Maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota – ona o’rtasida haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi
III. TO’LOV (HISOB-KITOB) TARTIBI
Download 37.14 Kb.
|
1. To`liq kunli guruh uchun SHARTNOMA
III. TO’LOV (HISOB-KITOB) TARTIBI
3.1. Tarbiyalanuvchini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar to‘lovi, shuningdek bitta oiladan ikki va undan ortiq bolalar qatnasa tegishli to`lov qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi. 3.2. Tashkilotdagi ota-onalar to`lovi qonun hujjatlariga muvofiq o’zgargan taqdirda bu haqda tashkilot ma’muriyati tarafidan bolaning qonuniy vakiliga tegishli to`lov amalga oshirilishidan oldin yozma ravishda ma’lum qilinadi. 3.3. Bolaning qonuniy vakili tarbiyalanuvchining tashkilotdagi ta’minoti uchun to’lovni joriy oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan tijorat banklari orqali naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda (bank plastik kartochkalari orqali, pul o‘tkazish orqali), shuningdek elektron to‘lov yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim. 3.4. Joriy oyning 15 sanasidan ikki hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmagan taqdirda, bolaning maktabgacha ta’lim tashkiloti bo‘lishini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi 3.5. Bolaning yoki oila a’zolarining kasalligi, karantin holatida bo‘lganligi tufayli, shuningdek ota-onalardan birining ishdan (o‘qishdan) bo‘sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko‘ra bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga ketma-ket uch kundan ortiq kelmagan davri uchun to‘langan to‘lovlar keyingi to‘lovlarni amalga oshirishda hisobga olinadi. Bunda bolaning kelmagan kunlari soni bir kunlik to‘lov miqdoriga ko‘paytirilib, keyingi to‘lov summasi chiqqan summaga kamaytiriladi. Agar bolaning kelmagan kunlari uchun to‘lov hali amalga oshirilmagan bo‘lsa, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lov miqdori u kelmagan kunlari uchun hisoblangan to‘lov summasiga kamaytiriladi. 3.6. Ota – onalardan birining ishdan (o’qishdan) bo’sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko’ra bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmasligiga ota – onalardan birining sababi ko’rsatilgan holda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati nomiga oldindan yozgan arizasi (birldirishnomasi) asos bo’lib hisoblanadi. Bunda bolaning bir yilda ko’pi bilan 60 kundan ortiq muddatgacha maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelmasligiga ruxsat beriladi. Download 37.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling