Мактабгача таълим муассасасида табиат бурчаги
Ish tajribalardan namunalar
Download 148.5 Kb.
|
7 Мактабгача ёшдаги болаларни ўсимликлар дунёси билан таништириш
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotga tayyorlanish
- Qanday gul”ta’limiy o‘yini Maqsad
2.2. Ish tajribalardan namunalar
Mashg‘ulot Mavzu: «Navro‘zgul bilan fikusni ko‘zdan kechirish Maqsad: Bolalarning o‘simliklar nomlari, tashqi ko‘rinishining eng muhim xususiyatlari va ularga parvarish usullari to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlash. Bolalarga o‘simliklarni tasvirlab, bir-biriga solishtirib ko‘rishni mashq qildirish. Mashg‘ulotga tayyorlanish. Tarbiyachi stoliga navro‘zgul bilan fikus, suvli chilobchin, ho‘llangan latta qo‘yib qo‘yiladi. Mashg‘ulotning borishi. Bolalar o‘simliklarni ko‘zdan kechirib chiqib, tarbiyachining iltimosiga ko‘ra tashqi ko‘rinishining xarakterli xususiyatlarini tasvirlab berishadi, o‘simliklarni bir-biriga solishtirib ko‘rishadi. So‘ngra tarbiyachi o‘simliklarga parvarish qilish uchun qanday usullar qo‘llanilishini so‘rab-surishtirib ko‘radi, shu usullarni ko‘rsatib berishga bolalarni jalb qiladi (sug‘orish, fikus barglarini artish). Mashg‘ulot oxirida “Qanday gul?”ta’limiy o‘yini o‘tkazilib, o‘simliklar to‘g‘risidagi bilimlar shu o‘yin davomida mustahkamlab boriladi. “Qanday gul?”ta’limiy o‘yini Maqsad: Bolalarni gullarni topishga o‘rgatish Kerakli jihoz: Gul va shu guldan tayyorlangan guldasta tasvirlangan rasm. O‘yinning borishi. Tarbiyachi bolalarga gul tasviri tushirilgan kartochkalarni tarqatadi.Bolalar buketdagi gul ichidan qo‘llarida tasvirlangan gulni topishlari va nomini aytishlari kerak. Masalan: lola, lolaqizg‘aldoq, atirgul, navro‘zgul. Xulosa Bolalar tarbiyasida tabiatning ayniqsa o‘simliklar bilan, xona o‘simliklari bilan tanishtirishning roli kattadir. Maktabgacha ta’lim muassasalarining xona o‘simliklari va tabiat burchagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishga, unga mehr-muhabbat uyg‘otishga yordam beradi. Tarbiyachi bolalarni qiyosiy analiz qilishga, ya’ni tahlil qilishga: o‘simliklarni bir biriga solishtirib ko‘rib, ular orasidagi o‘xshashliklar va farqlarni, umumiylik va tafovutlarni topishga o‘rgatib boradi. Xona o‘simliklarini ko‘zdan kechirish vaqtida gullar bilan barglarning chiroyligiga, guruhdagi o‘simliklarga yaxshi qarab, yaxshi parvarishlansa, ularning naqadar go‘zal bo‘lib o‘sishiga bolalarning diqqati qaratiladi. Xona o‘simlikalrini parvarishlab borish jarayonida, bolalarda ma’lum mehnat ko‘nikmalarini shakllantirib, tabiatga qiziqish uyg‘otiladi. Ishni rejalashtirar ekan, tarbiyachi aniq shart-sharoitlarni: o‘z guruhidagi bolalar bilimlari va malakalarining darajasini, tevarak-atrofdagi tabiat xususiyatlarini hisobga olishi shart. Download 148.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling