Maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota – ona o’rtasida haq evaziga xizmat ko`rsatish shartnomasi
Download 37.14 Kb.
|
1. To`liq kunli guruh uchun SHARTNOMA
2.2. Tashkilotning majburiyatlari:
- Tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan yo’llanma hamda bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma asosida tarbiyalanuvchini qabul qilish; - Tarbiyalanuvchining belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda — uch martalik ovqatlantirishni tashkil etish; - Tarbiyalanuvchining yoshi, individual, psixologik va jismoniy xususiyatlari, iste’dodi hamda qobiliyatini inobatga olgan holda ta’lim – tarbiya jarayonini nazorat qilish; - Tarbiyalanuvchining hayotini muhofaza qilish, jismoniy hamda psixologik sog’ligini ta’minlash, rivojlanishidagi nuqson (oddiy) va kamchiliklarni bartaraf etish, ijodiy qobiliyatlari hamda qiziqishlarini rivojlantirish, rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda, uning shaxsiga alohida yondashishni ta’minlash, bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiyasiga rioya qilish; - Pedagog axloq – odobiga rioya qilish, bola va ota – onalarning qadr – qimmatini hurmat qilish, bolalarni turli tayziqlardan himoya qilish, ularni mehnatga, ota – onaga hurmat, atrof – muhitga extiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalash; - Tarbiyalanuvchining tashkilotda bo’lish jarayonida maktabgacha ta’limga qo’yiladigan Davlat talablarining to’laqonli bajarilishini ta’minlash, Maktabgacha ta’lim vazirligi tarafidan tasdiqlangan va tavsiya etilgan dasturlar asosida maktab ta’limiga sifatli tayyorlash; - Tarbiyalanuvchilarning rivojlanishi va maktab ta’limiga tayyorlashga oid bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishlarida ota – onalarga ko’maklashish; - Ilg’or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har taraflama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo’yicha zarur bo’lgan shart – sharoitlarni yaratish; - Tarbiyalanuvchilarga yuqori professional darajada ta’lim – tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish va maktab ta’limiga sifatli tayyorlash imkoniyatini yaratish; - Tarbiyalanuvchini tashkilotda xodimlarning qo’pol munosabatlari (jisomiy yoki ruhiy tazyiq va h.z), bolaning ruhiyatiga salbiy ta’sir ko’satadigan muammolarning turli ko’rinishlaridan himoya qilishni ta’minlash; - Pedagog va ota – onalarning bola manfaati yo’lidagi hamkorlik usullarini ustuvor ravishda qo’llash; - Tarbiyalanuvchiga tibbiy xizmat ko’rsatishni tashkil etish, davolanuvchi – profilaktik tadbirlar, reja asosida profilaktik emlash, sog’liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda tor mutaxassislar tarafidan tibbiy ko’riklarni o’z vaqtida o’tkazish; - Tarbiyalanuvchida o’qishga intilish hissini o’rgatish, ularni xalqimizning boy madaniy – tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlari asosida ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash; - Bolaning qonuniy vakilidan bola ehtiyoji uchun zarur bo’lgan narsalar va boshqa maqsadlarda majburiy tarzda pul yig’maslik; - Bolaning qonuniy vakili tomonidan tarbiyalanuvchi tashkilotga vaqtincha qatnamagan kunlari uchun ariza (bildirishnoma, tasdiqlovchi hujjat asli yoki faks, elektron pochta orqali yuborilganda) taqdim etilgan hollarda badal to’lovlarni hisoblamaslik; - Tarbiyalanuvchiga tegishli bo’lgan narsa va buyumlarni to’laligicha saqlash; - Ota – onalar yoki ularning qonuniy vakillaridan tarbiyalanuvchini qabul qilib olish va ularga topshirish; - Ota – onalarni tashkilot ustavi, kun tartibi, ta’lim – tarbiya dasturlari, tashkilotning manzili va telefoni hamda ta’limni boshqaruv idorasi bilan tanishtirish. Download 37.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling