Maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota – ona o’rtasida haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi


 Bolaning qonuniy vakili quyidagi huquqlarga ega


Download 37.14 Kb.
bet3/7
Sana30.04.2023
Hajmi37.14 Kb.
#1407889
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. To`liq kunli guruh uchun SHARTNOMA

2.3. Bolaning qonuniy vakili quyidagi huquqlarga ega:
- Tarbiyalanuvchining qonuniy huquq va qiziqishlarini himoya qilish;
- Tashkilotning ustavi bilan tanishish;
- Mavsumiy cheklov (karantin) va xavfsizlik choralari kuchaytirilgan vaqtlardan tashqari vaqtda tashkilotning turli tadbirlarida farzandi bilan birgalikda ishtirok etish (bayram ertaliklari, ko’riklar, ko’ngilochar soatlar, yakuniy hamda ochiq mushg’ulotlar va h.k.);
- Tashkilotda bolalar bilan olib boriladigan ta’lim – tarbiya ishlarini yaxshilash bo’yicha takliflar kiritish;
- Tashkilotda bolalarga ta’lim – tarbiya shakllarini, maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim berish tilini tanlash;
- Tashkilotda bolalarga ta’lim – tarbiya berish uchun zarur shart – sharoitlar yaratishini hamda bolalarning shaxsga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lish, shartnomada belgilangan shartlar bo’yicha bolaga ta’lim – tarbiya berilishini talab qilish;
- Tashkilotning kun tartibi davomida yoki o’ziga qulay bo’lgan vaqtda sababi ko’rsatilgan holda yozma bildirish asosida bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotidan olib ketish;
- Tashkilot rahbariyatini 3 kun oldin yozma ravishda xabardor qilgan holda shartnomani muddatidan avval bir taraflama bekor qilish.
2.4. Bolaning qonuniy vakilining majburiyati:
- Tashkilot ustavi hamda mazkur shartnoma talablariga qat’iy rioya qilish;
- Pedagoglar bilan kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, tarbiyalanuvchilarni aralashtirmay turib, zudlik bilan tashkilot rahbariyati bilan muammoni hal qilish;
- Tarbiyalanuvchini tashkilotga joylashtirganda, tegishli hujjatlar va ota – onalar haqidagi ma’lumotlarni (telefon raqami, yashash va ish joyi haqida ma’lumotnoma) taqdim etish;
- Tarbiyalanuvchi kasallangan taqdirda, zudlik bilan tashkilot ma’muriyati yoki tibbiy xodimlariga xabar berish va tarbiyalanuvchi sog’aygandan so’ng, tibbiy ma’lumotnomani taqdim etish;
- Tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta’minoti uchun ota – onalar to’lovini o’z vaqtida tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz (bank plastik kartochkalari orqali va pul o’tkazish yo’li bilan) shaklda to’lash hamda to’lovning amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasini tashkilotga taqdim etish;
- Oyning 15 sanasidan keyin tashkilotga kelgan tarbiyalanuvchining ta’minoti uchun to’lovni u kelgan kundan boshlab 3 kun ichida to’lash;
- Tarbiyalanuvchi vaqtincha qatnamagan kunlari uchun tashkilot rahbariyatiga ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi xujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborish);
- Tashkilot ishchi xodimlari va boshqa ota – onalarni hurmat qilish;
- Tarbiyalanuvchini to’laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko’nikmalarni shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish hamda tarbiyalanuvchini tashkilotga ozoda kiyingan holda olib kelish;
- Tarbiyalanuvchining tug’ilgan kuni va tadbirlarni nishonlash uchun uy sharoitida tayyorlangan oziq – ovqat mahsulotlari hamda pishiriqlarni tashkilotga olib kirmaslik;
- Tashkilotga bolani har qanday qimmatbaho taqinchoqlar, uyali aloqa vositalari va boshqa texnika vositalari bilan olib kelmaslik;
- Yashash joyi yoki telefon raqami o’zgargan taqdirda, tashkilot rahbariyati va guruh tarbiyachisiga bu haqda zudlik bilan bir kunlik muddatda xabar berish;
- Bolani oilada tarbiyalash uchun zarur shart – sharoitlarni ta’minlash;
- Bolani tashkilotdan olib ketishni begona shaxslarga topshirmaslik;
- Ertalabdan bolada kasallik holatlari kuzatilgan taqdirda, mauassasaga olib bormasdan shifokor ko’rigidan o’tkazish;
- Ota – onaning oldindan bergan yozma arizasiga asosan, bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnashi butunlay to’xtatilgan taqdirda, to’lov to’liq bo’lmagan oy uchun, ya’ni bola amalda maktabgacha ta’lim tashkilotiga qatnagan kunlar uchun to’lanadi.

Download 37.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling