Maktabgacha talim muassasasining yillik ish rejasini tuzish metodikasi
Download 18.89 Kb.
|
1 2
Bog'liqMaktabgacha talim muassasasining yillik ish rejasini tuzish meto-hozir.org
Maktabgacha talim muassasasining yillik ish rejasini tuzish metodikasi MAKTABGACHA TALIM MUASSASASINING YILLIK ISH REJASINI TUZISH METODIKASI Har bir, ayniqsa, yosh nazoratchi-uslubchilar uchun tegishli kuzatish rejasini tuzib faoliyat yuritishi jarayonni puxta, mazmunli, har tomonlama keng va samarali olib borishini ta’minlaydi. Bunday kuzatish rejasining yo’qligi tekshirishning yuzaki, pala-partish, amalga oshirilgan ishlarga baho berishda bir yoklamalikka olib keladi. CHunki, oldindan o’ylangan rejali kuzatish muassasadagi ilg’or ish tajribalarini o’rganishga, umumlashtirishga va ommalashtirishga xizmat qiladi. Kuzatish jarayonida tarbiyachi yoki mudira tomonidan kamchilikka yo’l qo’yilgani aniqlansa, nazoratchi-uslubchi muassasa xodimlarining shaxsiyatlariga tegmasdan, shoshilmasdan, kamchiliklarning oldini olish choralarini tushuntirib berishi, metodik yordam ko’rsatishi kerak. Agar kuzatish jarayonida bolalar sog’lig’i va hayotiga xavf soladigan kamchilikka yo’l ko’yilgan bo’lsa, nazoratchi-uslubchi zudlik bilan masalani hal etish chora-tadbirlarini ko’rishi zarur. Tekshiruv jarayonida anikdangan vaziyat va holatlar, xato va kamchiliklar maxsus daftarga yozib boriladi. Tekshiruvni to’liq va har tomonlama mukammal bo’lishini ta’minlash uchun quyidagi hujjatlarni o’rganish va tahlil qilish talab etiladi: ish hujjatlari; bolalar sog’lig’iga doir materiallar; ta’lim-tarbiya sohasidagi ish rejalari; tarbiyachilarning kundalik daftarlari (dastlabki bosqich guruxlarida); bolalar ishlari (rasm, plastilindan yasalgan narsalar va h.k.); Pedagogik kengash, ishlab chiqarish, ota-onalar majlislarining qarorlari; moliyaviyxo’jalik hujjatlari. Tekshiruvga bunday yondashuv negizida muassasa haqida to’liq tasavvur hosil bo’ladi. SHuning uchun nazoratchi-uslubchi muassasa mudirasi, shifokor (tibbiy hamshira) va tarbiyachilarni oldindan barcha zarur ish hujjatlarini tayyorlash haqida ogohlantiradi. Pedagogik ish hujjatlarini o’rganish jarayonida tarbiyachi tomonidan «Maktabgacha ta’lim dasturi» talablarining bajarilishi, didaktik materiallardan foydalanilishi, dasturni bosqichma-bosqich murakkablashtirib olib borilishini kuzatish mumkin. Tarbiyachilarning kundalik daftarlari bolalarning jismoniy va intellektual jihatdan rivojlanishi, ularning qiziqishlari, qobiliyatlarining ayrim qirralarini namoyon qiladi. Bolalar sog’lig’ini muhofaza etishga doir materiallarni (masalan, patronaj daftari, kundalik davomat, kasalliklarning oldini olish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar) o’rganish asosida muassasaning bu boradagi faoliyatiga oydinlik kiritish mumkin. Ta’lim-tarbiya yo’nalishidagi ish rejalari dasturiga asoslanib, uning mazmun-mohiyati, izchilligi, mantiqiyligi, yillik, yarim yillik, chorak, oylik va kundalik rejalari va mashg’ulotlar jadvalining qanday tuzilgani, dasturda o’zbek xalq milliy o’yinlari, urf-odatlari qanday o’rin tutgani, «Odobnoma» mashg’ulotlarining mazmundorligi, bolalar dunyoqarashi, nutq madaniyatini oshirishda har bir tarbiyalanuvchi bilan individual ishlash qanday yo’lga qo’yilgani, ota-onalar bilan o’zaro munosabatlar darajasi, bolalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishda tarbiyachining rolini kuzatish va o’rganish mumkin. Pedagogik va ota-onalar kengashlarining qarorlarini o’rganish esa yillik reja asosida qanday masalalar muhokama etilgani, ularni hal etish bo’yicha qanday choratadbirlar amalga oshirilgani, bu jarayonda ota-onalarning ishtiroki masalasiga oydinlik kiritadi. Xujjatlarni o’rganish jarayonida ayrim masalalarga aniqlik kiritish imkoni bo’lmagan hollarda suhbat usulidan foydalanish mumkin. Suhbat mazmuni va uning xarakteriga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: — guruhdagi bir kunlik pedagogik jarayonni kuzatish natijalari bo’yicha tarbiyachi bilan suhbat muhokama; — o’rganish natijalarini tahlil qilish (suhbat tahlil). Suhbat tarbiyachining mashg’ulot jarayonida qo’llagan usullari haqida ham bo’lishi mumkin. Kuzatish jarayoni yakuniga yetganidan so’ng o’tkaziladigan suhbatda mudira yoki uslubchi ishtirokida tarbiyachi faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarga xolisona yondashib, uning ishiga baho beriladi. Suhbat yakunida nazoratchi-uslubchi tarbiyachi faoliyatini atroflicha tavsiflab, baho beradi,zarur hollarda, tarbiyaviy jarayonga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish borasida tegishli tavsiya va maslahat berishi lozim. Mudira bilan suhbatda asosiy e’tibor muassasaning moliyaviy-xo’jalik, tashkiliy-pedagogik, uslubiy, xodimlar bilan ishlash masalalariga Muassasa shifokori yoki tibbiy hamshira ish rejasi asosida bolalarning sog’lig’i, kasalliklarning oldini olish, davolash profilaktika ishlarini amalga oshirish xususida suhbat o’tkazadi. Ota-onalar va qo’mita raisi bilan suhbat chog’ida ularning muassasa faoliyatini takomillashtirishga yo’naltirilgan talabistaklari, taklif va tavsiyalari hamda muassasaning oilada bolalarni tarbiyalashga qo’shayotgan hissasi masalalariga bag’ishlanishi mumkin. Bolalar ishlarini tahlil qilish — guruhda bolalarning faolligi, bilim olishga qiziqishlari, ularda muayyan ko’nikmalarning shakllanishi va rivojlanishini anikdab beruvchi omildir. Bu jarayonda ishlarning soni bilan cheklanmay, ularning mazmuni, o’ziga xosligi, dastur talablariga qay darajada javob berishini o’rganish va taxdil qilish hamda tarbiyachiga zarur tavsiyalar va maslahatlar berish muhim ahamiyat kasb etadi. Guruh tarbiyachisining ish faoliyati dastlab uning o’zi bilan muhokama qilingandan so’ng masala Pedagogik kengashga olib chiqiladi. Unda yutuq va kamchiliklar, taklif va mulohazalar oshkora muhokama etiladi, zarur yo’l-yo’riq, ko’rsatma va uslubiy yordam ko’rsatiladi. Bolalarning bilimi, ko’nikma va malakasini chuqurroq o’rganish maqsadida guruhda savol-javob, so’rovnomalar o’tkazish usulini qo’llash ham muhim ahamiyatga ega. Bu har bir chorakda dastur talablarining qay darajada bajarilgani, bolalarning bilim doirasi, dunyoqarashi, ijodiy, ma’naviy-ruhiy rivojlanishini aniqlashda muhim omil sifatida xizmat qiladi. So’rovnoma yurtimizdagi tarixiy joylar, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur, Abdulla Qodiriy singari ulug’ bobokalonlarimizning ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy merosi va boshqa mavzularda o’tkazilishi mumkin. So’rovnoma o’tkazish orqali mudira, uslubchi va tarbiyachining bilim darajasi, g’oyaviy-siyosiy yetukligi, kasb mahorati va malakasini aniklash, ularning ishiga baho berish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasasi o’z pedagogik faoliyatida quyidagi tamoyillarga amal qilishi lozim: bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo’lish asosiga qurilgan ta’lim-tarbiya jaraeni insonparvarlik ruhi bilan yo’g’rilgan bo’lishi; pedagogika, psixologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlarga tayangan holda bolalarning o’z-o’zini rivojlantirishga intilishlarini rag’batlantirish. Nazoratchi-uslubchi yuqorida bayon etilgan tamoyillarni muassasada amalga oshirilishini nazorat qilish va ilgari qabul qilingan qarorlar ijrosining bajarilishini aniqlash maqsadida Pedagogik kengash ishida qatnashadi. U bolalar hayotini muhofaza etish, ularning jismoniy va ruhiy sog’lomligi, har bir bolaning yoshi va shaxsiy xususiyatlariga mos holda rivojlanishi, ta’lim-tarbiya berishning tanlangan usul va uslublari samaradorligiga erishish uchun yaratilgan zarur shartsharoitlar, tarbiyaviy jarayonni psixologik jihatdan ta’minlash, xususan, maktabgacha ta’lim muassasasida psixologik xizmatni tashkil etish ishiga uslubiy yordam ko’rsatishi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasida rahbar xodimlar va tarbiyachilarning zamonaviy pedagogik texnologiyalarni to’liq o’zlashtirishi va o’z pedagogik faoliyatida qo’llash uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish orqali ularning o’z sohasi doirasida mustaqil ijod qilish huquqi ta’minlanadi. Nazoratchi-uslubchi muassasadagi ishlab chiqarish majlislarida qatnashib, uning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan barcha masalalar davlat va jamiyat manfaatlariga rioya qilingan holda hal etilishini nazorat qiladi. «Maktabgacha ta’lim konpeptsiyasi»da «Ijtimoiy maktabgacha ta’lim tizimi oilaviy tarbiyadan uzilib qolmasligi kerak, balki u bilan chambarchas bog’liq holdagina bolaga yordam berish mumkin»... «Barcha ma’naviy qadriyatlar oilada tarkib topadi. Zero, oila doimo etnik xususiyatlarga taallukli va etnopsixologik xususiyatlarga ega bo’ladi. Oila bola tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi», deb ta’kidlanadi. Nazoratchi uslubchi umumiy va guruh ota-onalar majlislarida qatnashib, bolalar tarbiyasiga oid barcha masalalarni hal etilishini kuzatadi va ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarini bayon etadi. Ota-onalarning muassasa ishida ishtirokini faollashtirish maqsadida «Jamiyatimizda oilaning tutgan o’rni» mavzusida suhbatlar uyushtirishi, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida aks ettirilgan oilaning huquqiy negizlari, davlatimiz tomonidan oilaga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlik, yaratilayotgan imkoniyatlarni atroflicha yoritib berish kerak. Nazoratchi-uslubchi yuqorida ko’rsatib o’tilgan usul va metodlardan foydalanib, muassasani yalpi va tematik tekshirishni amalga oshiradi. Download 18.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling