Maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota – ona o’rtasida haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi


 Tarbiyalanuvchi sababsiz uyda qolgan holatlarda ota – ona tarafidan to’lovlar umumiy asoslarda to’lanadi. 3.8


Download 37.14 Kb.
bet5/7
Sana30.04.2023
Hajmi37.14 Kb.
#1407889
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. To`liq kunli guruh uchun SHARTNOMA

3.7. Tarbiyalanuvchi sababsiz uyda qolgan holatlarda ota – ona tarafidan to’lovlar umumiy asoslarda to’lanadi.
3.8. Tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta’minoti uchun to’lovlar oyning 15 sanasidan boshlab 60 kun mobaynida uzrli sabablarsiz to’lanmagan taqdirda, shartnoma bir tomonlama bekor qilinib, tarbiyalanuvchi tashkilot tarbiyalanuvchilar safidan chiqariladi.
3.9. Kreditor qarzdorlik paydo bo’lgan sanadan 60 kalendar kuni mobaynida tashkilotdagi bola ta’minoti uchun mavjud bo’lgan qarzdorlik qoplanganda tarbiyalanuvchi ushbu tashkilotga tiklanadi. Ko’rsatilgan muddatdan o’tib ketgan taqdirda tashkilotga bolani qabul qilish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. Taraflar ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan holatlarda, ular O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.
V. SHARTNOMANI O’ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH
5.1. Taraflar shartnomani o’zgartirish va bekor qilishni mazkur shartnomada nazarda tutilgan hollarda hamda amaldagi qonunchilik asosida amalga oshirishi mumkin.
5.2. Mazkur shartnomani o’zgartirish va bekor qilishga qaror qilgan taraf, bu haqida qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ikkinchi tarafga yozma bildirishnoma yuborishi shart.
5.3. Shartnoma bajarilishini bir taraflama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir taraflama o’zgartirishga faqat qonun hujjatlariga asosan yo’l qo’yiladi.
VI. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI
6.1. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega bo’lgan ikki nusxada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangan vaqtidan boshlab, kuchga kirgan hisoblanadi.
6.2. Mazkur shartnomaga kiritilgan barcha qo’shimcha va o’zgartirishlar yozma ravishda tuzilib, taraflar imzolagan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
6.3. Ushbu shartnoma bo’yicha nizolar kelib chiqqan taqdirda, taraflar, qoidaga ko’ra, ularni sudgacha hal etish choralarini ko’radilar.

Download 37.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling