Мактабгача таълим муассасаси ва ота-оналар ўртасида тузиладиган


III. Qonuniy vakilning huquqlari va majburiyatlari


Download 41.54 Kb.
bet3/7
Sana28.02.2023
Hajmi41.54 Kb.
#1237323
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
шартнома лотин

III. Qonuniy vakilning huquqlari va majburiyatlari
5 Qonuniy vakil quyidagi xuquqlarga ega:
Tarbiyalanuvchining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish;
DMTTning ustavi bilan tanishish;
DMTTning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, yakuniy va ochiq mashg‘ulotlar va h.k.), mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari;
DMTT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;
DMTT Kuzatuv kengashi a`zolarini saylash va uning a`zosi bo`lib saylanish;
DMTTda tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish;
o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan holda yozma bildirgi asosida tarbiyalanuvchini DMTTdan olib ketish;
DMTT direktorini 7 kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish.
Qonuniy vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkun.
 6. Qonuniy vakilning majburiyatlari:
Мazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;
tarbiyalanuvchining DMTTda bo‘lgan davri uchun ota-ona to`lovini o`z vaqtida amalga oshirish; hodimlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan DMTT direktori va Kuzatuv kengashi bilan muammoni hal qilish;
DMTT ga joylashtirish uchun tarbiyalanuvchining sog`lig`i haqidagi tibbiy hulosa va qonuniy vakili haqidagi ma`lumotnomalarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi haqida ma’lumotnomalar) taqdim etish;
Tarbiyalanuvchi betob bo‘lganda, zudlik bilan DMTT ma’muriyati yoki tibbiy xamshiraga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘ayganidan so‘ng tibbiy ma`lumot nomani taqdim etish;
tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun ota-onalar to‘lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini DMTTga taqdim etish;
tarbiyalanuvchi DMTTga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun DMTT direktoriga ariza taqdim etish;
DMTTning barcha xodimlariga boshqa tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish;
Tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish hamda tarbiyalanuvchini DMTTga toza-ozoda kiyingan holda olib kelish;
Tarbiyalanuvchining tug‘ilgan kuni va boshqa tadbirlarni nishonlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va pishiriqlarni DMTTga olib kirmaslik;
DMTTga tarbiyalanuvchini har qanday qimmat baho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu holatlar kuzatilganda DMTT ma’muriyati ularning yo‘qolishi oqibati yuzasidan javobgar bo‘lmaydi;
Yashash joyi yoki telefon raqami o‘zgargan holda, DMTTning guruh tarbiyachisiga bu haqida xabar berish;
Bolani DMTTda nolib ketishni voyaga yetmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik;
Pandemiya davrida bolalarga antiseptikvositalari, qog‘oz salfetkalari va haftaning har bir kuni uchun har xil rangdagi sochiqlar olib berish;
Ertalabdan bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda DMTTga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish.
Qonuniy vakilning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari bo`lishi mumkin.

Download 41.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling