Мактабгача таълим муассасаси ва ота-оналар ўртасида тузиладиган
II. DMTTning HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
Download 41.54 Kb.
|
шартнома лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. DMTTning majburiyatlari
II. DMTTning HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3. DMTT quyidagi xuquqlarga ega: DMTT xodimlarining huquq va qonuniy manfaatlarini, hamda qadr-qimmatini himoya qilish; MTV tomonidan tasdiqlangan « Ilk qadam» Davlat dasturi asosida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq o`z o`quv dasturlarini ishlab chiqish; tarbiyalanuvchini oila muhitida tarbiyalash bo`yicha tegishli takliflar berish, uning qonuniy vakillari bilan o`zaro hamkorlik qilish; bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan kelishuv asosidagi to`lov evaziga maktabgacha ta`limning davlat ta`lim dasturidan tashqari qo`shimcha ta`lim hizmatlari ko`rsatish,dam olish kunlari yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish; maktabgacha ta`lim tizimini rivojlantirish bo`yicha innovasion faoliyatda ishtirok etish ; DMTT Ustavida belgilangan tartibda qonuniy vakilning istagi va tarbiyalanuvchining yoshini inobatga olib, ularni guruhlarga taqsimlash; Tarbiyalanuvchi kasal bo`lganida yoki tibbiy ko`rikda uning kasalligi aniqlanganida, DMTT tibbiyot hodimi tomonidan kunlik filtirasiyadan o`tkazilganida tarbiyalanuvchini sog`lig`i bo`yicha DMTTda bo`lishini taqiqlovchi hollar yuz berganida uni vaqtincha DMTT ga qabul qilishni rad etish; qonuniy vakil tomonidan shartnoma shartlari bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi, shu jumladan to`lovni shartnomada belgilangan miqdorda hamda mazkur shartnomaning 9- bandida ko`rsatilgan muddat o`tgach ikki xafta mobaynida uzrli sabablarsiz to`lanmagan taqdirda, qonuniy vakil bilan tuzilgan shartnomaning amal qilinishini to`xtatish va tarbiyalanuvchini DMTTga kelishini cheklash; qonuniy vakilning tegishli ruhsatisiz tarbiyalanuvchini boshqa shahslarga berib yuborishni rad qilish. DMTT qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkin. 4. DMTTning majburiyatlari: Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim tashkilotlariga qabul qilish bo`yicha davlat xizmatlari ko`rsatishning Ma`muriy reglamentiga muvofiq berilgan yo`llanmalar asosida tarbiyalanuvchini DMTTga qabul qilish; bolaningDMTTda bo‘ishi vaqtida uning sog`lig`i va hayotini asrash hamda har tomonlama rivojlanishi tarbiyalanishi va ta`lim olish bilan bog`liq zarur va xavfsiz sharoitlarini yaratish; bolalarda Vatanga muhabbat tuyg`usini, oilaga,o`z xalqining milliy,tarixiy, madaniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo`lishni,atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakillantirish; tarbiyalanuvchining jismoniy,ruhiy va aqliy rivojlanishini ta`minlash,uning ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish; har bir bolaga uning o`z qobilyatlariga qarab individual yondashishni ta`minlash,bola huquqlari to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish; nizolarni hal qilishda avvalambor bolaning manfaatlariga asoslanish ; bolaning qonuniy vakiliga hurmat bilan munosabatda bo`lish; DMTT Kuzatuv kengashinig to`liq faoliyat olib borishni taminlash; o`quv ta`lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq amalga oshirish; maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va sog`lig`iga doir xususiyatlarini hisobga olib,maktabgacha ta`limning tegishli sifat,daraja va hajimga muvofiqligini ta`minlash ; DMTT pedagog kadrlari tomonidan odob-axloq qoidalariga qat`iy rioya qilinishi hamda bolaning va uning qonuniy vakillarining huquqi va sha`ni, qadr- qimmatini hurmat qilinishni ta`minlash ; bolaga ta`lim berish va uni tarbiyalash masalalari bo`yicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar berish; maktabgacha ta`lim sifati ta`minlashini nazorat qilishda vakolatli davlat o`rginlariga ko`maklashish; tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy xizmat ko`rsatishni tashkil etish, davolovchi-profilaktik tadbirlarni o`tkazish; (reja asosida profilaktik emlash,yillik tibbiy ko`rik o`tkazilishini tashkil qilish va boshqalar) ; belgilangan sanitariya qoidalari,normalari va gigiena normativlariga muvofiq havfsiz,sifatli va sog`lom ovqatlanishni tashkil qilish va ta`minlash; qonuniy vakildan yoki tegishli ruhsati bo`lgan shaxslardan tarbiyalanuvchini qabul qilish va unga topshirish; tarbiyalanuvchiga tegishli narsa va buyumlarni to`laligicha saqlash; qonuniy vakilga DMTT faoliyatiga doir ma`lumotnomani taqdim qilish (DMTT ustavi, kun tartibi ta`lim- tarbiyada dasturlari va uslublari); DMTTda o`zgartirilgan tartib va boshqa holatlar haqida o`z vaqtida habardor qilish.; DMTTning qonuniy hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo`lishi mumkun;. DMTTda tarbiyalanuvchi ehtiyoji va turli maqsadlarni vaj qilib qonuniy vakildan majburiy tarzda pul yeg`ish yoki moddiy qimmatliklar olib kelishni talab qilish ta`qiqlanadi. Download 41.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling