Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining predmeti va asosiy vazifalari reja


Download 201 Kb.
bet6/21
Sana14.02.2023
Hajmi201 Kb.
#1198845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Reja Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari (1)

2. О‘qitish metodlarining tasnifi.
Pedagogikada о‘qitish metodlarini tasniflashga yagona yondoshish mavjud emas. Hozirgi didaktikada о‘qitish metodlarini bilimlar manbai bо‘yicha (S.O.Lordkipanidze, YE.Y.Golant), didaktik maqsadlar bо‘yicha (B.P.Yesip), bilish faoliyatining saviyasi bо‘icha (I.Y.Lerner, M.N.Skatkin, M.I.Maxmutov) farqlash eng kо‘p tarqalgan.
Metodlarning binar sxemalari, ularni uch о‘lchovli, va hatto setraerdik farqlash ham uchraydi. Ana shu tasniflarning har birida afzalliklar va kamchiliklar mavjud bо‘lib, ular adabiyotlarda yetarlicha tahlil qilingan.
О‘qitish metodlarini bilish manbalari bо‘yicha tasniflash ancha oddiy bо‘lib, ular maktab amaliyotida keng tarqalgan. Bu belgi bо‘yicha metodlar quyidagi uch guruhga bо‘linadi:
1. Og‘zaki metodlar (bilimlarni sо‘z bilan bayon qilish, suhbat, darslik ma’lumotnoma va ilmiy adabiyotlar bilan ishlash).
2. Kо‘rsatmali metodlar rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar.
3. Amaliy metodlar (mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar).
Bular ma’lum darajada shartlidir, chunki mazkur metodlarning hammasi о‘zaro chambarchas bog‘liq bо‘lib, ularni doim ham aniq chegaralab bо‘lmaydi.
Har bir о‘qitish metodining о‘z vazifasi bor. Adabiyotlarda о‘qitish metodlarining rag‘batlantiruvchi (motivlashgan), ta’limiy, tarbiyaviy va kamol toptiruvchi umumpedagogik vazifalari ifodalangan.
О‘qituvchi darsga tayyorlanishda va uning uchun eng muvofiq metodlarni tanlashda aynan shu metodlarning bajarilishi mumkinligini va ularning strukturasini hisobga olib, shu asosda, masalan, rag‘batlantirish, tarbiyaviy va kamol toptirish vazifalarini kuchaytiruvchi murabbiydir.
Tasniflash ta’limning nazariy asoslarini kо‘rishda yordam beradi, pedagogik fikrni chuqurlashtiradi va shunga kо‘ra ijod uchun asos bо‘ladi. О‘qitish metodlarini tasniflash о‘qituvchilar faoliyati о‘rtasida taqsimlanadi. Birinchi guruhga о‘qitish usullari va ikkinchi guruhga esa о‘qish usullari kiradi. Quyida о‘qitish metodlarining taniqli olimlar tavsiya etgan tasniflarni kо‘rib chiqamiz.


  1. Download 201 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling