Мактабгача таълим муассасасида табиат бурчаги
I-Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirish
Download 148.5 Kb.
|
7 Мактабгача ёшдаги болаларни ўсимликлар дунёси билан таништириш
I-Bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirish
1.1. Kichik guruhda o‘simliklar dunyosi bilan tanishtirish Bolalar kichik guruhda ikkita-uchta o‘simlikning nomini biladigan, xona gullari (fikus, geran, tradeskansiya) bilan tanishish, ularni parvarish qilish yo‘llarini o‘rganishlari lozim. Gullaydigan madaniy va begona o‘tsimon o‘simliklar (qoqi o‘t, atirgul va lolaqizg‘aldoq) bilan taniydilar. Ularning nomlari va ranglarini to‘g‘ri aytishga o‘rganadilar. Shu bilan birga bolalarning e’tiborini barglarning shakliga, poyasi va gullaridagi farqlarga, ularning shifobaxsh xususiyatlariga qaratish xamda o‘simliklarning o‘sishi uchun havo, suv va quyosh zarur ekanligini tushuntirish lozim. Bolalar gularning qismlarini : guli, bargini aytib bera oladigan bo‘lishlari kerak. Ular asosiy o‘simlik guruhlarini bilishi, daraxt, o‘tlarni ajrata oladigan, o‘simliklar to‘g‘risida, gullari (bularning bitta yoki bir nechtaligi, rangi, hidini aytib), barglarining xarakterli belgilarini ko‘rsatib katta yoki kichik, serbar yoki kambarg deb, rangini aytib), so‘zlab bera oladigan bo‘lishlari lozim. Bolalar guruhda bir xildagi o‘simliklarni topa olishlari kerak. O‘simliklarni parvarish qila bilishlari – o‘simliklarga suv quya bilishlari, barglarini tozalab artib turish kerakligini bilishlari lozim. Tarbiyachi bolalarning o‘simliklarga qiziqib qarashi va ularni avaylashni, ularga parvarish qilishda pedagogga yordam berish istagini, tabiat burchagidagi o‘simliklarga parvarish ishlarini bajarish ko‘nikmasini bolalarda shakillantirish davom ettiriladi. Bolalarni daraxtga o‘tga o‘xshab ketadigan kamtalab, gullaydigan, gullarning rangi, yaxshisi, bir xil ( navro‘zgul, begoniya, yarongul, balzamin, kliviya) barglari serbarg, qattiq bo‘ladigan) ( aspidistra, fikus va boshqalar), bir-biridan keskin farq qiladigan (tradeskansiya, reynekiya, drasena) o‘simliklar bilan hammasi bo‘lib 4-5 tur olinadi, har bir turdan 2-3 tup o‘simlik bilishi lozim. Bolalar tarbiyachi rahbarligi ostida o‘simliklarga suv quyishlari, suv quyish uchun ishlatladigan chelakchani yoki leykani to‘g‘ri ushlashlari ehtiyot bo‘lib va sachratmasdan suv quyishni, serbarg qattiq barglarni nam latta bilan artib tozalashni bilishlari lozim. Tarbiyachi bolalarni guruhdagi gullab turgan xona o‘simliklarni qanday qilib to‘g‘ri suv qo‘yish kerakligini (leykadan suvni ohista quyish kerakligi haqida dastlabki mahallarda bolaning leykani qo‘lini tarbiyachi ushlab turishi ham mumkin) o‘rgatadi. Tarbiyachi bolalarning hammasini o‘simliklarni parvarishlashga jalb etib, suvni yaxshi ko‘radigan o‘simliklarga ya’ni yarongul, balzaminga mo‘l-ko‘l sug‘orish ishlarini olib borilishi kerakligi haqida tushuntiradi. Bu xildagi ishni bir yo‘la bir-ikki bolaga topshirishi kerak, shu bilan birga bolalar tarbiyachi bilan birgalikda ishlashi, bitta vazifani bajarishlari lozim. Dastlabki mahallarda ularning qo‘li uncha yaxshi kelishmaydigan bo‘lsa ham, buning ko‘p ahamiyati yo‘q–tarbiyachi bolalarning intilishlarini rag‘batlantirib, o‘simlik parvarishiga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlab boradilar. Bolalarga o‘simliklarni tanishtirishning shu bosqichidayoq pedagog ularni tabiat burchagida ishlashgagina emas, balki kuzatuv olib borishga ham jalb etadi: begoniya gullarining qanchalik chiroyli ekanligini ko‘zdan kechirib chiqishni va bu gullarning qancha (bitta yoki ko‘p), qanday rangda ekanligini, hidi bor-yo‘qligini, barglari qanaqa (katta yoki kichik) ekanligini aytishni taklif qiladi. Yakka tartibda olib boriladigan ish shakillaridan tashqari, tirik o‘simliklar va ularning tasvirlaridan foydalanib turib,bolalar bilan mana bunday didaktik o‘yinlarni,ya’ni “Shunaqasini top, juftini top”, “Kattami yo kichik”(barglari katta –kichik o‘simlikka barglari mayda bo‘ladigan muqobil o‘simlik tasvirini topib qo‘yish), “Bitta va ko‘p”(bitta gulli simlikka guli ko‘p o‘simlik tasvirini yoki o‘zini topib qo‘yish) “Gullab turgan o‘simliklarni top”, “Chiroyli qizil va oq gul bor o‘simliklarni top”, “O‘tga, daraxtga o‘xshaydigan o‘simliklarni top” kabi o‘yinlarni ham o‘tkazish kerak. Bunday o‘yinlarda tarbiyachi bolalarni bir necha o‘simliklarning tashqi ko‘rinishini oddiygina qilib tasvirlab berishga, qanday bo‘lmasin xarakterli belgilarini ajratib ko‘rsatishga o‘rgatib boradi. Bolalar o‘simliklarga qanday qilib to‘g‘ri parvarish qilib tasvirlab borish kerakligini asta-sekin bilib oladilar. Bu narsa tarbiyachiga yilning o‘rtalariga borib butun guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazishga imkon beradi. Bu mashg‘ulotda tarbiyachi bolalarni o‘simliklarga parvarish ishining yangi usuliga – barglarini artib tozalashga o‘rgatadi. Bu usulga o‘rgatish uchun pedagog terisimon qattiqbargli o‘simliklarni tanlab oladi. Download 148.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling