Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanidan 1- mustaqil ish yo’riqnomasi Pedagogika yunoncha so‘z bo‘lib, «bola yetaklovchi»


Download 18.18 Kb.
bet1/3
Sana20.11.2023
Hajmi18.18 Kb.
#1788997
  1   2   3
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanidan 1- mustaqil ish yo’riqnomasi


Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanidan 1- mustaqil ish yo’riqnomasi
Pedagogika - yunoncha so‘z bo‘lib, «bola yetaklovchi» - ma'nosini bildiradi. Insonlarni ma'rifiy va ma'naviy barkamollikka munosabatlarni o‘zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o‘z mavqeyiga ega bo‘ldi.

Metod (lotincha-metodas-yo‘l so‘zidan) tadqiqot yo‘li, nazariya, ta'limot deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida «metod» so‘zi keng ma'noda muayyan maqsadga erishish yo‘lini, tor ma'noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari va qonuniyatlarini bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi.

Kuzatish metodlari - Kuzatish adabiyotlarni o‘rganishdan keyin boshlanadi. Kuzatishni tadqiqotchi biror maqsadni ko‘zda tutib tashkil etadi. Kuzatish rejalashtiriladi, uning dasturi tuziladi.

Suhbat metodi - Tadqiqot mavzusining biror tomoni yoki hodisalari haqida bilib olish maqsadida mas’ul shaxslar bilan og‘zaki savollar berilib, ulardan axborot olish jarayonidir.

Pedagogik eksperiment - Har qanday pedagogik tadqiqotning asosidir. Pedagogik eksperiment yordamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi, pedagogik jarayonlarning ayrim elementlari o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlari aniqlanadi.

Anketalar metodi - bolalardan so‘rash usuli bo‘lib, u bolalar jamoasining bilimlari to‘g‘risidagi kerakli ma’lumotlarni olish uchun, ularning fikrlari va qarashlarini aniqlash uchun hamda kasbga yo‘llashni belgilash uchun maxsus shaklda ishlangan bo‘lmog‘i lozim.

Estetika - insonlarni voqelikka, san'atga estetik munosabatlarni rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, nafosat tarbiyasining ilmiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Hisoblash matematikasi va kibernetika metodlari - hozirgi zamon ishlab chiqarishi, fani va texnikasining talab hamda manfaatlari turmushda sinalgan texnika vositalarini, hisoblash matematikasi va kibernetika usullarini maktab ishida va pedagogikada qoTlanilishini talab qiladi. Pedagogik kibernetika shakli bilim berish jarayonini o‘qitish, bilim berish jarayonini boshqarishning alohida formasi sifatida o‘ziga xos xususiyatga ega.

Shaxs” - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni nalga oshiruvchidir. Shaxs - muayyan jamiyatning a’zosidir. Shaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik nillarning ta’sir kuchi hamisha ham bir xil bo‘lavermaydi. Chunki uning xulqiga, munosabatlariga vaziyat ham ta’sir etadi.




Muhit deganda shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi olam voqelik, hodisalar majmui tushuniladi. “Muhit” tushunchasi o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikro muhit (oila) xusu- siyatlarini ifoda etadi. Mikromuhit o‘zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog‘da u nisbatan mustaqillikka ega.
Faoliyat – kishining moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish borasidagi hamda shaxsiy va ijtimoiy sohadagi ma’lum bir maqsad sari qiladigan xatti-harakatlari majmuasidir. Faoliyat - insonning belgilangan (rejalashtirilgan) maqsadga erishishidir.

Tarbiya – o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiya- lanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat bo‘lib, tarbiyalanuvchini ma’lum bir maqsadga muvofiq takomil-lashtirish uchun shaxsga muntazam va tizimli ta’sir etish, jamiyatning ijtimoiy- tarixiy tajribalariga yondashib shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq-atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy mafkuralariga yo‘naltirilgan qizg‘in faoliyat jarayonidir.


Download 18.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling