Мактабгача таълим муассасасида табиат бурчаги


Download 148.5 Kb.
bet7/11
Sana26.09.2023
Hajmi148.5 Kb.
#1688361
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7 Мактабгача ёшдаги болаларни ўсимликлар дунёси билан таништириш

Keldi bahor, gulbahor.

Keldi bahor, gulbahor,


Erib bitdi oppoq qor,
Uchib keldi qushlarjon,
Daraxtlar taqdi marjon.
Suvlar oqar shildirab,
Yulduz boqar miltirab
Chumolilar yayrashar,
Sho‘x bulbullar sayrashar.






Tarbiyachi bolalar she’rlarni aytib bo‘lgach, ularni muassasa hovlisiga sayrga olib chiqadi:


qaranglar bolajonlar, qanday ajoyib kun: toza havo, osmon tiniq, beg‘ubor quyosh charaqlab nur sochib turibdi. Kechki yomg‘irdan so‘ng maysalar yam-yashil yashnab turibdi. Sizlarni bugun tabiat qo‘yniga sayrga olib chiqishimdan maqsad — sizlarni dala gullari bilan yaqindan tanishtirish. Guruhimizda, dalada, bog‘da o‘sadigan gullarni hammamiz sanab o‘tdik, ularni yaxshi bilar ekansizlar. Hozir esa sizlarni beda, jag‘-jag‘, yalpiz, otquloq, qoqigul va boshqa dala gullari bilan tanishtiraman. Bu o‘simliklarning inson salomatligiga katta foydasi bor. Bahorning ilk darakchisi qoqigulni hamma biladimi, uni ilmiy kitoblarda «dorivor qoqi» deb ham atashadi. Chunki qoqi ildizi va bargidan tayyorlangan damlamalar, dorilar ko‘p kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Qoqigulni o‘simlik o‘sadigan barcha joylarda uchratish mumkin. Dorivor qoqigulning poyasi juda kalta bo‘lganligi uchun patsimon, qirqilgan ko‘p barglari xuddi ildizdan chiqqanga o‘xshaydi. Qaranglar-a, qoqigulni uzganimizda undan oq sutga o‘xshagan shira ajralar ekan.
Tarbiyachi: Siz uzgan qoqiguldan ham sutga o‘xshagan suyuqlik ajralib chiqayaptimi?(Bolalar javoblari)
Tarbiyachi: Bolajonlar, qo‘llaringizdagi qoqigulga ozor bermasdan, u xaqida hozir she’r o‘rganamiz. Bir ozdan so‘ng qoqigulning ahvolini kuzatamiz.


Qoqio‘t

Hoy, qoqio‘t, qoqio‘t,


Gullari barqut.
Nega qovoq uyasan?
Ko‘rinsa bulut.
Hoy, qoqio‘t, qoqio‘t,
Taning to‘la sut.
Shifo bo‘lib dardlarga,
Malham doring tut.

Tarbiyachi: Endi, bolajonlar, qoqigulning uzilgan joyiga barmog‘ingizni tekkizing-chi, nima bo‘lar ekan?


Bolalar: qoqiguldan ajralgan sutga o‘xshash narsa cho‘zilib chiqayapti.
Tarbiyachi: Juda to‘g‘ri e’tibor qilibsizlar, qoqigulning tarkibida kauchuk, ya’ni rezina borligini bilasizlarmi? Agar bilmagan bo‘lsangiz, bugundan e’tiboran qoqigul haqida yana bir muhim narsani bilib oldingizlar (tarbiyachi bolalar bilan «qoqio‘t» she’rini yod oladi).
Sayr oxirida bolalar bilan birgaliqda qoqio‘t yaproqlaridan, yalpizning barglari, otquloq, ismaloqlardan terib, muassasa oshxonasiga olib borib berishadi. Oshpaz opalar ularga yalpiz somsalar pishirib berishadi. Guruhning o‘g‘il bolalari bog‘bon bobo bilan guruh maydonchasida ishlashadi.

Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling