tarbiyalash bo„yicha tegishli takliflar berish; j) tashkilotda zarur moddiy-texnik baza hamda malakali pedagog xodimlar mavjud bo„lgan taqdirda, asosiy ta‟lim-tarbiya jarayoniga xalaqit bermagan holda ota-onalar hohishiga ko„ra pullik ta‟lim-tarbiya xizmatlarini ko„rsatish; z) tashkilotdagi tibbiyot xamshirasi tomonidan tarbiyalanuvchini kunlik filtratsiyadan o„tkazish jarayonida bolada tashkilotda bo„lishni ta‟qiqlaydigan kasallik aniqlanganda uni muassaga qabul qilishini rad etish. 4. Tashkilotning majburiyatlari: a) tuman (shahar) maktabgacha ta‟lim bo„limi huzuridagi Davlat maktabgacha ta‟lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilish bo„yicha qabul komissiyasi tarafidan beriladigan yo„llanma asosida tarbiyalanuvchini qabul qilish; b) bolaning tashkilotda bo„lgan davrida tarbiyalanuvchining hayotini muhofaza qilish, jismoniy hamda psixik sog„lig„ini ta‟minlash, rivojlanishidagi nuqson (oddiy) va kamchiliklarni bartaraf etish, ijodiy qobiliyatlari va qiziqishlarini rivojlantirish, rivojlanish hususiyatlarini inobatga olgan holda, uning shaxsiga alohida yondashishni ta‟minlash, bola xuquqlari to„g„risidagi qonunchilik hujjatlariga, rioya qilish; v) pedagog kadrlar tomonidan odob-axloq qoidalariga qat‟iy rioya qilishni ta‟minlash, tarbiyalanuvchi va ota-onaning qadr-qimmatini hurmat qilish, ularga ko„maklashish, tarbiyalanuvchini turli tazyiqlardan himoya qilish; g) tashkilotda maktabgacha ta‟limga qo„yiladigan davlat talablarining to„laqonli bajarilishini ta‟minlash, O„zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‟lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va tavsiya etilgan dasturlar asosida maktab ta‟limiga sifatli tayyorlash; d) ilg„or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo„yicha zarur bo„lgan shart-sharoitlar yaratish; e) tarbiyalanuvchiga tibbiy xizmat ko„rsatishni tashkil etish, davolovchi- profilaktik tadbirlar (reja asosida profilaktik emlash, sog„liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda tor mutaxassislar tomonidan tibbiy ko„rik) o„tkazish; j) tarbiyalanuvchida o„qishga intilish hissini uyg„otish, ularni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida ma‟naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash; z) ota-onalar tomonidan tarbiyalanuvchi tashkilotga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi xujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborilganda) taqdim etilgan hollarda badal to„lovlarni hisoblamaslik; i) belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari asosida sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‟minlash; k) tarbiyalanuvchiga tegishli bo„lgan narsa va buyumlarni to„laligicha saqlash; l) ota-onalar yoki ularning qonuniy vakillaridan tarbiyalanuvchini qabul qilib olish va ularga topshirish; m) ota-onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, ta‟lim-tarbiya dasturlari, muassisning manzili va telefoni hamda ta‟limni boshqaruv idorasi bilan tanishtirish; n) tashkilot tomonidan tarbiyalanuvchi ehtiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib ota-onadan majburiy tarzda pul yig„ish va moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish ta‟qiqlanadi; o) pandemiya davrida karantin sharoitida har bir guruhga 15 tadan ortiq bolalarning qabul qilinishiga yo„l qo„ymaslik nuqtai nazaridan eng zarur xolatlarda (harbiylarning bolalari, tungi smena va 15 kunlik vaxta sharoitida ishlovchi ota- onalarning bolalari) qabul qilinadigan bolalarning ro„yxatini shakllantirish; p) ro„yxatga kiritilgan bolalarning ota-onalari bilan individual profilaktik suhbatlar olib borish; r) ro„yxatdagi bolalarning hududiy oilaviy poliklinikalardan tibbiy ko„rikdan o„tishlarini tashkil etish; s) ota-onalar uchun bolalarni MTTga keltirish va olib ketishni tashkil etish uchun kelib-ketish grafigini ishlab chiqish; t) farzandini MTTga olib kelgan ota-onalarning MTT xududiga kiritmaslik, u) MTT darvozasi oldida oyoq ostida 50 x30 o„lchamda o„zida namlikni saqlab turuvchi matodan dezinfeksiya barerini tashkil etish va muntazam ravishda uni dezinfeksiya vositasi bilan namlab turish; f) MTTning kirish qismidan tortib, o„yingoxlarigacha bo„lgan xududlarida sanitariya me‟yorlariga amal qilgan xolda ishni va ta‟lim-tarbiya jarayonini tashkil etish; x) ijtimoiy masofani saqlagan xolda ishni tashkil etish; y) tarkibida xlor moddasi bo„lmagan ammo spirti bo„lgan antiseptik vositalardan foydalanish; e) guruhlarda yuvish va namlab artish imkoni bo„lgan o„yinchoqlar va didaktik vositalardangina foydalanish; yu) yozgi sog„lomlashtirish davrida umumiy suv xavzasidan foydalanmaslik; Download 280.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling