Мактабгача таълим муассасаси ва ота-оналар ўртасида тузиладиган


II. DMTTning HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI


Download 41.54 Kb.
bet2/7
Sana28.02.2023
Hajmi41.54 Kb.
#1237323
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
шартнома лотин

II. DMTTning HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3. DMTT quyidagi xuquqlarga ega:
DMTT xodimlarining huquq va qonuniy manfaatlarini, hamda qadr-qimmatini himoya qilish;
MTV tomonidan tasdiqlangan « Ilk qadam» Davlat dasturi asosida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq o`z o`quv dasturlarini ishlab chiqish;
tarbiyalanuvchini oila muhitida tarbiyalash bo`yicha tegishli takliflar berish, uning qonuniy vakillari bilan o`zaro hamkorlik qilish;
bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan kelishuv asosidagi to`lov evaziga maktabgacha ta`limning davlat ta`lim dasturidan tashqari qo`shimcha ta`lim hizmatlari ko`rsatish,dam olish kunlari yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish;
maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish bo`yicha innovasion faoliyatda ishtirok etish ;
DMTT Ustavida belgilangan tartibda qonuniy vakilning istagi va tarbiyalanuvchining yoshini inobatga olib, ularni guruhlarga taqsimlash;
Tarbiyalanuvchi kasal bo`lganida yoki tibbiy ko`rikda uning kasalligi aniqlanganida, DMTT tibbiyot hodimi tomonidan kunlik filtirasiyadan o`tkazilganida tarbiyalanuvchini sog`lig`i bo`yicha DMTTda bo`lishini taqiqlovchi hollar yuz berganida uni vaqtincha DMTT ga qabul qilishni rad etish;
qonuniy vakil tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan to`lovni shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur shartnomaning 9- bandida ko`rsatilgan muddat o`tgach ikki xafta mobaynida uzrli sabablarsiz to`lanmagan taqdirda, qonuniy vakil bilan tuzilgan shartnomaning amal qilinishini to`xtatish va tarbiyalanuvchini DMTTga kelishini cheklash;
qonuniy vakilning tegishli ruhsatisiz tarbiyalanuvchini boshqa shahslarga berib yuborishni rad qilish.
DMTT qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin.
4. DMTTning majburiyatlari:
Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga qabul qilish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning Ma`muriy reglamentiga muvofiq berilgan yo`llanmalar asosida tarbiyalanuvchini DMTTga qabul qilish;
bolaningDMTTda bo‘ishi vaqtida uning sog`lig`i va hayotini asrash hamda har tomonlama rivojlanishi tarbiyalanishi va ta`lim olish bilan bog`liq zarur va xavfsiz sharoitlarini yaratish;
bolalarda Vatanga muhabbat tuyg`usini, oilaga,o`z xalqining milliy,tarixiy, madaniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo`lishni,atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakillantirish;
tarbiyalanuvchining jismoniy,ruhiy va aqliy rivojlanishini ta`minlash,uning ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish;
har bir bolaga uning o`z qobilyatlariga qarab individual yondashishni ta`minlash,bola huquqlari to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
nizolarni hal qilishda avvalambor bolaning manfaatlariga asoslanish ;
bolaning qonuniy vakiliga hurmat bilan munosabatda bo`lish;
DMTT Kuzatuv kengashinig to`liq faoliyat olib borishni taminlash;
o`quv ta`lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va sog`lig`iga doir xususiyatlarini hisobga olib,maktabgacha ta`limning tegishli sifat,daraja va hajimga muvofiqligini ta`minlash ;
DMTT pedagog kadrlari tomonidan odob-axloq qoidalariga qat`iy rioya qilinishi hamda bolaning va uning qonuniy vakillarining huquqi va sha`ni, qadr- qimmatini hurmat qilinishni ta`minlash ;
bolaga ta`lim berish va uni tarbiyalash masalalari bo`yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar berish;
maktabgacha ta`lim sifati ta`minlashini nazorat qilishda vakolatli davlat o`rginlariga ko`maklashish;
tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy xizmat ko`rsatishni tashkil etish, davolovchi-profilaktik tadbirlarni o`tkazish;
(reja asosida profilaktik emlash,yillik tibbiy ko`rik o`tkazilishini tashkil qilish va boshqalar) ;
belgilangan sanitariya qoidalari,normalari va gigiena normativlariga muvofiq havfsiz,sifatli va sog`lom ovqatlanishni tashkil qilish va ta`minlash;
qonuniy vakildan yoki tegishli ruhsati bo`lgan shaxslardan tarbiyalanuvchini qabul qilish va unga topshirish;
tarbiyalanuvchiga tegishli narsa va buyumlarni to`laligicha saqlash;
qonuniy vakilga DMTT faoliyatiga doir ma`lumotnomani taqdim qilish (DMTT ustavi, kun tartibi ta`lim- tarbiyada dasturlari va uslublari);
DMTTda o`zgartirilgan tartib va boshqa holatlar haqida o`z vaqtida habardor qilish.;
DMTTning qonuniy hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo`lishi mumkun;.
DMTTda tarbiyalanuvchi ehtiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib qonuniy vakildan majburiy tarzda pul yeg`ish yoki moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish ta`qiqlanadi.

Download 41.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling