a) Davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolalar ta`minotiga haq to`lash tartibi amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Ota-ona to`lovi ikki hafta davomida o`z vaqtida to`lanmaganligi uchun oyning 15 kunidan boshlabqonuniy vakil DMTTga o`tkazib yuborilgan har bir kunuchun kechiktirilgan to`lov summasining 0,4% miqdorida,ammo kechiktirilgan to`lov summasining 50% dan ortiq bo`lmagan miqdorda penya to`laydi.
Tarbiyalanuvchi uchun ikki oy mobaynida uzrlisabablarsiz ota-ona to`lovi to`lanmagan taqdirda,shartnoma bekor qilinib, tarbiyalanuvchi DMTTdan chetlashtiriladi.
b) O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha Ta`lim Vazirining 2020yil 17martdagi 43-sonli buyrug`iga asosan 11- band o`z kuchini yo`qotgan deb topilsin.
12. Qarzdorlik kelib chiqqan kundan boshlab 60 kalendar kuni mobaynida tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun mavjud bo`lgan qarzdorlik qoplanganda, tarbiyalanuvchi ushbu DMTTga tiklanadi.
Ko`rsatilgan muddat o`tib ketgan hollarda, DMTTga bolani qabul qilish umumiy asoslarga ko`ra amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchining DMTTga qatnashi vaqtincha yoki butunlay to`htatilishi to`g`risida qonuniy vakilning yozma arizasi bo`lmagan hollarda ota-ona to`lovi to`liq oy uchun hisoblanadi va umumiy asoslarda undiriladi.
O`tgan oy uchun ota-ona to`lovining qolgan qismi to`langandan so`ng tarbiyalanuvchini DMTTga qatnashiga yo`l qo`yiladi.
Qonuniy vakilning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning DMTTga qatnashi butunlay to`xtatilgan taqdirda, to`lov to`liq bo`lmagan oy uchun, ya`ni tarbiyalanuvchi amalda DMTTga qatnagan kunlar uchun to`lanadi.
V. TARAFLARNINGJAVOBGARLIGI
13. Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan hollarda, ular O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
VI. SHARTNOMANI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH
14. Taraflar shartnomani o‘zgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda va amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirishi mumkin.
15.Shartnoma bajarilishini bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o`zgartirishga faqat qonun hujjatlariga muvofiq yo`l qo`yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |