Qiyosiy pedagogika fanining o’quv dasturi


Download 38.75 Kb.
bet1/5
Sana07.02.2023
Hajmi38.75 Kb.
#1175690
  1   2   3   4   5
Bog'liq
B56CPED (Qiyosiy pedagogika) FD


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETI






TASDIQLAYMAN”
TAFU rektori
__________________A. Umarov
2021 y. “___” __________

QIYOSIY PEDAGOGIKA


FANINING O’QUV DASTURI

Bilim sohasi:

100000

  • Ta’lim

Ta’lim sohasi:

110000

  • Ta’lim

Ta’lim yo’nalishi:

60110100

Pedagogika va psixologiya



Fan/modul­ kodi
B56CPED

O’quv yili
2021-2022

Semestr
5

ECTS kreditlar
6

Fan/Modul­ turi
Majburiy

Ta’lim tili
O’zbek/Rus

Haftadagi dars soatlari
6

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama (soat)

Qiyosiy pedagogika

90

90

180

2.

I. Fanning mazmuni
Fanning maqsadi: talabalarni jaxon va respublikamizda pedagogika fanining rivojlanishini qiyosiy tahlil qilishga o'rgatish; jahon pedagogikasining rivojlanish tendentsiyalarini to'la anglay olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi: talabalarni jahon va respublikamizda pedagogika fanining rivojlanishini qiyosiy tahlil qilishga o'rgatish; jahon pedagogikasining rivojlanish tendensiyalarini to'la anglay olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:


1-mavzu: “Qiyosiy pedagogika” mustaqil fan sifatida
Qiyosiy pedagogikaning pedagogika fanlari tizimidagi o'rni. Kursning predmeti, ob'ekti, maqsadi va vazifalari. Qiyosiy pedagogikaning boshqa pedagogika fanlaridan farqi. Mazkur fanni o'rganishning dolzarbligi.


2-mavzu: Qiyosiy pedagogikaning nazariy -metodologik asoslari.
Qiyosiy pedagogikada metodologik yondashuvlar. Melioristik yondashuv, tarixiy-falsafiy yondashuv, fanlararo yondashuv, ma'lumotli yondashuv, etnomadaniy yondashuv.


3-mavzu: Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo'nalishlari.
Qiyosiy pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari: tavsiflash metodi, statistik metod, tarixiy metod, sotsiologik va analitik metod.


4-mavzu: Qiyosiy pedagogikaning taraqqiyot bosqichlari
Fan taraqqiyotining birinchi davri. Qiyosiy pedagogika fani taraqqiyotining ikkinchi va uchinchi davri, ularning o'ziga xos xususiyatlari. O'zlashtirish, bashorat, ilmiy-qiyosiy tadqiqotlar davri. Qiyosiy pedagogikaning rivojlanish bosqichlari.


5-mavzu: Qiyosiy pedagogik tizim
Qiyosiy pedagogik tizim: pedagogikaning' xalqaro, regional, milliy tajribalarini qiyoslashga yunaltirilishi. Zamon va makon omillariga ko'ra pedagogik tizimlarni taqqoslash. Qiyosiy pedagogik tizimni pog'onaviy xarakterda o'rganish.
6-mavzu: Qiyosiy pedagogikada tadqiqotlar tipologiyasi va OO'Yu larida ta'lim variativligi.
B.Xolmsning ma'lumotlar taksonomiyasi. Qiyosiy -tadqiqot megodlari. Qiyosiy tadqiqotlarning bosqichlari. Induktiv metod, gipotetik- deduktiv metod. Qiyoslash metodining tuzilishi: deskripsiya, interpretatsiya, qieslash. Davlatlararo, OO'Yu lariaro ta'lim tizimini qiyoslash bosqichlari.
7-mavzu: Oliy ta'lim tizimining tipologik-tasnifiy mezonlari va ta'lim muassasalari nufuzi
Oliy ta'lim tizimining tarixiy rivojlanishiga ko'ra, ixtisoslik kesimiga ko'ra, tanlov tamoyillariga ko'ra, ta'lim oluvchilar tarkibiga ko'ra, ta'lim shaklining ustunligiga ko'ra tipologik mezonlari. Ta'limning an'anaviy va noan'anaviy shakllari.

Download 38.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling