Мактабгача таълим муассасаси ва ота-оналар ўртасида тузиладиган
III. Qonuniy vakilning huquqlari va majburiyatlari
Download 41.54 Kb.
|
шартнома лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Qonuniy vakilning majburiyatlari
III. Qonuniy vakilning huquqlari va majburiyatlari
5 Qonuniy vakil quyidagi xuquqlarga ega: Tarbiyalanuvchining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish; DMTTning ustavi bilan tanishish; DMTTning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko‘riklar, ko‘ngilochar soatlar, yakuniy va ochiq mashg‘ulotlar va h.k.), mavsumiy cheklov (karantin) va havfsizlik choralari kuchaytirilgan davrdan tashqari; DMTT faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish; DMTT Kuzatuv kengashi a`zolarini saylash va uning a`zosi bo`lib saylanish; DMTTda tarbiyalanuvchi ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shartnomada belgilangan shartlar bo‘yicha bolaga sifatli ta’lim-tarbiya berishni talab qilish; o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda sababi ko‘rsatilgan holda yozma bildirgi asosida tarbiyalanuvchini DMTTdan olib ketish; DMTT direktorini 7 kun oldin xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish. Qonuniy vakil qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo`lishi mumkun. 6. Qonuniy vakilning majburiyatlari: Мazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish; tarbiyalanuvchining DMTTda bo‘lgan davri uchun ota-ona to`lovini o`z vaqtida amalga oshirish; hodimlar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, tarbiyalanuvchilar ishtirokisiz zudlik bilan DMTT direktori va Kuzatuv kengashi bilan muammoni hal qilish; DMTT ga joylashtirish uchun tarbiyalanuvchining sog`lig`i haqidagi tibbiy hulosa va qonuniy vakili haqidagi ma`lumotnomalarni (telefon raqamlari, yashash va ish joyi haqida ma’lumotnomalar) taqdim etish; Tarbiyalanuvchi betob bo‘lganda, zudlik bilan DMTT ma’muriyati yoki tibbiy xamshiraga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog‘ayganidan so‘ng tibbiy ma`lumot nomani taqdim etish; tarbiyalanuvchini DMTTda saqlash uchun ota-onalar to‘lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini DMTTga taqdim etish; tarbiyalanuvchi DMTTga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun DMTT direktoriga ariza taqdim etish; DMTTning barcha xodimlariga boshqa tarbiyalanuvchilar va ularning qonuniy vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish; Tarbiyalanuvchining to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish hamda tarbiyalanuvchini DMTTga toza-ozoda kiyingan holda olib kelish; Tarbiyalanuvchining tug‘ilgan kuni va boshqa tadbirlarni nishonlash uchun oziq-ovqat mahsulotlari va pishiriqlarni DMTTga olib kirmaslik; DMTTga tarbiyalanuvchini har qanday qimmat baho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik, ushbu holatlar kuzatilganda DMTT ma’muriyati ularning yo‘qolishi oqibati yuzasidan javobgar bo‘lmaydi; Yashash joyi yoki telefon raqami o‘zgargan holda, DMTTning guruh tarbiyachisiga bu haqida xabar berish; Bolani DMTTda nolib ketishni voyaga yetmagan yoki begona shaxslarga topshirmaslik; Pandemiya davrida bolalarga antiseptikvositalari, qog‘oz salfetkalari va haftaning har bir kuni uchun har xil rangdagi sochiqlar olib berish; Ertalabdan bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda DMTTga olib bormasdan shifokor ko‘rigidan o‘tkazish. Qonuniy vakilning qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari bo`lishi mumkin. Download 41.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling