01-06. Yillik ish reja va uning bajarilishiga oid hujjatlar
MTTning barcha yoʻnalishlar boʻyicha asosiy faoliyatini yoʻlga qoʻyish
yuzasidan yangi oʻquv yili uchun yillik ish rejasi (keyingi oʻrinlarda “Yillik ish
reja” deb yuritiladi) tuziladi.
Yillik ish reja MTT pedagogik kengashi qaroriga asosan pedagogik kengash
raisi tomonidan tasdiqlanadi va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi
boʻlim boshligʻi tomonidan kelishiladi.
Yillik ish rejada bajariladigan ish mazmuni, davriyligi, masʼul va ijrochilari,
tashkiliy va amalga oshirish shakllari aniq koʻrsatiladi.
Yillik ish reja asosiy oʻquv yili (2-sentyabr-31-may) hamda sogʻlomlashtirish
davriga (1-iyun-31-avgust) moʻljallab tuziladi hamda MTTning muhim hujjati
hisoblanadi.
Yillik ish reja “Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi
bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablari”, takomillashtirilgan “Ilk qadam”
davlat oʻquv dasturiga va yuqori tashkilotlardan kelgan yillik asosiy vazifalarga
muvofiqlashtirilgan holda shakllantiriladi hamda bolalarni maktab taʼlimiga sifatli
tayyorlashga qaratiladi.
“KELISHILDI”
Tuman (shahar) MMTB
boshligʻi
__________________________
(imzo) (ismi va sharifi)
“TASDIQLAYMAN”
20____yil “____” avgustdagi
1-sonli pedagogik kengash yigʻilishida
tasdiqlandi.
Kengash raisi: ______________
(imzo)( F.I.Sh)
____________viloyat _________tuman (shahar)i
__ - sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining
20___- 20____ oʻquv yili uchun
YILLIK ISH REJASI
Maktabgacha taʼlim tashkiloti yillik ish rejasi tuzilmasi
Maktabgacha taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlari (tashkilot
qurilgan va tashkil topgan yil (asos), yer maydoni, quvvati, loyiha quvvati boʻyicha
rejalashtiriilgan guruhlar va ularning toʻldirilishi, ish tartibi, yuridik manzili va
telefoni, tashkilot haqida asosiy texnik maʼlumotlar, moddiy-texnik bazasi tavsifi,
pedagogxodimlar toʻgrisidagi maʼlumotlar va MTTning yutuqlari boʻyicha qisqa
maʼlumot).
5
Do'stlaringiz bilan baham: |