Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining predmeti va asosiy vazifalari reja


Download 201 Kb.
bet5/21
Sana14.02.2023
Hajmi201 Kb.
#1198845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
Reja Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari (1)

Muxammad Rizo Ogahiy o’z ijodiy faoliyatini pedagogik qarashlarida nafosat tarbiyasi ham yuqori baholanadi. Ogahiy milliy an’analarimiz mexmondo’stlikni go’zal fazilatlardan biri hisoblaydi. Mehmonga chuqur xurmat bilan qarash, mehmon kutish, kuzatish odobi Ogahiy ijodidan o’z ifodasini topdi, odamlarni bu fazilatni egallashga da’vat etdi.
Ogahiyning ta’kidlashicha, insonga do’st va dushmanni ajratib olish xayotda o’z o’rnini topib olishda g’oyat muximdir. Uning fikricha to’g’ri so’z kishilar xayotda qiyinchilik bilan yashasalarda, dunyoning mavjudligini saqlab turadilar, mangu yashaydilar.
Ogahiy ta’lim-tarbiya ilmlarni egallash va tilni bilishda xam muxim axamiyatga molik ekanligini ta’kidlaydi.

Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining tadqiqot metodlari.


Reja:

  1. Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati

  2. О‘qitish metodlarining tasnifi.

  3. Tadqiqot metodlarga qо‘yiladigan talablar.

Ta’lim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati. Ta’lim jarayonining muvaffaqiyati uning shakligagina emas, balki qо‘llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog‘liqdir. Ta’lim nazariyasida о‘qitish (ta’lim) metodlari markaziy о‘rin egallaydi.
«Metod» yunoncha metodos sо‘zidan olingan bо‘lib, «yо‘l», tadiq qilish kabi ma’nolarni anglatadi. Ta’lim metodi ta’lim jarayonida о‘qituvchi va о‘quvchi-talabalarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir.1
Metoddar haqidagi fan metodologiya deb ataladi. Fanda nazariy va amaliy (emiirik) metodlar mavjud.
Metod — metod (yunoncha — aynan nimagadir yо‘l) maqsadga erishish yо‘lini bildiradi. Muayyan ma’noda tartibga solinadigan faoliyat. Yunoncha sо‘z bо‘lib, yо‘l, axloq ma’nolarini bildiradi. Odatda, keng ma’noda qо‘llaniladigan «metod» terminini kishilarning о‘z oldiga qо‘ygan maqsadlariga erishish, ma’lum obyektni о‘zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlari usullarini anglatadi.
Ta’lim jarayonidagi ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatning turlicha bо‘lishi yangidan-yangi usullarni metodlarni keltirib chiqaradi.
Metod tanlashda, albatta, ayrim о‘quv predmetlarini о‘ziga xos xususiyatlariga amal qilinmog‘i lozim. Shu bilan birga ta’lim jarayonida kо‘pchilik о‘quv predmetlarini о‘qitishda qо‘llanilishi mumkin bо‘lgan umumiy о‘kitish metodlari bilan birga ayrim о‘quv predmetlarini о‘qitishda qо‘llanilgan о‘ziga xos xususiy metoddar va metodik yondashuvlar ham bor. Ayrim predmetlarni о‘qitishda qо‘llaniladigan xususiy metodlar umumiy о‘qitish metodlari bilan mustahkam bog‘liqdir.
Ta’lim metodlari о‘qitishning о‘z oldiga qо‘ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda о‘quv materialini nazariy va amaliy yо‘naltirish yо‘llarini anglatadi.

Download 201 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling