Мактабгача таълим муассасаси ва ота-оналар ўртасида тузиладиган


 Ota-ona quyidagi xuquqlarga ega


Download 280.29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana27.01.2023
Hajmi280.29 Kb.
#1132476
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SHARTNOMA лотин 2021 ота-оналар

5. Ota-ona quyidagi xuquqlarga ega: 
a) tarbiyalanuvchining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish;
b) tashkilotning ustavi bilan tanishish; 
v) tashkilotning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko„riklar, ko„ngilochar 
soatlar, yakuniy va ochiq mashg„ulotlarva h.k.) mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan 
tashqari; 
g) tashkilotda tarbiyalanuvchilar bilan olib boriladigan ta‟lim-tarbiya ishlarini yaxshilash bo„yicha takliflar kiritish; 
d) tashkilotda bolasi uchun ta‟lim berish tilini tanlash; 
e) tashkilotda tarbiyalanuvchita‟lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga 
nisbatan hurmat bilan munosabatda bo„lish, shartnomada belgilangan shartlar bo„yicha bolaga sifatli ta‟lim-tarbiya berishni talab 
qilish; 
j) tashkilotning kun tartibi davomida ___soat dan ___soatgacha bo„lgan davrda yoki o„ziga qulay bo„lgan vaqtda sababi 
ko„rsatilgan holda yozma bildirish asosida tarbiyalanuvchinini tashkilotdan olib ketish; 
z) tashkilot rahbariyatini 7 kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish. 
 6. Ota-onaning majburiyatlari: 
 
a) mazkur shartnoma talablariga qat‟iy rioya qilish; 
b) pedagoglar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan tashkilot rahbariyati 
bilan muammoni hal qilish; 
v) tarbiyalanuvchini tashkilotga joylashtirganda, tegishli hujjatlar va ota-onalar haqidagi to„liq ma‟lumotlarni (telefon 
raqamlari, yashash va ish joyi haqida ma‟lumotnomalar) taqdim etish; 
g) tarbiyalanuvchi betob bo„lganda , zudlik bilan tashkilot ma‟muriyati yoki tibbiy xamshiraga xabar berish va 
tarbiyalanuvchi sog„ayganidan so„ng tibbiy malumotnomani taqdim etish; 


d) tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta‟minoti uchun ota-onalar to„lovini o„z vaqtida tijorat banklari orqali naqd pul yoki 
naqd pulsiz (bank plastik kartochkalari orqali va pul o„tkazish yo„li bilan) shaklda to„lash hamda to„lovning amalga 
oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini tashkilotga taqdim etish; 
e) agar tarbiyalanuvchi joriy oyning 15-sanasidan keyin tashkilotga kelgan taqdirda ta‟minot uchun to„lovni u kelgan 
kundan boshlab 3 kun ichida to„lash; 
j) tarbiyalanuvchi tashkilotga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun tashkilot rahbariyatiga ariza (bildirishnoma, 
tasdiqlovchi hujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborish) taqdim etish; 
z) tashkilot ishchi xodimlari va tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalariga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo„lish; 
i) tarbiyalanuvchining to„laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko„nikmalari shakllantirilishini qat‟iy kuzatib 
borish hamda tarbiyalanuvchini tashkilotga toza-ozoda kiyingan holda olib kelish; 
k) tarbiyalanuvchining tug„ilgan kuni va boshqa tadbirlarni nishonlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va pishiriqlarni 
tashkilotga olib kirmaslik; 
l) tashkilotga tarbiyalanuvchini har qanday qimmatbaho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari 
bilan olib kelmaslik, ushbu holatlar kuzatilganda tashkilot ma‟muriyati ularning yo„qolishi oqibati yuzasidan javobgar bo„lmaydi; 
m) yashash joyi yoki telefon raqamlari o„zgargan taqdirda, tashkilot rahbariyati va guruh tarbiyachisiga bu haqda xabar 
berish; 
n) bolani tashkilotdan olib ketishni begona shaxslarga topshirmaslik; 
o) pandemiya davrida bolalarga antiseptik vositalari, qog„oz salfetkalari va haftaning har bir kuni uchun har xil rangdagi 
sochiqlar olib berish;
p) ertalabdan bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda tashkilotga olib bormasdan shifokor ko„rigidan o„tkazish. 

Download 280.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling