Мактабгача таълим муассасасида табиат бурчаги
O‘simliklar parvarishi yuzasidan bolalar nimalar qilishi kerak
Download 148.5 Kb.
|
7 Мактабгача ёшдаги болаларни ўсимликлар дунёси билан таништириш
O‘simliklar parvarishi yuzasidan bolalar nimalar qilishi kerak.
Tarbiyachi rahbarligi ostida o‘simliklarni sug‘orishlari, chilobchinni to‘g‘ri ushlashni, ehtiyot bo‘lib va sachratmasdan suv quyishni, serbar, qattiq barglarni nam latta bilan artib tozalashni bilishlari lozim Tarbiyachi bolalar muassasaga keladigan vaqtda guruhda gullab turgan xonaki o‘simliklar, shuningdek, tumshug‘idagi suzg‘ichi olib qo‘yilgan ochiq rangli chiroyli chilobchinlar bo‘lishi to‘g‘risida qayg‘urishi kerak. Bolalar bog‘chaga qatnay boshlagan birinchi kunlardan boshlab pedagog o‘simliklarni ko‘zdan kechirib, ularga parvarish qilib boradi: sug‘oradi, barglarini artib tozalaydi, tuvaklarning tagidagi idishni yuvib tozalab qo‘yadi. Ayni vaqtda u bolalarning o‘simliklar parvarishida ishtirok etish yuzasidan bildirgan istagini qondiradi: ularga chilobchin berib, o‘simliklarga qanday qilib to‘g‘ri suv quyishni tushuntiradi va ko‘rsatib beradi (chilobchin tumshug‘ini yuqori ko‘tarmasdan, suvni ohista quyish kerak. Dastlabki mahallarda bolaning chilobchin ko‘targan qo‘lini ushlab turish ham mumkin). Tarbiyachi bolalarning hammasini o‘simliklarni sug‘orishga jalb qilib boradi, mo‘l-ko‘l sug‘orib turishini talab qiladigan o‘simliklarga (yarongul, balzaminga) parvarish ishining shu xilini bolalarga o‘rgatadi. Bu xildagi ishni bir yo‘la bir-ikki bolaga topshirish kerak, shu bilan birga bolalar tarbiyachi bilan birgalikda ishlashi, bitta vazifani bajarishlari lozim. Dastlabki mahallarda ularning qo‘li uncha yaxshi kelishmaydigan bo‘lsa ham, bunsng ko‘p ahamiyati yo‘q — tarbiyachi bolalarning intilishlarini rag‘batlantirib, o‘simlik parvarishiga qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlab boradi. Bolalarga o‘simliklarni tanishtirishning shu bosqichidayoq pedagog ularni tabiat burchagida ishlashgagina emas, balki kuzatuv olib borishga ham jalb etadi: begoniya gullarining qanchalik chiroyli ekanlipshi ko‘zdan kechirib chiqishni va bu gullarning qancha (bitta yoki ko‘p), qanday rangda ekanligyani, hidi boryo‘qligini, barglari qanaqa (katta yoki kichik) ekanligini aytishni taklif qiladi. Yakka tartibda olpb boriladigan ish shakllaridan tashqari, tirik o‘simliklar va ularning tasvirlaridan foydalanib turib, guruhcha bolalari bilan mana bunday didaktik o‘yinlarni: «Shunaqasini top, juftini top», «Kattami yo kichik» (barglari katta-kichik o‘simlikka barglari mayda bo‘ladigan muqobil o‘simlik tasvirini topib qo‘yish), «Bitta va ko‘p» (bitta gulli o‘simlikka guli ko‘p o‘simliktasvirini yoki o‘zini topib qo‘yish). «Gullab turgan o‘simliklarni top», «Chiroyli qizil va oq guli bor o‘simliklarni top», «O‘tga, daraxtga o‘xshaydigan o‘simliklarni top» kabi o‘yinlarni ham o‘tkazish kerak. Buqday o‘yinlarda tarbiyachi bolalarni bir necha o‘simliklarning nomini aytib berishga mashq qildiradi va o‘simliklarning tashqi ko‘rinishini oddiygina qilib tasvirlab berishga, qanday bo‘lmasin xarakterli belgilarini ajratib ko‘rsatishga o‘rgatib boradi. Bolalar o‘simliklarga qanday qilib to‘g‘ri parvarish qilib borish kerakligini asta-sekin bilib oladilar. Bu narsa tabiyachiga yilning o‘rtalariga borib butun gruppa bilan mashg‘ulot o‘tkazishga imkon beradi. Bu mashg‘ulotda tarbiyachi bolalarni o‘simliklarga parvarish ishining yangi usuliga — barglarini artib tozalashga o‘rgatadi. Bu usulga o‘rgatish uchun pedagog terisimon qattiq bargli o‘simliklarni tanlab oladi. Download 148.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling