14. Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim
darajada bajarmagan holatlarda, ular O„zbekiston
Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo„ladilar.
V. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH
15. Taraflar shartnomani o„zgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda va amaldagi
qonunchilik asosida amalga oshirishi mumkin.
16. Mazkur shartnomani o„zgartirish va bekor
qilishga qaror qilgan taraf, bu haqda qonunda belgilangan tartibda va
muddatlarda ikkinchi tarafga yozma bildirishnoma yuborishi shart.
17. SHartnoma bajarilishini bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o„zgartirishga faqat qonun
hujjatlariga asosan yo„l qo„yiladi.
VI. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
18. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo„lgan
ikki nusxada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtdan
boshlab kuchga kirgan hisoblanadi.
19. Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qo„shimcha va o„zgartirishlar
yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan
taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
20. Ushbu shartnoma bo„yicha
nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar, qoidaga ko„ra,
ularni sudgacha hal etish
choralarini ko„radilar.
21. Taraflar o„rtasida o„zaro hal qilinmagan nizolar qonunchilikda o„rnatilgan tartibda sud tartibida hal qilinadi.
22. Mazkur shartnomada ko„zda tutilmagan holatlar amaldagi qonunchilik tartibida hal etiladi.
VII. FORS-MAJOR HOLATLARI
23. Taraflar shartnomani fors-major holatlari, ya‟ni engib bo„lmaydigan kuch, favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini
olib bo„lmaydigan vaziyatlar tufayli majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa,
javobgar
bo„lmaydilar.
24. Sodir bo„lgan fors-major holatlari to„g„risida taraflar bir-birlarini ushbu holatlar yuz bergan holda zudlik bilan yozma
yoki og„zaki tartibda xabardor qilishi shart.
25. Mazkur shartnoma bo„yicha majburiyatlarni bajarish muddati engib bo„lmaydigan kuch holatlarini davomiyligini
hisobga olib shartnomani amal qilish muddatini uzaytirishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: