Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanidan 1- mustaqil ish yo’riqnomasi Pedagogika yunoncha so‘z bo‘lib, «bola yetaklovchi»


Download 18.18 Kb.
bet2/3
Sana20.11.2023
Hajmi18.18 Kb.
#1788997
1   2   3
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanidan 1- mustaqil ish yo’riqnomasi

Nutq madaniyatiijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiyati madaniyatini aks ettiruvchi bir ko‘zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli — yozma va og‘zaki shakli uchun zarurdir

Pedagogik mahorat – bu o‘quv jarayonining barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo‘naltirish, talabalarda (o‘quvchilarda) dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish, ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan faoliyatga moyillik uyg‘otishdir.

Tarbiyachining kasbiy mahorati – bu maʼlum shaxsiy (bolalarni sevishi, mehribonligi, hayrixohligi va h.k) va kasbiy (bilimdonligi, javobgarlikni his qilishi, ijodkorligi eruditsiyasi va h.k.) fazilatlarining yig‘indisi hisoblanib, u pedagogik-psixologik, usuliy tayyorgarligida, bolalarni tarbiyalashning optimal yo‘llarini izlab topishida namoyon bo‘ladi.
Statistik malumotlarni analiz va sintez qilish metodi - Pedagogik tadqiqot kerakli statistika ma'lumotlarini ma'lum bir maqsad bilan tizimli o‘rganish, mustaqil O‘zbekistonda fan madaniyat, ta'lim-tarbiyani taraqqiy etishiga salmoqli hissa qo‘shadi. Maktabgacha ta'lim sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag‘larning doimiy o‘sib borishi, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, ko‘rgazmali qurollar, o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, maktab qurilishi, xo‘jalik shartnomalari va ulardan tusha yotgan mablag‘lar statistika usuli orqali aniqlanadi.


Bolalar ijodini o‘rganish metodi - bolalar ijodini hamda ularning turli-tuman ishlarini o‘rganish va tahlil qilish pedagogik tadqiqotning samarali metodlaridan biridir. Iqtidorli bolalar aqliy qobiliyatlari, olijanob axloqiy qiyofalari, estetik didlari, sinchkovliklari va qiziquvchanliklari bilan ajralib turadi. Pedagogika fani bolalar ijodining manbalari va omillarini chuqur bilishga hamda ularni yanada taraqqiy ettirish va takomillashtirishning to‘g‘ri yo‘llarini ko‘rsatib berishga qaratilgan.


MTT hujjatlarini tahlil qilish metodi - Pedagogik hodisalar va faktlarni tekshirishda maktab hujjatlarini mukammal va chuqur o‘rganmoq lozim. MTT hujjatlarini tahlil qilishda ta'lim qonunlariga amal qilinmoq kerak. MTT hujjatlarini tahlil qilishda o‘quvchilarning ijodiy faolligi va mustaqilligini uning iqtidorini hamda ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi va joriy etilishini ko‘rsatgan taqdirdagina to‘liq qiymatga ega bo‘ladi. Shuningdek, bolalarning umumiy miqdorb uning o‘sishi yoki kamayishi sabablari tavsifi, rag‘batlantirish va jazolash choralari turlariga, MTTning moddiy bazasiga e'tibor beriladi.

Download 18.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling