Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi” yo’nalishi 46-guruh tinglovchisi rustamov tohirning malaka amaliyot ish
"Qoʼshni mamlakatlar" mavzusida rivojlanish markazlardagi faoliyatlariga ishlanmalar yozing (tayyorlov guruh misolida)
Download 109.48 Kb.
|
amalyot madina 46
- Bu sahifa navigatsiya:
- Syujetli – rolli oʼyinlar va dramotizatsiyalash” rivojlanish markazi
- Til va nutq” rivojlanish markazi
- Ilm va tabiat” rivojlanish markazi
- Sanʼat” rivojlanish markazi
2."Qoʼshni mamlakatlar" mavzusida rivojlanish markazlardagi faoliyatlariga ishlanmalar yozing (tayyorlov guruh misolida)
FEVRАL 1 HАFTАSI "Qoʼshni mamlakatlar" “Qurish-yasash, matematika” rivojlanish markazi «Qurilish ashyolaridan doʼstlik koʼprigini quramiz» Maqsad:koʼprik qurishni rejalashtirishni biladilar shu reja asosida koʼprikni quradilar, katta kichik qurilish materiallarini oʼz joyida ishlatishni biladilar. Yangi soʼzlarini tushinadilar (viyaduk, estakada). Jihoz va materiallar:turli xildagi qurilish materiallari konstruktor moduli, qurilish xom ashyolari. Faoliyatning borishi: 1. Turli xil koʼpriklar aks etgan suratlarni tomosha qiladilar; 2. Koʼpriklar qanday boʼlishi va qurilishi haqida tushunchaga ega boʼladilar; 3. Jamoada koʼprik qurishni biladilar; Qoʼshimcha qism: Katta kichik koʼpriklarni qurish. Eʼtiborga molik jihati: Qurilish jarayonida mayda matorikani rivojlanishi, bogʼlangan nutqni shakllanishi, soʼz boyligi ortishi, koʼprik haqida tushunchaga ega boʼlishi. “Syujetli – rolli oʼyinlar va dramotizatsiyalash” rivojlanish markazi «Pochta» Maqsad:kasblar haqida bilimga ega boʼladi, rasmlar orqali soʼz boyligi ortadi, mahsus hujjatlar boʼlishini biladi. Jihoz va materiallar; Pochtalьon sumkasi, maxsus kiyimi pochta qutisi, konvert, xabarnoma qogʼozi, ruchka. Faoliyatning borishi: 1. “Pochta”xodimi bilan tanishadi; 2. Oʼyinni rejalashtiradi. 3. Rollarni taqsimlaydi. 4. Oʼyinni olib boradi 5. Pochta sheʼrini yodolib beradi. Eʼtiborga molik jihati: 1. Pochta xodimi vazifasini bilishi, savol javob muloqati orqali nutqlari shakllanishi. 2. Yangi soʼzlarni bilishi. 3. Kasbga qiziqishlarini ortirish. “Til va nutq” rivojlanish markazi Shaxarning diqqatga sazovar joylari aks etgan suratlarga qarab xikoya tuzish. Maqsad:Oʼz shahrini illyustra orqali tanishi, shaxarning diqqatga sazvor joylarini bilishi, diqqat, xotira, tafakkurlarini shakllanishi va nutqlarini rivojlanishi. Jihoz va materiallar:АKT, rasmli kartochkalar, kesma kartochkalar. Faoliyatning borishi: 1. Shaharning diqqatga sazovor joylarini kuzatishi. 2. Mavzuga oid suratlar orqali gaplar tuzishi. 3. Qisqa hikoya qilib berishi. 4. Shahar haqidagi tasavvurlarini shakllanishi. Qoʼshimcha qism: Diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirish. Eʼtiborga molik jihati:diqqatga sazovar joylari aks etgan suratlar orqali hikoya tuza olishi diqqat, xotira, tafakkur va nutqlarini rivojlantirish. “Ilm va tabiat” rivojlanish markazi Qurilmani platformaga joylashtirib chidamlilikka sinovdan oʼtkazish (har xil kuchda). Maqsad: qurilmani joylashtirishda toʼgʼriligini bilishlari, oʼlchamini toʼgʼri oʼlchab joylashlarini bilishlari. Ushlab koʼrib sinovdan oʼtkazishlari. Jihoz va materiallar:qurilish xom-ashyolari, qurilgan bino turishi uchun platforma, baland binolar aks etgan suratlar. Faoliyatning borishi: 1. Qurilgan inshoatlar tasvirlangan suratlarni koʼrishi; 2. Inshoaatlarni qurishi. 3. Binoni chidamlilikka tekshirish (turli kuch bilan). 4. Sinovdan oʼtkazilishi. Qoʼshimcha qism: zilzila vaqtida oʼzini tutish qoidalarini mustahkamlash. Eʼtiborga molik jihati: 1. BHX bilishi. 2. Buzilgan inshoatlarni qayta taʼmirlashi. “Sanʼat” rivojlanish markazi “Koʼzacha” loy ishi . Maqsad: Loyyi butun qismidan foylalanib yasashi, mayda qoʼl matorikasini rivojlanishi, diqqati, tasavvuri, ijodkorlikni shakllanishi. Jihoz va materiallar:koʼzacha namunasi, taxtakachlar, steklar, salfetka, loy. Faoliyatning borishi: 1. Koʼzachani diqqat bilan kuzatishi. 2. Yasash usullarini tushunib olishi. 3. Yasashda barmoqlarni xarakatlari va tekislashi. 4. Tayyor ishlar koʼrgazmasi. Qoʼshimcha qism: Tayyor ishlar quritib, boʼyashga tayyorlash. Eʼtiborga molik jihati: 1. Loy bilan ozoda ishlashi. 2. Tasavvurni shakllanishi. 3. Mayda matorikani rivojlanishi va koʼzacha haqida bilimga ega boʼlishi. Download 109.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling