Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining predmeti va asosiy vazifalari reja


Nazorat savollari 1 Ilmiy tadqiqot metodlaridan kimlar foydalanadilar,ular qaysilar? 2 Maktabgacha talim didaktikasining asosiy xususiyatlarini izohlang. 3 Bilimlar dasturi qaysi tamoyillar asosida sh


Download 201 Kb.
bet11/21
Sana14.02.2023
Hajmi201 Kb.
#1198845
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Reja Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari (1)

Nazorat savollari 1 Ilmiy tadqiqot metodlaridan kimlar foydalanadilar,ular qaysilar? 2 Maktabgacha talim didaktikasining asosiy xususiyatlarini izohlang. 3 Bilimlar dasturi qaysi tamoyillar asosida shakillantiriiladi?

F S M U

Etiboringiz uchun rahmat



MAVZUL O’ZBEKISTON MUSTAQILLIKKA ERISHGANDAN KEYINGI DAVRDAGI MAKTABGACHA TA’LIM.
MUSTAQILLIK YILLARIDA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIGA YANGICHA YONDASHUV.


REJA


1. O’zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to’g’risida nizomi
2. Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini tashkil etish
3. Maktabgacha ta’lim muassasasini yaxlitlash


O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimining ustuvor negizlari.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida uzoqni ko'zlab olib borilayot- gan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun ja- honda ham katta e’tibor bilan e’tirof etilmoqda.Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so'nggi rusumdagi o'quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog'liq.
Shaxsning ta'lim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanli- gi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omili- dir. "Ta’lim-tarbiya” - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong da- rajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o'zgartirmasdan turib ongni o'zgartirib bo'lmaydi. Ongni, tafakkurni o'zgartirmasdan turib esa biz ko'zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi”.
Bugungi kunda yangi ta’lim tizimi faoliyatini takomillashti- rish va barqarorlashtirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta’minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajri- basi bilan bir vaqtda Sharqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi.
O'tgan yillar mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan eng muhim Ijtimoiy dasturlar - Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va Maktab ta’limini rivojlan- tirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga yetkazildi. 9 yillik umumta’lim maktab bosqichini va 3 yillik o'rta maxsus kasb-hunar ta'lim bosqichini o'z ichiga olgan uz- luksiz yaxlit ta’lim tizimi yaratildi va 12 yillik ta’lim tizimiga o'tish yakunlanmoqda.

2009-yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi haqida ga- pirganda, ularning, avvalo, eng muhim masalalarga - yangi ish o'rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini yana- da oshirishga yo'naltirilganini alohida qayd etish zarur.


O'rni kelganda aytish kerakki, yangi 2010-yilda dav­lat byudjetining 50 foizdan ko'prog'i mamlakatimizda faqat ta'lim-tarbiya va sog'liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga yo'naltiriladi.
Barkamol avlod haqida so'z borganda, o'tgan yillar davomi- da katta kuch va mablag' hisobidan ta'lim sohasida barpo etil- gan moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim ekani barchamizga ayon bo'lishi kerak, deb o'ylayman”.
Ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologi- yalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommu- nikatsiyalarning zamonaviy usullarini o'zlashtirish, bugun- gi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg'or yu- tuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o'quv yurtlari- ga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun za- min tug'dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim.
Mas'uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tad- birlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining IX-sessiyasida qa- bul qilingan "Ta'lim to‘g'risida"gi qonun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni (1997-yil 29-avgust) ro'yobga chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturning tarkibiy qismi sifatida ta'limning yan­gi modeli yaratiladi. Bundan ko'zlangan maqsad ta’lim soha­sini tubdan isloh qilish, uni o'tmishdan qolgan mafkuraviy qa- rashlar va sarqitlardan to'la xalos etish, rivojlangan demokra- tik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish edi.
shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchisi;

  • davlat va jamiyat - ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruv- chi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;

  • uzluksiz ta’lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayyor- lashning asosi bo'lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o'z ichiga oladi;

  • fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ular- dan foydalanuvchi, ilg'or pedagogik va axborot texnologiyala- rini ishlab chiquvchi;

  • ishlab chiqarish kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo'yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayo­nining qatnashchisi.

Davlat va jamiyat uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo'lishini va hayot o'zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
«Ta’lim to'g'risida»gi Qonunning XI moddasi maktabga­cha ta’limga bag'ishlangan. «Maktabgacha ta’lim» bola shaxsi- ni sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlaydi. Bu ta'lim olti-yetti yoshga- cha oilada, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasala- rida olib boriladi» deyiladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturining maqsadi ham komil inson tarbiyasiga qaratilgan. Maktabgacha ta'lim Konsepsiya- sida: maktabgacha ta'limning tarkibi va mazmunini qayta ko'rib chiqish, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni, o'zbekxalqi- ning milliy an'analari, qadriyatlari, xalq ijodiyotining o'ziga xosligi, tilda o'z aksini topuvchi tafakkur xususiyatlari xalq pedagogikasining ulkan tajribasi oiladagi o'zaro munosabat, milliy o‘z-o'zini anglash, boshqa xalq madaniyatidagi ijobiy xu- susiyatlarim uyg'unlashtirish masalalari, maktabgacha va oila ta'limida hal etilmoqda.
Uzluksiz ta'lim - yuksak malakali kadrlar tayyorlashning asosini tashkil etib, ta'limning barcha turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish mazmun-mohiyatini ifoda etadi.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko'rsatish tamoyillari quyidagi- lardan iborat:

  • ta'limning ustuvorligi - uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak in- tellektning nufuzi;

  • ta'limning demokratlashuvi - ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda o'quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta'limni boshqarishning davlat-jamiyat tizimiga o'tilishi;

  • ta'limning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarining aniqlanishi va rivojlanishuvi, milliy va umumbashariy qadri- yatlar ustuvorligining ta'minianishi, inson, jamiyat va atrof- muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvi;

  • ta'limning ijtimoiylashuvi - ta’lim oluvchilaraa estetik boy dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madani- yat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;

  • ta'limning milliy yo'naltirilganligi - ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va bo- yitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifati- da e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hur- matlash;

  • ta’lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi, bu jarayon- ning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo'naltirilganligi;

  • iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olish- lari uchun zarur sharoit yaratish.

Maktabgacha ta’lim bola sog'lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabga­cha ta’lim bola 6-7 yoshga yetgunicha davlat va nodavlat mak­tabgacha ta’lim inuassasaiarida hamda oilalarda amalga oshi- riladi. Maktabgacha ta'lim maqsadi va vazifalarini ro'yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqa- ro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo'ladi:


Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling